Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

chiziqli
bog‘liqligini nazarda tutuvchi oddiy yo‘llar eng 
samarali hisoblanadi. Bu ularda chiziqli bo‘lmagan yo‘llardan foydalaniladigan shartnomalarni 
tuzishning yuqori xarajatlari bilan ham, «agentlar» tomonidan mukofotning natijalarga murakkab 
bog‘liqligini qiyin qabul qilinishi bilan ham bog‘liq. Eng qulay variantlarda qat‘iy belgilangan 
mukofot «agent»ga emas, balki «printsipal»ga taklif etiladi, ya‘ni «agent» «printsipal»ga renta 
va foydaning ulushini to‘lagan holda undan mol-mulkni ijaraga oladi. «Agent» tomonidan 
«printsipal» topshiriqlarining vijdonan bajarilishini rag‘batlantirishning bunday yo‘llarni 
amaliyotda qo‘llashga quyidagi omillar to‘sqinlik qiladi: 
-
«agent»ning xatarga moyilligi darajasi; 
-
«agent» tomonidan mol-mulkning ijaraga olinishi yoki uning mulkda ishtirok etishi 
uchun resurslarning chegaralanganligi; bunda «agent» tomonidan ushbu maqsadlar uchun 
bankdan ssudalar olishi o‘sha axborot asimmetriyasi muammosi hamda u bilan kreditor sifatida 
bank o‘rtasidagi munosabatlardagi ma‘naviy xatar tufayli murakkablashdi. 
3.
Firma «agentlar» ittifoqi sifatida.
Ushbu qaror avvalgisidan shunisi bilan tubdan 
farq qiladiki, bunda nafaqat «agentlar»ning faoliyatdan olinadigan daromadlarda ishtirok etishiga 


30 
yo‘l qo‘yiladi, balki «printsipal» funktsiyalarining o‘zi «agentlar» tomonidan 
navbati bilan 
bajarila boshlaydi
. «Printsipal» vaqtincha «tenglar ichida birinchi» bo‘ladi. Ta‘kidlash lozimki, 
hukumronlik munosabatlari «agentlar» tomonidan o‘z harakatlari ustidan nazoratning 
boshqalarga topshirilishi bilan tugatilmaydi, shunchaki nazorat qilish va vazifalarni taqsimlash 
funktsiyalari tashkilotning barcha ishtirokchilari tomonidan navbatma-navbat bajariladi. 
Vaqtinchalik axborot oqimlarining kesishuvidagi mavqeni egallagan va buning oqibatida 
aylanadigan axborotni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lgan «agent» «printsipal»ga aylanadi. 
«Agentlar»ning «printsipal» mavqeiga o‘tishi faqat ishonchli axborotni uzatishni 
rag‘batlantirish muammosini hal etadi. Lekin eng asosiysi, u «agentlar» 
o’rtasida
ishonchli 
munosabatlarni mustahkamlash va kooperatsiyani rivojlantirish uchun zamin yaratadi. 
O.Uilyamson «agentlar» o‘rtasida ishonchli munosabatlarning paydo bo‘lishida firma ichida 
foydalilikni oshirish strategiyasi sifatida opportunizmdan bosh tortishga olib keluvchi 
«assotsiativ muhit» paydo bo‘lishining muhim omilini ko‘radi: «Unumdorlik umumiy ishga 
adolatli ulush qo‘shganlik uchun javobgarlik hissi tufayli ortadi». O‘zini o‘zi boshqaruvchi firma 
bunday ittifoqni amaliyotga joriy etish shakli sifatida ishtirok etadi. 
Assotsiativ muhitning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq foyda nafaqat nazorat xarajatlarida 
tejashdan, balki yangi manba – kooperatsiyadan yutishdan iborat. Klassik iqtisodiyot fani Adam 
Smitdan keyingi mehnat taqsimotini tashkilot a‘zolarining u yoki bu vazifalarni hal etishdagi 
qiyosiy ustunliklarining asosiy manbai, deya e‘tirof etadi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, 
kooperatsiya foydali, chunki alohida vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan xodimlar birgalikdagi 
sa‘y-harakatlar bilan ular tomonidan barcha vazifalar mustaqil hal etilgandagiga qaraganda ko‘p 
mahsulot ishlab chiqaradi. Ishchining chaqqonligini rivojlantirish u bajarishga qodir bo‘lgan 
ishlar miqdorini oshiradi. Mehnat taqsimoti esa, har bir ishchining ishini qandaydir oddiy 
operatsiyaga yo‘yib va ushbu operatsiyani uning butun hayotidagi yagona mashg‘ulotga 
aylantirgan holda, ishchining abjirligini kerakli darajada oshiradi. Assotsiativ muhit nafaqat 
mehnat taqsimoti, balki «jamoaviy ish» asosida kooperatsiyadan foyda olish imkonini beradi. 
Kooperatsiyadan olinadigan ijobiy samara birgalikda ishlash va tashkilot a‘zolari – «jamoa»ning 
o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi bilan shartlangan. 
Xulosa qilib, shuni ta‘kidlash joizki, «agentlar» ittifoqi sifatida firmada «printsipal»dan 
«agentlar»ni ularning umumiy natijaga qo‘shgan ulushiga muvofiq mukofotlashini, «agent»dan 
esa «printsipal» tomonidan qo‘yilgan vazifalarning vijdonan bajarilishini talab qiluvchi «oltin 
qoida» asosida «printsipal» va «agent» muammosini hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Misol 
tariqasida quyidagi modelni keltiramiz, unda o‘yinchilar uchta strategiyadan bittasini tanlashadi: 
«oltin qoida», teng sa‘y-harakatlar standarti va opportunistik xatti-harakat. «Printsipal» 
tomonidan teng sa‘y-harakatlar standarti «agentlar» mehnatiga qat‘iy belgilangan teng haq 
to‘lanilishini qo‘llashdan iborat, agentlar tomonidan esa yaxshi ham, yomon ham emas, «hamma 
qatori» ishlashdan iborat. «Printsipal» opportunizmi, bunda «agent» bozordagi barcha vaziyat 
haqida to‘liq axborotga ega bo‘lmaydigan noqulay «tabiiy» shart-sharoitlar (masalan, bozor 
kon‘yunkturasi) belgisi ostida «agent»ni pasaytirilgan tarzda mukofotlash shakliga ega bo‘lishi 
mumkin. Ta‘kidlash lozimki, Nesh bo‘yicha muvozanat hisoblanmaydigan «oltin qoida» 
strategiyalarini faqat, bir tomondan, «agentlar» o‘rtasida, ikkinchi tomondan, «agentlar» bilan 
«printsipal» o‘rtasidagi 
o’zaro ishonch
me‘yorlari asosida qabul qilish mumkin. Ko‘rib 
chiqilayotgan model unda o‘zaro ishonchsiz o‘yinchilar ham o‘z aybini inkor etishi mumkin 
bo‘lgan «hukm qilinganlar muammoviy holati»ning varianti hisoblanadi (9.2-jadval).
Shunga qaramay «agentlar» ittifoqi sifatida firma modelinig tarqalishini quyidagi omillar 
chegaralaydi: 
-
«agentlar»ning xatarga moyilligi; 
-
tashkilot ishtirokchilarining soni: samarali bo‘lish uchun, o‘rin almashish tamoyillari 
asosida yagona tashkilotga birlashgan 5-10 kishidan iborat guruh doirasida qo‘llinilishi mumkin; 
tashkilot a‘zolarining umumiy soni 100 kishidan oshmasligi kerak (10 kishidan iborat 10 ta 
guruh); 


31 
-
tashkilot a‘zolari tomonidan «ijtimoiy» kapitalga, ya‘ni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va 
o‘zaro ishonch an‘analari, umumiy maqsadlar va manfaatlarga dastlabki egalik qilish; ijtimoiy 
kapital tashkilot faoliyat ko‘rsatishining 
dastlabki bosqichida
«agentlar» o‘rin almashuviini 
boshlash uchun zarur. 
9.2-jadval 
 
Ko‘rsatkichlar 
«Printsipal»
«Oltin qoida» 
Teng sharoitlar 
andazasi 
Opportunizm 
«Age
nt
»
«Oltin qoida» 
7; 7 [P] 
4; 8 
1; 9 
Teng sharoitlar andazasi 
8; 4 
5; 5 
2; 6 
Opportunizm 
9; 1 
6; 2 
3;3 [N, St
1
, St
2


Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin