Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Tezlik va sarf o’lchash usullari va asboblari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə18/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176
Tezlik va sarf o’lchash usullari va asboblari

Suyuqlik sarfi va tezligini o’lchashning eng oson usuli hajmiy va og’irlik usullaridir.



  1. Hajmiy usulda tekshirilayotgan oqimdan maxsus darajalangan idish (menzurka) ga tushadi. Idishning to’lish vaqti sekundomer yordamida aniq o’lchanadi. Agar idishning hajmi V, o’lchangan vaqt T bo’lsa, hajmiy sarf quyidagiga teng bo’ladi


Oqimning harakat kesimi ma’lum bo’lsa, uning tezligi

bilan topiladi.

  1. Og’irlik usulida biror idishga oqimdan suyuqlik tushiriladi. Tarozida o’lchash yo’li bilan idishdagi suyuqlikning og’irligi topiladi. Idishning to’lish vaqti T bo’lsa, og’irlik sarfi quyidagiga teng:


Suyuqlikning hajmiy sarfi og’irlik bo’yicha sarfini solishtirma og’irlikka bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:

Bu usullar, albatta, kichik miqdordagi sarflarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Katta sarflarni bu usulda o’lchashda katta o’lchov idishlari kerak bo’ladi. Ikkinchidan, quvur va kanallarda sarfni yuqoridagi usul bilan o’lchanganda oqimning tuzilishi o’zgaradi va o’lchash natijasida katta xatolar bilan chiqadi. Shuning uchun ko’pincha Quvurlar va kanallardagi sarf boshqa usullar bilan o’lchanadi.
Venturi suv o’lchagichi maxsus Quvurdan suv o’tishiga asoslangan bo’lib, tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo’qdir. Bu asbob talabga qarab vertikal yoki gorizontal joylashtiriladi. Uning gorizontal holidagisini ko’ramiz.(5.4-rasm.) Venturi suv o’lchagichini tezligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


5.4-rasm. Venturi suv o’lchagichi.

Suyuqlik sarfi esa quyidagicha aniqlanadi:





Suv o’lchagich shayba ( diafragma ) ikki Quvur bo’lagi o’rtasiga halqadan iborat bo’lib uning ichki aylanma teshigining chekkalari 450 burchak ostida qiyalangan yoki oqib o’tuvchi oqimcha shaklida silliqlangan bo’ladi. Halqaning ikki tomoniga pьezometr yoki defferentsial monometr o’rnatilgan bo’lib, ular diafragmaning ikki tomonidagi bosimlar farqini aniqlashga yordam beradi.
Sarf pьezometrlardagi suyuqlik sathlarining farqi orqali, quyidagi formula bilan aniqlanadi:


s1

-koeffitsiyent har bir diafragma uchun tajriba asosida aniqlanadi. Vertushka val 2 ga o’rnatilgan aylanma kurakchalar 1 ga ega bo’lgan g’ildirak bo’lib, asosiy korpusga mahkamlanadi (5.5-rasm).



5.5-rasm. Pirildoq.
Vertushka suv oqimiga to’g’ri yo’naltirilishi uchun korpus 4 ga qanotcha o’rnatilgan. Vertushkadan o’tkazgichlar 3 elektrik qo’ng’iroq tortilgan bo’lib, kurakchalar aylanganda elektr zanjirini tutashtiradi va qo’ng’iroq jiringlaydi yoki maxsus schyotchik aylanish sonini avtomatik hisoblaydi. Suvga tushurilgan vertushkaning kurakchalari suvning tezligiga qarab sekinroq yoki tezroq ayanadi. Shuning uchun suyuqlikning tezligi schyotchikning ko’rsatgichi yoki vaqt birligi qo’ng’iroqning jiringlash soniga qarab aniqlanadi. Kanallarda suyuqlik sarfini topish uchun ularning ko’ndalang kesimini ∆S1, ∆S2, ∆S3 elementlar yuzalarga bo’lib chiqamiz. Bu yuzalarning geometrik markazlarida tezliklarni vertushka yordamida o’lchab, ularni yuzalarga ko’paytirsak, har bir kesim bo’yicha sarf kelib chiqadi:
; ;....,
Kanalda oqayotgan suyuqlik sarfi bu sarflar yig’indisiga tengdir;
B
u usul gidrometrik o’lchashlarda eng ko’p qo’llaniladigan usuldir.
Pito naychasi uchi to’g’ri burchak hosil qilib egilgan naycha bo’lib, uning egilgan uchi suyuqlik oqimi yo’nalishiga qarama qarshi bo’lib qo’yiladi. Naychaning ikkinchi uchi suyuqlikdan tashqariga chiqib turadi(5.6-rasm).
5
.6-rasm. Tezlik o’lchagich naychalar.

Bu holda ozod sirtda va naychadagi suyuqlik sathidan bosim atmosfera bosimga teng. Shuning uchun naychadagi suyuqlikning balandligi h oqimning tezlik bosimini beradi, ya’ni,



Bundan tezlikni topish formulasi kelib chiqadi:

Tezlikni xaqiqiy miqdori oxirgi formula bilan hisoblangan miqdorga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun bu formulaga tuzatish koeffitsiyenti a kiritiladi:

B
u yerda: a- koeffitsiyent, u har bir naycha uchun tajriba yo’li bilan aniqlab qo’yiladi.


Pito naychasi ochiq sirtli oqimlarda tezlikni o’lchash uchun qo’llaniladi.
Prandtl naychasi Pito naychasining qulaylashtirilgani bo’lib, u Quvurlardagi tezliklarni o’lchash uchun qo’llaniladigan ikkita naychadan iborat.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin