Nazorat savollari 1. Maqol og‘zaki janrning eng faol turi degan fikrga qo‘shilasizmi? Agar shunday bo‘lsa nega? Fikringizni asoslab bering.
2. Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’nolar qay tarzda namoyon bo‘ladi?
Foydalanish uchun adabiyotlar: O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. -T.: “Fan”, 2010.
O‘zbek xalq maqollari. T.,1988.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. O‘UM, O‘Zmu- 2011. O‘zbek filologiyasi fakulteti kutubxonasi.
O‘zbek xalq ertaklari., T.2007.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi yodgorliklari. 100 jildlik. 1–8-jildlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2015, 2016.
GLOSSARIY Janr (fr. genre – jins, tur, xil) – adabiy janr, adabiy asarlarning tarixan shakllanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. J. terminining qo‘llanishida turlichalik kuzatiladi: ayrim manbalarda J. termini adabiy tur (epos, lirika, drama) ma'nosida ishlatilsa, boshqa birlarida ancha tor ma'noda (epos – tur, roman – xil, tarixiy roman – janr) qo‘llanadi.
Shakl va mazmun - voqea-hodisalarning tashqi ko‘rinishini aks ettirish orqali ularning ichki mohiyatini gavdalantirish.
Metafora - yunoncha “metaphora” so‘z bo‘lib, “ko‘chirish” degan ma'noni anglatadi. U narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslangan bo‘ladi. Biroq metafora aynan o‘xshatish emas.
Metonimiya - ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan o‘xshashsiz ko‘chim. Metonimiya yunoncha “metonomadzo” so‘z bo‘lib, “qayta nomlash”dir.
Sinekdoxa - yunoncha “synecdoche” so‘z bo‘lib, unda bir qism yoki bo‘lak orqali yaxlit, butun narsa bildiriladi va aksincha. Ya'ni, bir butun hodisa orqali uning ayrim bo‘lagi haqida mulohaza yuritiladi.
Jonlantirish - kishilarga xos xususiyatlarni jonsiz va mavhum narsa-hodisalarga ko‘chirishdir. Masalan, xo‘mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo‘mrayish jonsiz bulutga ko‘chirilgan bo‘ladi. Asarlarda tog‘-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o‘xshatib gapirtiriladi.
Sifatlash - narsa-hodisaning biror bir belgi, xususiyatini aniq-ravshan alohida ajratib ko‘rsatishdir. Sifatlash ikki xil bo‘ladi. Birinchisi oddiy sifatlash bo‘lib, unda narsa-hodisalarning o‘tkinchi belgilari ta'kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifatlash bo‘lib, bunda narsa--hodisalarning doimiy xususiyatlari aytiladi.