Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 24 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan.
Oldingi
davr
inflyatsiyalarining yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon
bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib,
xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillarida tashqari
boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi bilan farqlanadi.
Oxirgi
yillarda
inflyatsiya tez – tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda.
Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya:
birinchidan, uzluksiz
baholarning oshishiga;
ikkinchidan, pul muomalasi
qonuning buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib
keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan
ifodalanadi.
Hozirgi davr inflyatsiyasi:
birinchidan, pul talabining Tovar
taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi;
ikkinchidan, ishlab chiqarishga
ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu
sababli pul massasining ortib borishi bilann ifodalanadi.
Inflyatsiyaning ichki omillari monetar – pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati
bilan bog‘liq turlarga bo‘linadi.
Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo‘jalik va
iqtisoddagi mutanosiblikni buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo‘l
qo‘yish, iqtisodning siklik rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni
tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit siyosatining noto‘g‘ti olib borilishi
va boshqalar hisoblansa,
pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi
krezislar, davlatning byudjet defitsiti, davlat qarzlarining o‘sishi, pul emissiyasi, pul
muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo‘l qo‘yish va
boshqalar kiradi.