G‟iyosiddin Abdullayevich Safarov


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 127,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix07.01.2024
ölçüsü127,53 Kb.
#209822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
inflyatsiyaning-mamlakat-iqtisodiy-xavfsizligiga-ta-siri-va-uni-bartaraf-etish-chora-tadbirlari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
31
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Inflyatsiyaning hayotga ta’siri 
Inflyatsiya mamlakat taraqqiyotining eng muhim ko‗rsatkichlaridan biridir — u 
qancha past bo‗lsa, shuncha yaxshi. Masalan, Shveysariya kabi rivojlangan 
mamlakatlarda yillik inflyatsiya darajasi 1,5 foizdan oshmaydi, Venesuela kabi 
inqirozga botgan davlatlarda esa 500 foizdan oshib ketgan. O‗zbekiston 2021-yil 
boshidan inflyatsion targetlash tizimiga o‗tdi. Bu tizimda Markaziy bank inflyatsiya 
bo‗yicha maqsad (target) qo‗yadi va unga erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga 
solinadi. 2021-yil uchun mo‗ljallangan maqsad o‗n foiz bo‗lgan bo‗lsa, 2023-yilga 
kelib, bu ko‗rsatkichni besh foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ma‘lumot uchun, besh 
foizli inflyatsiya bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi davlatlar darajasiga teng 
ko‗rsatkichdir. Targetlash doirasida narx barqarorligi moliyaviy barqarorlikni 
ta‘minlaydi, chunki mamlakatdagi ahvol hamma uchun oydinlashadi va oldindan 
aytish mumkin bo‗ladi. Masalan, investorlar, tadbirkorlar va boshqalar qaror qabul 
qilishga izchilroq yondashadi. Bu, o‗z navbatida, butun moliya tizimining 
barqarorlashuviga olib keladi hamda Markaziy bank ishtiroki darajasini pasaytiradi. 
Dunyodagi ahvol va milliy valyutaning o‘rni 
O‗zbekistonda inflyatsiya darajasi rekord darajada tushib ketgan bir vaqtda 
dunyoning ko‗plab mamlakatlarida bu, aksincha, keskin tezlashib ketdi. Masalan, 
Qo‗shma Shtatlarda u 40 yil oldin, Rossiyada esa besh yil oldin rekord darajaga 
yetgan. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchisi, albatta, koronavirus — 
pandemiya ortidan deyarli barcha mamlakatlar pul-kredit siyosatini yumshatdi. Ya‘ni, 
hukumat iqtisodga ko‗proq pul to‗ka boshladi — masalan, aholiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
to‗lovlar yoki arzon kreditlar shaklida. Buning oqibatida, iste‘molga talab oshib, 
ishlab chiqarish ortda qolyapti. Yana bir boshqa sabablaridan biri — milliy 
valyutaning qadrsizlanishi. Masalan, turk lirasi bu yil deyarli 50 foizga qadrsizlandi 
va shu sabab inflyatsiya 20 foizdan oshdi. Bu vaziyatda o‗zbek so‗mi mustahkam 
turibdi — dastlabki o‗n oyda valyuta atigi ikki foizga qadrsizlandi. Markaziy bank 
rahbari Mamarizo Nurmatovning ta‘kidlashicha, valyuta tushumi eksport hisobiga 35 
foiz oshishi, shuningdek, banklar va eksportchilar tomonidan valyuta ayirboshlash 
hajmining ortishi natijasida nisbatan barqaror kursga erishishning uddasidan 
chiqilgan. Iqtisodiyotda davlat ishtirokining yuqori ulushi, xomashyo eksportiga 
kuchli bog‗liqlik va tarkibiy nomutanosiblik kabi hodisalar, ayniqsa, islohotlar 
davrida mahsulot va xizmatlar narxining o‗sishini sezilarli darajada tezlashtirib 
yuborishi mumkin. Inflyatsion targetlash shu narsaga yo‗l qo‗ymaslikka qaratilgan. 
Inflyatsiya darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi, 
bu esa, o‗z navbatida, aholining turmush darajasiga ham, uning 
mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar oxir-



Yüklə 127,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin