Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o’zaro hamkorligi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Kombayn- hosilni yig’ish mashinalari
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta’lim – malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi.
Ish xarakati- ishchining biror texnologik o’tishni bajarishi uchun, masalan bolg’a bilan zubilani urishkabi mehnat xarakatlari majmuasidir
Ish usuli - ishchining texnologik operatsiyada ayrim texnologik o’tishlarni bajarishida xaraklari majmuasi
Ixtisos - shaxs tomonidan mukammal egallab olingan tor mehnat faoliyati
Kasb-hunar kolleji - o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.