Dars o’tish usullari:dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil erkin fikrlari va fikrlarini bayon etishga o’rganish uchun ularga mavzu bo’yicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarini bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Darsning mazmuni: Boshqa hayvonlarda bo’lgani singari baliqlar hayoti siklining turli bosqichlarida ham turli muhit sharoit zarur. Masalan, urug’ tashlash uchun zarur bo’lgan muhit baliqlar oylovi uchun zarur bo’lgan muhitdan farq qiladi, xudi shunday qishlash sharoiti ham boshqacha. Shuning uchun baliqlar turli-tuman hayot sikliga mos keladigan muhit axtarib migrastiya qiladi.
Suv yashash muhiti sifatida o’ziga xos sharoit yaratuvchi qator xossalarga ega. Baliqlarning hayot arenasi juda katta. Yer yuzi 510 mln km2 maydonga ega bo’lib, shundan 361 mln km2, Ya’ni 71%ni suv suv havzalari tashkil qiladi. Bundan tashqari yer satxining 2,5 mln km2 yoki 0,5%ni ichki havzalar egallaydi. Yashash hududining kattaligi baliqlarning vertikal tarqalishi bilan ham belgilanadi. (Naumov, 1995) baliqlar ekvatorga yaqin hududlardan to qutb oldigacha bo’lgan joylarda yashaydi: ular dengiz sathidan 6000 m balandlikdagi tog’ suv havzalarida va okeanlarda 10000 m chuqurlikda ham uchraydi. Bularning hammasida yashash sharoiti turli- tuman bo’ladi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarining baland tog’ suv havzalarida baliqlarning keng tarqalganini ko’rish mumkin.
6.1. Baliqlar migratsiyasi haqida nazariy ma’lumotlar. Baliqlarning migratsiya muddatini boshqa hayvonlardagi singari aniq belgilab bo’lmaydi. Bu birinchidan baliqlar tuxum tashlash muddatining har xilligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan ba’zi baliqlar tuxum tashlash joylariga yarim yil oldin keladi.
Baliqlarning tuxum tashlash uchun migratsiyasi ancha murakkab va turli tumandir: bu holat dengizdan daryoga va daryodan dengizga o’tishga bog’liq.
Anadram migratsiya – baliqlarning ko’payish uchun dengizlardan daryoga o’tishiga aytiladi. Bu xususiyat losossimonlar, osetrsimonlar seldsimonlar va qarlsimonlar uchun xosdir.