6.4.1. Laminar oqimda suyuqlik sarfi va o’rtacha tezlik.
Endi Quvurda oqayotgan suyuqlikning sarfini topamiz. Eni dr ga teng bo’lgan halqa bo’yicha oqayotgan elementar sarf quyidagiga teng bo’ladi.
dQ 2rdr U
Oxirgi tenglikka (6.3) dan tezlikning formulasini qo’ysak, quyidagini olamiz
Bu tenglikni chap tomonini 0 dan Q gacha, o’ng tomonini esa 0 dan R gacha integrallab
(6.5)
munosabatni olamiz. Bu holda o’rtacha tezlik oldingi ma’ruzalarimizga asosan quyidagicha topiladi:
(6.6)
(6.6) va (6.4) munosabatlarni solishtirib, Quvurda laminar harakat vaqtida o’rtacha tezlik bilan maksimal orasidagi munosabatni topamiz:
Demak, silindrik Quvurda laminar harakat vaqtida o’rtacha tezlik maksimal tezlikdan ikki marotaba kichik ekan.
6.5. Suyuqlik turbulent harakatlarining xususiyatlari.
Suyuqliklarning turbulent harakati tabiatda va texnikada keng tarqalgan bo’lib, gidravlik hodisalar ichida eng murakkablari qatoriga kiradi. Bu harakat juda ko’p tekshirilgan bo’lishiga qaramay, hozirgacha harakatning turbulent turi uchun umumlashgan nazariya yaratilgan emas. Shuning uchun ham turbulent oqimlarni hisoblashda yarim empirik nazariyalardan foydalanish bilan bir qatorda ko’p hollarda tajriba natijalari va empirik formulalardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Turbulent harakatda suyuqlikning har bir zarrachasi juda ham murakkab egri chiziqli traektoriya bo’yicha harakat qiladi va har bir qanday ikki zarrachaning traektoriyalari bir-biriga o’xshamaydi, lekin hamma zarrachalar bir tarafga A nuqtadan V nuqta tarafga harakat qiladi. Shunga asosan bir qarashda betartib harakat qilayotgandek ko’ringan zarrachalar harakatida qandaydir umumiylikni aniqlash mumkin. Hatto bu umumiylikni faqatgina sifat o’xshashligi ko’rinishida emas, balki miqdor o’xshashligi ko’rinishida ham ifodalash mumkin. Ana shu o’xshashliklar asosida turbulent harakatning qonuniyatlarini yuzaga keltirib chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |