Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

^qor = 0,37 17^200 
(2-19)
bu yerda: Zqor — oylik bug'lanish, mm; 
d
m —200 sm balandlik­
dagi havo namligining kamchiligi
n —
hisobli davr ichida kunlar 
soni.
Tuproq va o ‘simlik yuzasidan boMadigan bug'lanish. 
Tuproq 
ustidan bo'ladigan bug'lanishga ham suv ustidan bo'ladigan 
bug'lanishga t a ’sir etuvchi omillar t a ’sir ko'rsatadi. Bulardan 
tashqari, bu yerda tuproqning namligi muhim ahamiyatga ega.
Yom g'ir yoqqan davrda tuproq ustidan bo'ladigan b ug'la­
nish xuddi suv ustidan b o 'la y o tg a n b u g 'la n is h d e k b o 'ladi. 
Yom g'ir yog'm agan paytda tuproq yuzasidan pastdagi yer osti 
suvlari yuzasidan bug'lanish bo'ladi. T uproq qatlamining qurib 
borishi bilan tuproqdan bo'ladigan bug'lanish kamayib ketadi.
T uproqdan bo'ladigan bug'lanish t u p r o q yuzidan b ug'la­
nishni o'lchaydigan asbob yordam ida o'lch a n ad i. Usulning 
mohiyati shundan iboratki, kuzatish muddatlari orasida tuproqli 
bug'latuvchiga qirqib olingan monolit (tuproqning strukturasi
34


buzilmagan massa) og'irligi o'lchanadi. Shu bilan birga monolit 
ustiga yoqqan yog'in va u orqali o ‘tgan oqim miqdori hisobga 
olinadi. T uproq bug'latuvchi stansiyalarda tuproqli bug'latuvchi 
G G I (D G I — Davlat gidrologiya instituti) — 500—50 (maydoni 
500 sm 2, balandligi 50 sm) va G G I — 500— 100 (m aydoni 
500 sm 2, balandligi 100 sm )dan foydalaniladi. B undan tashqari, 
D G I n in g Valdiy filialiga V.A.Urivayev t o m o n id a n taklif etilgan 
katta modelli gidravlik bug'latuvchi o'matilgan. Bu yerda faqatgina 
bug'lanish o'lchanmasdan, balki suv balansining barcha tarkiblari 
ustidan kuzatish ishlari ham olib boriladi.
O 'simliklar ustidan bug'Ianishga transpiratsiya, y a ’ni daraxt 
barglari va tanasida ushlanib qolgan yog'inning bug'lanishi kiradi. 
O'simliklar transpiratsiyasining fiziologik mohiyati shundaki
o'simlik namlikni tupro q d an olib, uni to 'qim alarining o'sishiga 
sarflaydi, ortiqchasini esa bug' hoiatida barglar orqali atmosferaga 
ajratadi. Bir gram m quruq m odda hosil qilishi uch u n o'simlik 
o ‘zi orqali o'tkazishi lozim bo'lgan suv miqdori transpiratsiya 
koeffitsienti deb ataladi. U o'simliknig turiga bog'liq bo'lib, keng 
miqyosida o 'zgarib turadi. T ranspiratsiya m iq d o ri tu proqli 
bug'latuvchilarda o'lchanadi.
Y i g ' i n d i b u g ' I a n i s h n i h i s o b l a s h . Yig'indi b u g '­
Ianishga—transpiratsiya, tup ro q va suv yuzasidan bo'ladigan 
bu g 'la n is h kiradi. G id ro lo g ik va suv xo'jaligi hisoblarida
meliorativ loyihalashda bug'lanishning yig'indi m e ’yorini va uning 
oylar bo'yicha taqsimlanishini bilish kerak. Quruqlik ustidan 
bo'ladigan bug'Ianishni hisoblash bo'yicha tavsiyalarga muvofiq 
(L :G idrom eteoizdat, 1976) bug'lanish m e ’yori meteorologik 
stantsiyalar m a ’lumotlari asosida suv balansi usuli, suv-issiqlik 
balansi usuli va girdobli shimilish (turbulentnaya diffuziya) usu­
li bilan aniqlanadi.
с
S u v b a l a n s i u s u l i . Daryo havzasiniijg suv balansi ten- 
'Jglamasidan ko'p yillik davr uchun bug'lanishning yillik yig'indisi 
m e ’yori 
Z 0
yog'in m e ’yori A"e dan oqim m e ’yorining 
У.
ayirmasiga 
teng:
Z 0 = X 0 - Y0
( 2 . 2 0 )
Bu tenglama asosida D G I d a bug'lanishning yillik yig'indi 
me yorining izochiziqlar xaritasi tuzilgan. Bu xaritadan katta 
m a y d o n l a r (6 0 0 0 —7000 k m 2) u c h u n o 'r t a c h a k o 'p yillik 
bug lanish m iqdori topiladi. T o g 'li jo ylarda gi b u g 'Ian ish n i 
hisoblaganda yo'l qo'yilgan xato 20% ga yetishi m um kin.
Sug'oriladigan joylardan bo'ladigan bug'lanish A.M.Alpatyev 
va S.M.Alpatyev to m o n id a n ishlab chiqarilgan bioiqlimiy usul
35


bilan hisoblanadi. Bu usul qishloq xo'jaligi o'simliklarining biologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holdava tuproqning nam sharoitida 
qo'llaniladi. Bug'lanishni bioiqlimiy usulda hisoblaganda quyidagi 
formuladan foydalaniladi:
Z = a ^ d :m
(2.21)
bu yerda: 
^ d
200 - o 'rta ch a kunlik havo namligining yig'indisi; a
— o'simlikning turiga bog'liq bo'lgan bug'lanishning biologik 
koeffitsienti.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin