Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang’ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.
Didaktik tashhis maqsadi – o’quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish.
Didaktik o’yin – o’rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan qiziqishi va faollik darajasini rag’batlantiruvchi o’quv faoliyati turi.
Dunyoqarash- tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
YOsh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologikxususiyatlar.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Joriy nazorat – ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Jizza- Kubik qilib qirqilgan dumba yog’ini qizartirib olingani
Zardo’zi –zamindo’zi –yoppasiga zar tikish
Idrok – aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.