Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
26
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Talab inflyatsiyasi.
(Inflyatsiyaning bu an‘anaviy turi talab oshib ketganda
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la
qondira olmaydi,
taklifiga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o‘sadi. Kam miqdordagi
tovarlar ko‘p pul massasiga to‘g‘ri keladi);
Ishlab chiqarish bilan bog’liq (
taklif
) inflyatsiya.
(Har xil jarayonlar va
tarkibiy o‘zgarishlar natijasida mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot
ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi).
Inflyatsiya oqibatlari
Inflyatsiya iqtisodiyotni vayron qilish darajasigacha ta'sir qilishi mumkin.
Inflyatsiya sharoitida:
Eng avvalo pul birligi qadrsizlanadi;
Tovarlardagi narxlar mutanosibligi buziladi;
Xaridor va sotuvchilar u yoki bu qarorni aniq qabul qilishga ikkilanadilar;
Katta investitsiyalar
qilish xavf-xatari oshadi;
Tadbirkorlar qisqa muddatli qarorlar va harakatlar bilan cheklanib
qolishadi;
Shaxsiy jamg`armalar o`z qadrini yo`qotadi;
Aktsiyalar,
obligatsiyalar, cheklar, veksellar,
sertifikatlar, sug`urta
polislarining real qiymati pasayadi.
Kam ta'minlangan aholi yanada qashshoqlashadi;
Mehnat qilish va tadbirkorlikning rivojlanishiga karaganda ish haqi
tezroqqadrsizlanadi.
Xullas, inflyatsiya bozor
jarayonini tartibsizlantirib, ham ishlab chiqarishni,
ham iste'molni
izdan chiqaradi, aholining turmush darajasini keskin pasaytiradi,
jamiyatda sotsial tanglikni vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: