O‘g‘il tug‘ib kerilgan.
Qaynonasiga salom.
Ushbu parcha mazmuniga ko‘ra qanday nomlanadi?
Marsiya
Alla
Kelin salom
Lapar
5. Quyidagi parcha mazmunan qaysi qo‘shiq turiga mansub?
Yor tashlab ketding meni,
Hardamda yod etding meni.
Bo‘ylaring bir ko‘rsatib,
Ko‘rmakka zor etding meni
lirik qo‘shiq
tarixiy qo‘shiq
dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiq
chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiq
6. Avazning bir yo‘li Guli xiromon,
Shunga buyurdi Go‘ro‘g‘li sulton. Qabul qildi un oltida Avazxon, Xiromondan aytayinmi, qadrdon.
Ushbu parcha mazmunan qanday nomlanadi?
yor-yor
terma
lapar
qo‘shiq
7. Eng qadimgi xalq qo‘shiqlari haqida ma'lumot beruvchi asarni aniqlang.
«Qutadg‘u bilig»
«Me’zon ul-avzon»
«Devoni lug‘otit turk»
«Avesto»
12-mavzu: Xalq maqollari va topishmoqlar
Reja:
Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri.
Maqollarda o‘z va ko‘chma ma'no.
Topishmoqlarning janr xususiyatlari va badiiyati.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma'noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma'nosini beradi.
1. Maqol – og‘zaki ijodning eng faol janri. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.
Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma'noni ifodalaydi.
Xalq maqollari shaklan she'riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she'riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.
Maqollarda hayotiy voqyea-hodisa haqida qat'iy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.
Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz.
Maqol - og‘zaki ijodning eng faol janri. Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi. Inson hayotidagi voqyea-hodisalarning cheki yo‘q ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e'tiborga arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Agar “Uyga palos yarashur, xotinga libos” maqoli maishiy hayotga taalluqli bo‘lsa, “Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning qaynar” maqolida vaqtni bekor o‘tkazmaslik, aql bilan ish ko‘rish insonga hayot imkonini yaratishi qayd etiladi, “Vaqting ketdi – baxting ketdi” maqolida esa falsafiy mazmun ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining qanchalar muhim ekanligi ta'kidlangan.
Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan. Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi, mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq seziladi.
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya'ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste'moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |