“Target”
so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib,
“maqsad”
degan ma'noni
anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (target)
o'rnatiladi. Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit
siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani
pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi. O'z navbatida, ushbu
rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli
istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar
yaratishi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos
maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash,
iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng
yoritish orqali erishadi.
Bu rejim o'zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga
ega. Masalan, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidan
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
28
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
keng foydalangan holda qaror qabul qilish, suzuvchi valyuta kursidan foydalanish,
kommunikatsiyaviy siyosat tamoyillari, valyuta intervensiyasi strategiyasi va
boshqalar. Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini
(masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu targetni pul-
kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim. Narxlar
barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda samarali usullardan
biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi
Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi va to'lov tizimlari ishlashining
barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari qatorida turadi.
Nima uchun aksariyat mamlakatlar inflyatsion targetlash rejimini tadbiq
etmoqda?
Gap shundaki, past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya
mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish uchun juda zaruriy omil hisoblanadi. Binobarin,
inflyatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit ajratishda undagi foiz stavkasiga
qo'shiladi hamda yuqori inflyatsion kutilma kredit foiz stavkasining yuqori bo'lishiga
olib keladi. Shunday qilib, tadbirkorlar qarz mablag' (kredit)lardan foydalanganliklari
uchun hisoblangan foiz stavkalarining yuqori (yuqori inflyatsiya ta'sirida) bo'lishi,
ularni qaytarish bilan bog'liq to'lovlarga ta'sir qiladi. Agar foiz stavkalari (kredit
uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa
ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy
o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi
kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab
chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Barqaror
iqtisodiy o'sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya
markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, past
darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiyani ta'minlash aksariyat
markaziy banklar tomonidan ularning uzoq muddatli maqsadi (target) sifatida
belgilanadi.
Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak?
Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish
imkonini beradi:
narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish;
pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf
etish;
ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va
tadbirkorlarning to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda
moliya sektorining barqarorligini ta'minlash.
|