Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti



Yüklə 72,78 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü72,78 Kb.
#162614
1   2   3   4
Berdiyorov Ruslan

VAN-DER-VAALS IZOTERMALARI
Van-der-Vaals tenglamasini uncha murakkab bo‘lmagan o‘zgartirishlardan keyin quyidagi ko‘rinishga keltirish mumkin:
(1)
Bu tenglama V bo‘yicha uchinchi darajali tenglama bo‘lib, u bitta yoki uchta haqiqiy ildizga ega bo‘ladi. Har bir ildizga PV diagrammada bir nuqta mos keladi. Agar temperatura yuqori bo‘lsa, izoterma monoton pasayuvchi, MN egri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi va bosimning tegishli qiymatlariga (1) tenglamaning bittadan ildizi to‘g‘ri keladi. Pastroq temperaturalarda va P bosimning ba`zi bir qiymatlarida (1) tenglama V1, V2, V3 uchta ildizga ega. Bunday hollarda Pqconst izobara izotermani uchta L, C, G nuqtada kesib o‘tadi (4-rasm). Biror oraliq temperaturada V1, V2, V3, uchta ildiz bir-biriga teng bo‘lib qoladi (K-nuqta). FKH izotermaning bukilish nuqtasi K kritik nuqta va unga mos keluvchi holatga kritik holat deyiladi. Bu holatga mos kelgan Tk, Rk va Vk lar mos ravishda kritik tem-peratura, kritik bosim va kritik hajm deyiladi.


4-rasm

Van-der-Vaals izotermasi bilan tajribada olingan izoterma orasida katta farq bor. Rasmdan ko‘rinib tu-ribdiki, to‘g‘ri chiziqli gorizontal LCG qism o‘rniga izotermada to‘lqinsimon LBCAG soha bor. Izotermaning DL qismi suyuq holatga, GE qismi esa gazsimon holatga mos keladi.
Egri chiziqning BSA qismidagi nuqtalariga mos keluvchi holatlarning bo‘lishi mumkin emas, chunki bosim ortganda hajm ortishi mumkin emas.

Izotermaning AG va LB qismiga mos keluvchi holatlar metastabil holatlar deyiladi va bu holatlarni amalda namoyon qilish qiyin.
FKH izotermaning kritik nuqtasiga mos keluvchi holatida moddaning gazsimon va suyuq holati orasidagi farq yo‘qoladi. Bu holatga mos keluvchi kritik holat parametrlari quyidagi ifodalar yordamida topiladi:

Van-der-Vaals tenglamasiga modda holatining chin tenglamasi deb emas, balki, model tenglama deb qarash lozim. Chunki, bu tenglama ideallashtirilgan aniq model asosida olingan bo‘lib, tajriba ma`lumotlarida bu tengla-madan ancha muhim chetlanishlar ham mavjuddir.




Yüklə 72,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin