Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

3. Shartnomalarning xillari 
Endi yollash to‘g‘risidagi shartnoma bilan sotish to‘g‘risidagi shartnomani o‘zaro 
taqqoslagan holda, bevosita shartnoma tarkibini muhokama qilishga kirishamiz. Shartnomaning 
uchta bazaviy xili ma‘lum – 
klassik, implitsit 
va
 neoklassik

Klassik shartnoma, unda o‘zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to‘la-to‘kis 
belgilangan, sotish to‘g‘risidagi shartnomadan hosil bo‘lgan shartnoma.
Implitsit (bundan «implitsit», ya‘ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasi kelib chiqqan) 
shartnoma esa, aksincha, o‘zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma 
tomonlari shartnomaning amalga oshirilishi jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi. 
Bunday shartnoma yollash to‘g‘risidagi shartnomadan hosil qilingan. Neoklassik yoki 
gibrid, 
«munosabatli»
shartnoma o‘zida ham yollash to‘g‘risidagi shartnomaning, ham sotish 
to‘g‘risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir 
bo‘lganida uning harflariga amal qilmaslik imkonini beradi.
Quyidagi jadval yordamida uchta xildagi shartnomaning tarkibi va parametrlarini 
solishtiramiz. 
8.1-jadval 
Shartnoma tarkibi va xususiyatlari
Klassik 
Neoklassik 
Implitsit 
1. Shartnoma tomonlarining tavsifi 
Ishtirokchilarning 
har 
birining o‘rnini bosadigan 
shaxsni topishning osonligi. 
Natija 
ishtirokchilarning 
tarkibiga 
bog‘liq 
emas. 
Tomonlar xatarga nisbatan 
bir xilda betaraf. 
Teng o‘rinbosar topishning 
qiyinligi tufayli shartnoma 
tomonlari 
bir-biriga 
bog‘liqligining 
yuqori 
darajasi. Tomonlar xatarga 
nisbatan betaraf. 
Bitim 
ishtirokchilarining 
ikki 
tomonlama 
bog‘liqligi: 
natija 
ularning 
birgalikda 
faoliyat 
yuritishga qodirligiga bog‘liq. Bir 
tomon xatarga nisbatan betaraf, 
ikkinchi tomon xatarga qarshi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin