Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
 
 
8.2-rasm.
 O’zbekiston Respublikasida shartnomalar turlari

4.
 
Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara 
Printsipial jihatdan yangi holat – shaxs tomonidan yollash to‘g‘risidagi shartnoma 
doirasida o‘z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi – bozor 
konstitutsiyasi me‘yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, murakkab utilitarizm 
me‘yoriga faqat yollash to‘g‘risidagi shartnomaning tomonlaridan biri – unga nazorat huquqi 
topshirilayotgan tomon amal qiladi. Bitimning ushbu tomonini 
«printsipal»
yoki 
«topshiriq 
beruvchi» 
deb ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni – 
«agent»
yoki 
«ijro etuvchi»
ma‘lum 
darajadan ortiq bo‘lgan mukofot evaziga o‘z harakatlarini o‘zi nazorat qilish huquqidan voz 
kechadi. Boshqacha aytganda, «agent» o‘zining foyda olish darajasini oshirmaydi, balki 
foydaning ma‘lum darajasiga erishishni mo‘ljallaydi (
cheklangan 
utilitarizm me‘yori). 
«Printsipal» va «agent» o‘rtasidagi munosabatlar qat‘iy shaklda quyidagi tenglamalar bilan 
yoritiladi:
max EU(principal) = EU[f(Q),Q,A,S], 
EU(agent) = EU (Y, A, S) ≥ U, 
bu erda: Q – shartnomani amalga oshirish natijasi ("chiqish");
Y q f(Q) - "agent" faoliyatiga haq to‘lashning tanlangan sxemasi; 
O’zbekiston Respublikasida 
shartnomalar turlari
Oldi-sotdi 
shartnomasi
s
ovg‘a qilish shartnomasi 
ijara shartnomasi
(имущественного 
найма) 
mulkdan bepul foydalanish 
shartnomasi 
tashish shartnomasi
transport ekspedi-tsiyasi 
shartnomasi
pudrat shartnomasi
q
arz 
shartnomasi 
k
redit shartnomasi 
topshiri
q
shartnomasi 
komissi
ya shartnomasi 
sa
q
lash 
shartnomasi 
su
g’
urta 
shartnomasi 
kafillik 
shartnomasi 
garov 
shartnomasi 
ko’chmas mulk to’
g’
risidagi 
shartnoma 
q
o’shma faoliyat to’
g’
risidagi 
shartnoma 
q
urilish pudrati 
shartnomasi 
birj
ada tuzilgan shartnoma 
tanlov bo’yicha tuzilgan 
shartnoma 
kimoshdi savdostda tuzilgan 
shartnoma 


24 
A - ""printsipal" tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha agent" qo‘llaydigan 
sa‘y-harakatlar;
S – shartnoma tomonlariga bog‘liq bo‘lmagan «tabiiy» omillar.
Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat tamoyillarini buzadi, 
chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar «printsipal»ning manfaatlari bilan 
belgilangan. «Agent» o‘z harakatlarida o‘z manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi 
navbatda «printsipal»ning manfaatlarini ko‘zlashi lozim. Ideal «agent» «printsipal»ning 
manfaatlarini o‘z manfaatlari singari qabul qiladi. 
Uchinchidan, ishonch me‘yorini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. 
«Agent» «printsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul qilinadigan qarorlarning 
to‘g‘riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Printsipal»ga ishonmagan «agent» unga nazorat 
qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. Bundan tashqari, «agent» «printsipal» 
«agent»ning harakatlari ustidan nazorat sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga 
ham yoymasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto‘g‘ri, chunki «printsipal» hatto 
«agent»ning harakatlarini o‘z foydaliligini emas, balki «printsipal»ning foydaliligini oshirishga 
yo‘naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan ma‘lum darajada ishochsizlik bilan 
munosabatda bo‘lishi lozim. 
To‘rtinchidan, yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish uchun empatiya normasi 
talab etilmaydi. «Printsipal» mukofotning «agent» rozi bo‘ladigan eng past darajasini bilishi 
kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham shartnoma yordamida o‘zining foydaliligini oshiradigan, 
«simmetrik barqarorlik» mezoniga javob beruvchi sotish to‘g‘risidagi shartnomadan farqli 
o‘laroq, yollash to‘g‘risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda tutmaydi. Bir 
tomondan, yollash to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirishdan yutuqni taqsimlash assimmitrik 
xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto «agent»ga o‘z huquqlarini «printsipal»ga 
topshirganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya «gorizontal bo‘yicha» emas, faqat «vertikal 
bo‘yicha» munosabatlarga taalluqli. Yollash to‘g‘risidagi shartnoma bir necha «agent»ga amal 
qilingan hollarda ular o‘rtasidagi munosabatlar «printsipal»ga murojaat etish orqali tartibga 
solinadi va shuning uchun simmetrik barqarorlikka erishishga yo‘naltirilmagan. 
Va nihoyat, qonunga bo‘ysunish me‘yoriga zarurat yo‘q, chunki shartnomani amalga 
oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga bo‘ysunish orqali hal etilmaydi. 
Yollash to‘g‘risidagi shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq barcha masalalar «ichki hakam» - 
«printsipal» tomonidan hal etiladi. 
Shu tariqa «printsipal» va «agent»ning yoritilgan o‘zaro munosabatlarini tartibga 
soluvchi me‘yorlar yig‘indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini eslatadi. Lekin, bu 
tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobel mukofotining lauriyati Ronald Kouz 
o‘zining «Firma tabiati» maqolasida buyruqbozlik asosiga ega bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar 
bozor tizimining ichida ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda 
rejalashtirish mavjud... Firma ichida... bozor transaktsiyalariga barham berilgan, almashuv 
transaktsiyalariga ega bo‘lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa muvofiqlashtruvchi 
tadbirkor o‘ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi». Boshqacha aytganda, buyruqbozlik 
iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat tarixiy jihatdan qiziqish uyg‘otadi, balki u alohida tuzilmalar 
– yollash to‘g‘risidagi shartnoma asosida yuzaga keladigan 
tashkilotlar
doirasida munosabatlarni 
tartibga soladi. Tashkilot deganda biz «ta‘riflanadigan chegaralarga ega bo‘lgan va maqsadlarga 
yoki ishtirokchi a‘zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar yig‘indisiga erishish uchun 
faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning 
iqtisodiy birliklari), kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, universitetlar, foyda ko‘rmay 
ishlovchi tashkilotlar va ko‘plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi. 
Ushbu ta‘rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi. 


25 
1.
Ishtirokchilar yig‘indisi. 
2.
Barcha ishtirokchilarni «printsipal» manfaatlaridan hosil bo‘lgan tashkilot 
maqadlariga moslashuv darajasi. 
3.
Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma‘lum darajadagi murakkablik 
bilan tavsiflanuvchi ko‘p pog‘onalilik. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin