Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari-muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish shakli.
Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o’tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
Metod- yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli.
Mehnat xarakati –ishchining biron texnologik o’tish elementini bajarish.
Marker -Rangli qalin flamaster
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayoni.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo’lgan shaxslar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Oliy ta’lim - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.