Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
4.
 
Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish traektoriyasi 
 
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo‘lishi va tarqalishini 
faqat
ularning 
«printsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi bilan izohlab bo‘lmaydi. 
Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan ehtiyoj paydo bo‘lib, biroq bu amalga 
oshirilmay qoladigan holat bo‘lib turishi tabiiy.
Firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaktsiya xarajatlari dinamikasini 
(birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni oldini olish), balki institutlar 
dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi 
traektoriyaga bog‘liqligini ham hisobga olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy 
o‘zgarishlarning alohida 
traektoriyasi
bo‘yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot 
rivojlanishidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar dinamikasini o‘rganishda 
ifodalangan dalillarni to‘ldirishni va qisman qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. 
Birinchidan, 
tashkilot 
doirasida 
institutsional 
darajada 
mafkura 
bajaradigan 
funktsiyalarga o‘xshash funktsiyalar tashkiliy madaniyat hisoblanadi. Har qanday tashkilotda: 
korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy tarkibiy qism – tashkiliy bilim 
mavjud. Tashkiliy madaniyat, «printsipal» bilan «agent» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ular 
asosida quriladigan me‘yorlar, qoidalar va an‘analarda amalga oshiriladi. Tashkiliy 
madaniyatning talqin etish funktsiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo‘lganida 
«printsipal» qarorlarning asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan 
foydalanilishidan iborat. Tashkiliy madaniyat bo‘ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan 
holatga qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat‘iyroq aytadigan bo‘lsak, u 
tufayli tashkilot o‘zining birxilligiga ega bo‘ladi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin