Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


 ‘zbekistonda gidrologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

1.3. 0 ‘zbekistonda gidrologiyaning rivojlanish tarixi
O'lkamizda gidrologiyaning rivojlanishi ko‘p asrlik tarixga ega 
bo'lib, unda o'zbek allomalarining hissasi nihoyatda ulkandir. Bu 
boradagi m a ’lum otlar A.R. Rasulov, F.X. H ikm atovlarning 
«U m um iy gidrologiya» o'quv qo'llanm asida batafsil yoritilgan. 
Shu sababli biz, asosan, O'zbekiston daryolarining gidrologik 
rejimini o'rganishga oid olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini 
yoritishga harakat qildik.
Bundan 130 yil m uqaddam , 1874-yili Amudaryoning Nukus 
shahri yaqinidagi suv o'lchash joyida suv sarfi o'lchandi. Demak, 
O'zbekiston hududidagi gidrologik tadqiqotlar o'zining yuz yildan 
ko'proq tarixiga ega. Bunday tadqiqotlar V. L. Shuls, A. Avaryaskin,
A. I. Ilin, E. 1. Girnik, V. M. Fedotova kabi olimlar tom onidan 
olib borilgan.
S h o 'r o l a r d a v r ig a c h a o 'l k a m i z iqtisodiy j i h a t d a n sust 
rivojlangan bo'lsada, gidrologik tadqiqotlar ancha yuqori saviyada 
bo'lgan.
1916-yili O 'rta Osiyodagi 59 daryoda 159 gidrologik postlar 
mavjud bo'lib, ulardan 46 tasi O'zbekiston hududida joylashgan 
edi. Ularda suv sarfi, muallaq oqiziqlar, suvning kimyoviy tarkibi 
va suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanish bo'yicha kuzatuvlar olib 
borilgan.
1910— 1917-y illard a T u rk is to n o 'lk a s id a yirik gidrolog 
V.G. Glushkov rahbarligidagi «Yerning holatini yaxshilash» 
bo'limining gidrometriya qismi ishlagan. 1912-yildan boshlab qism 
m untazam ravishda «Отчеты гидрометеорической части» deb 
nom langan kitobini chop etgan. K o'rinib turibdiki, sho'rolar 
davrigacha O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda gidrologiya 
fa n ig a a s o s s o l i n g a n e d i. 1 9 2 2 — 1 9 5 7 - y i l l a r d , a s o s a n ,
gidrometeorologiyaning kuzatish tarmog'ini tashkil etish va gidro­
logik bashoratlarning rivojlanishiga e ’tibor berildi. O'zbekistonda 
sug'oriladigan maydonlarning kengaytirilishi sababli daryolarning


sersuvligi haqidagi m a ’lum otlar nihoyatda zarur edi. Bu davrda 
gidrologlar t o m o n id a n bir q ator m u h im ishlar bajarildi. Bunga 
1930-yildagi L.K. D avidovning «К ол еб ан и я в одон ости рек 
С редней Азии» ilmiy ishi h am d a P. M. M ashukov va A.M . 
O vchinnikov tadqiqotlari misol bo'ladi. Bu ishlar m aksimal 
suv sarflari va bir q ato r daryolar b o 'y ic h a o ‘rtac ha o ‘n kunlik 
suv sarflari bashoratini tuzish im konini berdi.
1946— 1950-yillarda 0 ‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati 
boshqarmasi gidrobashoratlar sektori to m o n id a n tog'larda qor 
o'lchashda m a ’lum bir yo'n alish b o ‘yicha ish olib borilishiga 
e ’tibor berildi. Bu borada Z. V. Joijio va P. M. Mashukov, so'ngra 
M.A. Kosarev ta d q iq o tla ri asosida to g 'li jo y la rd a qo rn in g
taqsimlanishi o'rganildi. Shu maqsadda Ohangaron daryosi havzasida 
Qizilcha stansiyasi barpo etildi. 1948-yildan boshlab gidrobasho­
ratlar sektori tom onidan Sirdaryo va Am udaryo suvining muzla- 
nish holatini samolyotdan turib o'rganish yo‘lga q o ‘yildi. Bu ishlar 
boshida P.M. Mashukov va V.A. Arxipov turishdi. 1957-yilgacha 
g i d r o l o g i y a n i n g k o 'p g i n a m a s a l a l a r i b i la n 0 ‘z b e k i s t o n
Gidrometeorologiya boshqarmasi bilan birga boshqa tashkilotlar 
ham shug'ullanishdi. O'rta Osiyo gidrologlari daryo oqimi va tabiiy 
omillar o'rtasidagi b o g ian ish n i belgilash bo'y icha ishlarni rivoj- 
lantirishda bosh bo'ldilar. 1932-yili Pomirga qilingan ilmiy tadqiqot 
safarining gidrometrik guruhi boshlig'i I. A. Kireyev Zarafshon 
daryosi havzasida olib borilgan tadqiqotlari natijasida daryo oqim 
moduli va balandlik bo'yicha o'rtacha o'lchangan miqdor o'rtasidagi 
bog'lanishni tuzdi va bu bilan gidrologiyada hisoblash usullari- 
ning rivojlanishiga asos soldi.
Kireyevning tadqiqot usulini 0 ‘zbekiston F anlar akademi- 
yasi qo'llab-quvvatladi. 1938— 1939-yillarda O'rta Osiyo daryolari 
havzasining gipsografik tavsiflarini hisoblash ishlari boshlab 
yuborildi. Keyinroq oqim tavsiflarini joy balandlifi bilan bog'lanishi 
a s o s i d a
h i s o b l a s h
us ul i
O ' r t a
O s i y o
g i d r o l o g l a r i
O.P. Sheglova, N .M . Bolshakov, Yu. M. Denisovlar tayyorlagan 
ilmiy ishlarida o'zaksini topdi. Shular asosida 1967— 1970-yillarda 
suv resurslari bo'yicha m a ’lum otnom a qo'llanmalari tuzildi.
Daryo oqimi bilan tabiiy omillar o'rtasidagi bog'lanishni 
belgilash bo'yicha ishlar V. L. Shulsga 1941-yildayoq birinchi 
bor O 'rta Osiyo daryolari oqim moduli xaritasini tuzish imkonini 
berdi. 0 ‘zbekiston FA gidrologiya bo'limi Shuls rahbarligida O'rta 
Osiyo daryolarining to'yinish manbalarini belgilash bo'yicha katta 
hajmdagi ishlarni bajardi. Z. V. Jorjio 1940-yili «С неговы е и 
ледниковые паводки на реках Средней Азии» maqolasida O'rta
9


Osiyo daryolarining muzliklardagi m uz suvlari bilan to'yinishi 
b o r-y o ‘g ‘i 10— 11% ekanligini ilmiy asoslagan edi.
O'lkamizdagi qorliklarni o'rganish borasida olib borilgan 
tadqiqotlarda O'zbekiston FAning Inshootlar instituti gidrologlari, 
shu jumladan V. L. Shuls va L. I. Shalatova katta hissa qo'shishgan. 
1952-yili V. L. Shuls rahbarligida birinchi bor 0 ‘rta Osiyo daryolari 
oqimini hisoblash bo'yicha ko'rsatmalar yaratildi^/Uzoq vaqtgacha 
bu ko'rsatmalar loyihachilar uchun yagona qo'llanm a bo ‘lib xiz- 
mat qildi. Shu institutning o ‘zida B. YE. Milkis rahbarligidagi suv 
omborlari ustidan bo'ladigan bug'lanishni aniqlash bo'yicha ishlar 
rivojlantirildi. Bu ishlaming barchasi V. L. Shuls boshchiligida olib 
borildi. Uning tinimsiz mehnati tufayli 0 ‘rta Osiyoda gidrologlar 
maktabi barpo bo'ldi va Toshkent Davlat universitetida quruqlik 
gidrologiyasi kafedrasi ochildi. Buning natijasida 0 ‘zbekistonda gid- 
rolog mutaxassislari tayyorlandi, bu esa respublikada gidrologiya va 
glyatsiologiya fanlarining rivojlanishiga imkon berdi.
1942-yili Rostovdan Ashxobod shahriga Gidrometeorologiya 
texnikumi ko'chirildi, 1949-yili m azkur texnikum Toshkentga 
joylashdi. Shunday qilib, O'zbekiston gidrolog mutaxassislar bilan 
o'zini t a ’minlay boshladi.
0 ‘zbekistonda gidrologik tadqiqotlaming rivojlanishidagi yangi 
bosqich 1957-yilda O'rta Osiyo ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya 
instituti ( O 'O I T G M I ) tashkil etilishi bilan boshlandi.
O 'O I T G M I 1966-yilgacha O'zbekiston Gidrometeorologiya 
Bosh b oshqarm asining faoliyati faqatgina tog'li hudu d n in g
gidrologiyasi bilan chegaralanib qolgandi. Am m o xalq xo'jaligining 
y ildan-yilga o'sishi o 'lk a n i n g pasttekislik h u d u d lari bilan 
shug'ullanishni talab qilardi. Shu m unosabat bilan 1966- yili 
O 'O IT G M Ida sug'oriladigan m aydonlar suv balansini o'rganish 
bo'y icha ilmiy safarlar o'tkazildi. 1966— 1969 va 1972- yillarda 
paxta maydonlarining suv balansi o'rganildi. Bu ishlar Yu.M. 
Denisov va A.I. Sergeyev to m o n id a n bajarilib, sug'oriladigan 
m aydonlarda bo'ladigan bug'lanish va suv rejimi xususiyatlari- 
ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Shu yillari suv balansi 
stansiyalari t a rm o g 'i tashkil etilib, shu ju m la d a n , Bo'zsuv 
gidrometstansiyasida suv balansi ishlari boshlab yuborildi. Lekin 
qayd etish kerakki, gidrometeorologiya xizmatidan ancha ilgari- 
roq pasttekislik hududlari suv balansi bilan O'zbekiston F anlar 
akademiyasining Suv m uam m olari instituti, O 'rta Osiyo ilmiy- 
tadqiqot irrigatsiya instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'ja- 
ligini mexanizaesiyalashtirish muhandislari instituti shug'ulla- 
nib, m uhim natijalarga erishdilar. Bu ishlarda S. Sh. Mirzayev,
10


В. YE. Milkis, F. E. Rubinova, М. I. G e tk e r va boshqalarning 
xissasi katta.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin