7.1. Quvurlarda bosimning kamayishi
Real suyuqliklar uchun Bernulli tenglamasida keltirilgan bosimning pasayishi h1-2ni hisoblash quvurlar va quvurlar sistemasini hisoblashda asosiy masala hisoblanadi.
Bosimning pasayishi (h1-2)ni hisoblashning muhimligi shundaki, bu ish suyuqlik quvurlarda harakatlanganida quvurdagi qarshiliklarni yengish uchun sarf bo’lgan energiyani hisoblashga va shu hisobga asosan loyihalanayotgan quvur yoki quvurlar sistemasida suyuqlikni oqizish uchun qancha energiya kerak ekanligini aniqlashga imkon beradi. Quvurlarda bosimning kamayishi ishqalanish qarshiligi va mahalliy qarshilikka bog’liq.
Ishqalanish qarshiligi real suyuqliklar ichki qarshiligiga bog’liq bo’lib, quvurlarning hamma uzunligi bo’yicha ta’sir qiladi. Uning miqdoriga suyuqlik oqimining tartibi (laminarlik, turbulentlik darajasi) ta’sir qiladi. Yuqorida aytilgandek, turbulent tartib vaqtida odatdagi qovushoqlikka qo’shimcha ravishda, turbulent qovushoqlikka bog’liq va suyuqlik harakati uchun energiya talab qiladigan kuch paydo bo’ladi.
Mahalliy qarshilik tezlikning suyuqlik harakat qilayotgan Quvurning shakli o’zgarishiga bog’liq bo’lgan har qanday o’zgarishi vaqtida paydo bo’ladi. Bularga bir quvurdan ikkinchi quvurga o’tish joyi, quvurlarning kengayishi yoki birdan kengayib, birdan torayishi, tirsaklar, oqim yo’nalishini o’zgartiruvchi qurilmalar (kran, ventilь, va h.k) kiradi. Shunday qilib yo’qolgan bosim quyidagi formula bo’yicha ikki yig’indidan tashkil topgan bo’ladi.
Hn = Hl+ Hm
Bu yerda Nl - ishqalanish qarshiligi yoki uzunlik bo’yicha yo’qotish,
Hm - mahalliy qarshilik. Laminar tartib vaqtida ishqalanish qarshiligi
Formulardagi kabi nazariy usul bilan aniqlanishi mumkin:
Bu ifodadagi ni ishqalanish koeffitsiyenti deb atagan edik. Ko’pincha uni soddaroq qilib Darsi koeffitsiyenti ham deyiladi. Silindrik Quvurlarda bu formula Reynolьds soni 2320 dan kichik bo’lgan laminar harakatlar uchun tajribada olingan natijalarga juda yaqin keladi. Turbulent harakat uchun ishqalanish qarshiligi tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Uni nazariy aniqlab bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |