Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


Suv omborining a tro f muhitga ta ’siri



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

Suv omborining a tro f muhitga ta ’siri. 
Suv om borining xalq 
xo'jaligida ahamiyati nihoyatda katta va uni inkor qilib bo'lm aydi. 
Biroq uning ikkinchi tom oni mavjud: suv om bori qurilishi katta 
hududlardagi tabiiy jarayonlarga o 'z ta ’sirini ko'rsatadi.
Suv om borlarining a tro f m uhitga ta ’siri quyidagilardir:
l . S u v o m bo rin in g qurilishi natijasida suv oqim lari sarfi 
kam ayadi, suv rejimi va suv sifati o'zgaradi.
2. Suv bosgan va zax bosgan m aydonlar hosil bo'ladi.
3. Suv om bori qirg'oqlari va o 'zani qayta shakllanadi.
4. Suv om bori ta ’sirida bo'lg an m intaqad an aholini va xalq 
xo'jaligi obyektlarini ko'chirish qo'shim cha noqulaylik va mablag' 
sarfini keltiradi.
5. Q o'shim cha suv isrofi paydo bo'ladi.
6. Baliqlarning urchishi va harakatiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi.
7. Suv om bori atrofidagi joylarda mikroiqlim o'zgaradi.
8. O 'sim lik va hayvonot dunyosining qism an kam ayishi va 
hattoki yo'q bo'lishiga ta ’sir ko'rsatadi.
9. Tabiiy geostatik va gidrostatik m uvozanatni buzib, seysmik 
hodisalarni yuzaga keltiradi.
Suv om bori qurilishi natijasida o 'rta ch a 85-95 % m aydonlar- 
ni suv bosadi. Suv o m borini suv bilan to 'lish i natijasida uning 
atrofida bir necha kilom etrli m asofada suv bosgan m aydon hosil 
bo'ladi. U ning salbiy tom o n lari, ch u n o n c h i, yerlarni s h o 'r va 
zax bosishi, joyning sanitar holatining yomonlashuvi va boshqalar 
nam oyon b o 'lad i. Suv om borini ishlatish davrida suv sathi tez- 
tez o'zgarib turadi, bu esa suv om bori qirg'oqlarining shakllani- 
shiga olib keladi va natijada qirg'oq bir necha yuz m etrga chekini- 
shi kuzatiladi. Suv om borida sayoz joylar ko'payadi, uning hajmi 
va yuza m aydoni o'zgaradi. Suv om bori qurilishi daryo oqim ini 
o'zgartirishi bilan bir qatorda uning suv balansiga qo'shim cha sarf 
keltiradi. Bular asosan suvni yuqori byefda bug'lanishga, shim i­
lishga, sizilishga va suv om borining foydasiz hajm ini to'ldirishga 
ketgan suv isrofidii.
224


T ad q iq o tlarig a k o ‘ra bir yil ich id a 0 ‘rta O siyodagi suv 
om borlaridan befoyda sarflanadigan suv m iqdori 4,8 km 3 ga teng.
Suv om bori qurilishi natijasida uning atrofidagi m aydonlarda 
gidro va geostatik tabiiy m uvozanat buziladi. B unday holat shu 
joylarda seysmik tebranishning kuchayishiga sabab bo'lgan. Masalan, 
M id (A Q SH ), Kariba (Z am biya, 1958-y.), Sinfin (X itoy, 1959- 
y.), K ayna (H in d isto n , 1962-y.), M angla (P o k isto n , 1967-y.), 
K rem asta (G retsiya, 1966-y.), M on tay n er (F ransiya, 1962-y.), 
N orak (Tojikiston, 1967-y.) suv o m borlarini suv bilan to 'ld i­
rish boshlanishi bilan u yerlarda seysm ik tebranish kuchaya 
boshlagan.
Suv om borining barpo etilishi, ular joylashgan m aydon tabiiy 
sharoitga o 'z ta ’sirini ko'rsatadi. Pasttekisliklarda joylashgan sayoz 
suv om borlari atrofidagi h u dudda havo h aroratining 0 ,7 — 1,2 
darajaga pasayishiga, qish oylari esa 2,5 — 3,0 darajaga ilishiga olib 
keladi.
Suv om borlari qurilishi va ularni ishlatish jarayoni landshaft, 
o'sim lik va hayvonot dunyosida sezilarli o'zgarishlar bo'lishiga olib 
keladi:
1. O 'sim liklarning bir qismi suvda qolib ketib, suv om bori 
atrofida o'sim lik va hayvonlarning yangi turlari paydo bo'ladi.
2. Tabiiy landshaft o'rniga zamonaviy urbanizatsiyalashtirilgan 
ko'rinishli yangi m askan bunyod b o 'lad i. U o 'z navbatida yangi 
ekologik tizim ning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
3. Suv om borining barpo etilishi bilan bog'liq inshootlarning 
ishga tushirilishi m ahalliy aholining hayot kechirishi va m ehn at 
qilish y o 'nalishini o'zgartirib yuboradi.
Shunday qilib, suv om borining tabiiy m uhitga ta ’siri nihoyatda 
kattadir. Bu o'zgarishlarni sinchiklab o'rganish va ularni bashorat 
qilish bu jaray o n n in g salbiy to m o n la rin i kam aytirish uch un
zarurdir. 
t

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin