Guliston davlat universiteti akvakultura fanidan amaliy mashg’ulotlar


Daryo okunining suzgich qanotlari, teri qoplami, skeleti tuzilishini aniqlash



Yüklə 492,6 Kb.
səhifə16/33
tarix21.12.2023
ölçüsü492,6 Kb.
#188161
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
portal.guldu.uz-Аквакультура

5.2. Daryo okunining suzgich qanotlari, teri qoplami, skeleti tuzilishini aniqlash.
Laboratoriyaga bir necha dona daryo okuni olib kelinib amaliy mashg’ulot boshlanadi. Ish boshlanishida baliqning orqa suzgich qanoti, dum suzgich qanoti, ko’krak suzgich qanoti, anal suzgich qanoti o’rganiladi va roli aniqlanidi. Har bir suzgich qanoti yupqa teri pardadan iborat bo’lib uni suyak suzgich qanoti nurlari tutib turadi. Nurlar yozilganda ular orasidagi teri tortiladi va suzgich qanotining yuzasi kattalashadi. Baliqlarning akvariumda qanday suzishi kuzatiladi. Turli suzgich qanotlarining harakatiga etibor beriladi. Tangachalariga qarab yoshi aniqlanadi. Laboratoriyada yaxshi pishirilgan kichikroq baliqni olib, asta- sekin tangachani terisini shilib oling va orqasida hamda dum bo’limida joylashgan muskulaturasining tuzilishini ko’rib chiqiladi. Muskullarini ajratib skeletni ko’rib chiqing va uning bo’limlarini: bosh suyagi, umurtqa pog’onasi, qovurg’alari, suzgich qanotlari skeletini toping. Tana bo’limidan umurtqani ajratib oling. Uni tanasini va ustki yoyini toping. Uni dum bo’limiladan olingan umurtqa bilan taqqoslang. Olingan natijalar amaliyot daftariga qayd qilinadi.

Baliqning skeleti. Sxemasi(Buxovskiy va b. 1989).
5.3. Mustaqil ish topshiriqlari.

            1. Baliqlar skeleti qanday asosiy bo’limlardan iborat va uning bo’limlari qanday ahamiyatga ega.

            2. Baliqlarning akvariumda qanday suzishini kuzating, suzgich qanotlarining harakatiga etibor bering.

            3. Yashayotgan joyngiz suv havzalarida daryolar, ko’llar, suv omborlarida baliqlar himoya rangini kuzating.

            4. Baliqlar harakat qilganda, turli suzgich qanotlari qanday rol o’ynaydi.


5.4. Testlar.

  1. Baliqlar suvda suzgan vaqtda nima katta rol o’ynaydi.

A) Suzgich qanotlari
V) Dum suzgich qanotlari.
S) Anal suzgich qanotlari.
D) Ko’krak suzgich qanotlari.
E) Suzgich va anal suzgich qanotlari

2. Har bir suzgich qanoti nimadan iborat.


A) Teri pardadan iborat.
V) Qanot nurlaridan iborat.
S) Qanotlardan iborat.
D) Ko’krak suzgich qanotidan iborat.
E) Tangachalardan

3. Juft suzgich qanotlari qanday ahamiyatga ega.


A) Burilishda, tõxtashda, oldinga tomon harakat qilishda va muvozanatni saqlashda katta ahamiyatga ega.
V) Burilishda ahamiyatga ega.
S) Tõxtashda ahamiyatga ega.
D) Muvozanatni saqlashda katta ahamiyatga ega.
E) Faqat to’xtashda

4. Nimaga qarab baliqlarning yoshini aniqlash mumkin.


A) Tangachalariga qarab.
V) Qanotlariga qarab.
S) Terisiga qarab.
D) Rangiga qarab.
E) Ko’zlariga qarab

5. Tangacha tashqi tomondan nima bilan qoplangan?


A) Tangacha tashqi tomondan shilimshik qavat bilan qoplangan
V) Tashqi tomonidan parda bilan qoplangan
S) Tangacha tashqi tomonidan teri bilan qoplangan.
D) Tangacha tashqi tomonidan xech narsa bilan qoplanmagan
E) Barcha javoblar noto’g’ri

6. Baliqlarning yon chizig’i qanday organga kiradi?


A) Sezgi organiga
V) Ko’rish organiga
S) Suzish organiga
D) Hazm qilish organiga
E) Hammasi to’g’ri
7.Okun skeleti asosini nima tashkil etadi?
A) Umurtqa pog’onasi
V) Qovurg’alari
S) Dum suzgich qanoti skeleti
D) Bosh suyagi
E) Qant suyaklari
8. Baliqlar qanday nafas oladi?
A) Suvda erigan kislorod bilan.
V) Suvda erigan gazlar bilan.
S) Suvda erigan karbonat angidrit bilan.
D) Jabra yaproqchalari bilan.
E) Atmosfera havosi bilan
9. Baliqlarning qon aylanish sistemasi qanday?
A) Yopiq (tutash).
B) Ochiq .
S) Rasmiy.
D) Tomirlardan iborat.
E) Qon aylanish sistemasi bo’lmaydi.
10. Okun balig’i tanasi nima bilan qoplangan?
A) Suyak tangachalar bilan.
V) Teri bilan.
S) Shilimshik modda bilan.
D) Himoya qoplami bilan.
E) To’g’ri javob yo’q


Yüklə 492,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin