Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 29 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Inflyatsion targetlash rejimi qanday amalga oshiriladi? Inflyatsion targetlash rejimini amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
inflyatsiyaning doimiy targetini belgilash va uni keng jamoatchilikka
yetkazish
(inflyatsiya, uning omillari hamda ko'zlangan inflyatsion target haqida aholini muntazam ravishda xabardor qilish)
inflyatsion jarayonlarni boshqarish va pul bozorida foiz stavkalarini
tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo'yicha instrumentlardan
(REPO va valyutaviy svop auksionlari, depozit auksionlari, hamda Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha auksionlar) keng miqyosda foydalanish;
pul-kredit siyosati sohasida obyektiv qarorlar
(xo'jalik yurituvchi subyektlar holatini tahlil qilish: uy xo'jaliklari sohasi, tadbirkorlik sohasi, davlat boshqaruvi sohasi va tashqi dunyo) qabul qilish uchun batafsil makroiqtisodiy tahlil qilish hamda
ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo'lgan ochiq ma'lumotlarni hisobga olgan holda
prognozlash;
pul-kredit
siyosati
maqsadlari
(narxlar barqarorligi, kreditlarning ommabopligi, past darajadagi inflyatsiya, aholining milliy valyutaga bo'lgan ishonchini oshirish va hokazo) ni keng jamoatchilikka yetkazish uchun
kommunikatsiyaviy siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy holatni prognoz qilish
imkoniyatini ta'minlash hamda bozor ishtirokchilari ishonchini shakllantirish.
Inflyatsion targetlash rejimi sharoitlarida pul-kredit siyosatining qanday instrumentlari qo'llaniladi? Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya darajasini ushlab turish uchun pul-
kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri bo'lib, Markaziy bank tomonidan
belgilanadigan asosiy stavka hisoblanadi. Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirish
orqali tijorat banklari tomonidan omonat va kreditlar bo'yicha taklif etiladigan foiz
stavkalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu o'z navbatida, umumiy talab orqali
iqtisodiyotdagi narx darajasiga ta'sir ko'rsatadi.
O’zbekistonda inflyatsion targetlash rejimi Yuqoridagilardan kelib chiqib, inflyatsion targetlash deganda – oldindan
belgilanadigan inflyatsiya darajasi (target)ni keng jamoatchilikka e'lon qilish, hamda
ushbu ko'rsatkichga erishish va uni saqlab qolish jarayoni tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan inflyatsion targetlash
rejimiga bosqichma-bosqich o‘tilayotgan bo'lib,