1. Pasttekislik mintaqalarda nihoyatda kam miqdorda yog'in
yog'adi. Hududning 90 foiziga 300 m m dan kam yog'in yog'adi.
2. Yoqqan yog'inlarning 95 foizi tashqi to m o n id a n kelgan
nam havo oqimi tufayli hosil bo'ladi. Mahalliy suv bug'laridan
hosil bo'lgan yog'inlar juda kam miqdorga ega.
3. Pasttekislik m intaqalarga yog'inlar, asosan,
sovuq havo
oqimlari kirib kelgan paytda yog'adi.
4. Quyosh radiatsiyasining yuqoriligi yuqori havo harorati,
yog'in miqdorining kamligi katta namlik taqchilligi, nishablikning
kamligi tu proq—geologik tuzilishi pasttekislik
mintaqalarida yer
yuzasi oqimining hosil bo'lmasligiga olib keladi.
5. Pasttekislik va tog' oldi m intaqalarning asosiy gidrologik
vazifasi shundaki, bu yerda nihoyatda katta bug'lanish kuzatiladi.
6. O'lkaning tog'li qismlarining iqlimiy xususiyatlariga relef va
birinchi navbatda, joyning mutlaq balandligi o 'z ta ’sirini ko'rsatadi.
Bu, asosan, yog'inlarning ko'payishi, havo haroratining pasayishi,
buning natijasida qor qatlamining ko'payishi
va uning uzoq muddat
yer ustida kuzatilishi bilan nam oyon bo'ladi. Buning natijasida
tog'lar m uhim iqlimiy—gidrologik omil va birinchi navbatda,
namlik yig'uvchi bo'lib xizmat qiladi, natijada yer usti va yer osti
suvlari hayot bilan t a ’minlanadilar.
7. Tog'larda yog'in miqdori nihoyatda o'zgaruvchan bo'lishiga
q aram asd an (600—2500 m m /y il),
ular pasttekislik joylarga
nisbatan 2—5 barobar k o'p namlikni qabul qiladiiar, past havo
harorati esa yog'inlarning qattiq holatda yig'ilishiga sharoit
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: