Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
9-Mavzu. Firma nazariyasi 
 
Reja 
1. «Printsipal» bilan «agent» o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammosi 
2. «Printsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari 
3. Firmaning ichki tuzilmasi 
4. Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish traektoriyasi 
5. Firmalarning asosiy xillari 
 Tayanch so’z va iboralar: 
printsipal, agent, firma, firmaning ichki tuzilmasi, firma 
tipologiyasi, firma traektoriyasi, unitar (U-tuzilma), xolding (X-tuzilma), multidivizional (M-
tuzilma) aralash (A-tuzilma). 
 
1. «Printsipal» bilan «agent» o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammosi
Tashkilot tarkibiga kiruvchi «agentlar» sonining o‘sishi, agentlar harakati ustidan nazorat 
qilish uchun talab etiladigan «printsipal» xarajatlarining oshishini belgilab beradi. «Agent»ni 
nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o‘rtasidagi tanlovdan iborat 
bo‘lgan «printsipal» muammaviy holatini o‘yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida 
ko‘rish mumkin. «Printsipal»ning nazorat qilish uchun xarajatlari birga teng deylik, «agent» 
tomonidan o‘z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik 
bilan bajarganlik holatlardagi yo‘qotishlar esa 2 ga teng, deylik. «Agent» tomonidan o‘z 
vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda bo‘lingan yoki «
ishdan bo’yin 
tovlash
» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot olish huquqidan mahrum bo‘lishini hisobga 
olgan holda, «printsipal» bilan «agent»ning o‘zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan 
izohlanadi. 
9.1 -jadval 
«Printsipal» bilan «agent»ning o’zaro munosabatlari matritsasi
«Printsipal»
«A
ge
n

Nazorat qilish 
Nazorat qilmaslik 
Vijdonan ishlash 
1; 1 [St
2

1; 2 [St
1
, P] 
Ishdan bo‘yin tovlash 
0; -1 
2; -2 


28 
Ushbu o‘yinda «printsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi muammosi 
yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunda Nesh bo‘yicha muvozanat mavjud emas: «printsipal» va «agent» 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda optimal natijaga erishish tashkilotning rivojlanishi jarayonida 
yuzaga keladigan tahdid ostida bo‘ladi. 
Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o‘sishiga to‘g‘ri proportsional 
emas. Bu erda «printsipal» va «agent» o‘rtasida axborot asimmetriyasining paydo bo‘lishi 
omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o‘yinchi – «tabiat» bilan o‘yinni tahlil qilgan holda, biz 
ikkita asosiy o‘yinchi o‘rtasidagi axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. 
Tashkilot 
ichida
axborot asimmetriyasining paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash uchun
institutsional tizim sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini 
eslaymiz. Ya‘ni hech qanday o‘ylangan markaz (ya‘ni «printsipal») hamma vaqt barcha 
hodisalardan xabardor bo‘lib turishga va ushbu axborotni manfaatdor tomonlarning hukmiga 
tezkor havola etishga qodir emas 
Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to‘liq hajmdagi axborot bilan 
ta‘minlovchi mexanizm bo‘lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi narxning shakllanishi 
hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx shakllanishi to‘g‘risida gap bo‘lishi 
mumkin emas, «agent»ning o‘z mehnatining yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda 
bosh tortishi ana shundan dalolat berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy 
mahsuliga teng bo‘lgan taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx 
to‘liq axborotni o‘zida mujassamlantiradi. 
Demak, tashkilotning rivojlanishiga qarab aylanadigan axborotning murakkablashuvi va 
ixtisoslashuvi yuz beradi. Lekin ular samaradorlik bo‘yicha narx-navo mexanizmi bilan 
taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida 
qaror qabul qilish jarayoni ularning har birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo‘ladigan 
ko‘plab bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat 
uni olish va unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a‘zolari ega bo‘ladi.
Noyob axborotga ega bo‘lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni tarqatishdan va uni 
buzilmagan tarzda «printsipal»ga uzatilishidan manfaatdor emaslar. Haqiqatdan ham axborot 
asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o‘z 
foydaliligini 
ko’paytirishga
urinishlari, ular tomonidan yollash to‘g‘risidagi shartnoma 
tuzilishida qabul qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir 
qat’iy 
belgilangan
darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko‘zda tutilmagan holatlar sodir bo‘lgan 
taqdirda, yollash to‘g‘risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot kafolatini olib
«agent»ning o‘zi unga «printsipal» bilan nayrang qilish yordamida faoliyat natijasini o‘z 
foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun‘iy» kutilmagan holatlarni tashkil etishga 
urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan «agentlar»ning o‘z faoliyati natijalarini o‘zlashtirishda 
ishtirok etishga opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai 
nazardan talqin etish lozim.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin