O‘xshatish - narsa-buyumning ma'lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. O‘xshatish fikrni yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi.
Mubolag‘a narsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchaytirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag‘a muayyan narsa-hodisalarni boshqalaridan alohida ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘llanadi.
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Maqollarga xos badiiy komponentlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
hikoya, lirik chekinish, vazn
ko‘chim, o‘xshatish, tazod (qarshilantirish)
syujet, xotima, stsenariy
sifatlash, diolog, munozara
2. Javoblarning qaysi birida maqol va matalning farqi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Maqollar o‘z va ko‘chma ma'noda qo‘llana oladi, matallar faqat ko‘chma ma'noda qo‘llanadi
Maqolda fikr aniq, lo‘nda, hukm tarzida ifodalanadi, matalda fikr mavhum shaklda keladi
Maqolda xushohanglik bor (ritm), matalda yo‘q
Maqolda qofiya (saj') bor, matalda saj' ham qofiya ham bor vaqtda qo‘llanadi
3. Javoblarning qaysi birida naql janriga ta'rif berilgan?
Axloqiy norma hamda odob haqida yuzaga kelgan fikrlarni izohlovchi, ta'limiy xarakterdagi majoziy hikoyat
Hayvonlar personajlaridagi insoniy harakat va munosabatlar aks etgan asarlar
Hayvonlar personajlaridagi insoniy harakat va munosabatlar aks etgan asarlar
Uydirmalar asosiga qurilgan, qahramonlarning hatti-harakatlari sehr, jodu, mo‘jiza, xayoliy obrazlar bilan bog‘langan asarlar
4. «Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib». Ushbu maqolda qanday badiiy san'at qo‘llangan?
tamsil (misol keltirish)
tazod (qarshilantirish)
o‘xshatish
jonlantirish
5. Egrining omochi yerga botmas». Ushbu maqolda qanday badiiy san'at qo‘llangan?
istiora (metaform o‘xshatish)
tamsil (misol keltirish
o‘xshatish
tazod (qarshilantirish)
6. Xalq maqollarining eng qadimiy namunalari majmuasi qaysi asarda berilgan?
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida
O‘rxun-Enasoy bitiklarida
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida
Alisher Navoiyning “Sab'ati abhur” asarida
7. “O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar” maqoli mazmunining izohi aniqlangan qatorni aniqlang.
Turmushga shoshilgan qiz baxtsiz bo‘ladi
Odamni ajratib muomala qilgan shaxs hech kimga yoqmaydi
O‘tinni yaxshi-yomonga ajratilishi yaxshi emas
Yaxshi gap hammaga yoqmaydi
Dostları ilə paylaş: |