Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

5. Firmalarning asosiy xillari 
Korxonalar rivojlanishi traektoriyalarining o‘ziga xos xususiyati korxonalar tashkiliy 
tuzilishidagi milliy farqlarni belgilab beradi. Bugungi kunda istalgan mamlakatdagi yirik 
korxonalarning aksariyati jahon bozorida yuzaga kelgan tendentsiyalarni hisobga olgan holda 
harakat qilishiga qaramay, ularning tashkiliy tuzilishlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan 
strategiyalarning xilma-xilligi kuzatiladi. Chunki tashkiliy rivojlanish traektoriyasini tanlashga 
ta‘sir ko‘rsatgan omillar yig‘indisi har bir mamlakatda har xil.
Tashkiliy rivojlanish traektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
-
institutsional muhit, shu jumladan institutsional rivojlanish traektoriyasi; 
-
aktivlarning o‘ziga xoslik darajasi (raqobot bozorining rivojlanganlik darajasi); 
-
tashqi muhitning noaniqlik darajasi (bozorning barqarorlik darajasi); 
-
xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga nisbatan 
betaraf bo‘lgan insonlar ulushi); 
-
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lgan bitimlarning 
murakkablik darajasi; 
-
qonundan foydalanish bahosi va xufyonalik bahosining nisbati. 
Tashkiliy rivojlanish milliy traektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga – unitar, 
xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funktsiyasiga, korxonaning etkazib 
beruvchilar, iste‘molchilar va yollanma xodimlar bilan munosabatlardagi xatti-harakatiga, 
shuningdek korxona faoliyat ko‘rsatishining ko‘plab boshqa ko‘rsatkichlariga taalluqli. Endi 
korxonalarning bir necha benuqson xillarini yoritishga harakat qilamiz. Buyruqbozlik 
iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi korxona (

korxona); Amerika firmasi (
A
firma); Yaponiya 
firmasi (

firma) va o‘tish xilidagi korxona (
O’
korxona). 
1. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona.
Korxonaning ushbu xiliga 
nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog‘liqki, Rossiya va Sharqiy Evropa korxonalari katta 
qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat 
qiluvchi korxona foydani ko‘paytirishga emas, balki bir me‘yordagi ishlab chiqarish rejasini 
bajarishga yo‘naltirilgan. «Printsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega emas, 
balki muhokama yoki 
rejali savdo
ning predmeti hisoblanadi. Ushbu savdoda korxonaning ovozi 
ruxsatning yuqori chegarasi, normadan yuqoriga chiqish haqida ogohlantiradi, yuqori turuvchi 
organning ovozi esa ruxsatning quyi chegarasi, normadan quyiga og‘ish haqida eslatadi. 
Bu erda «printsipal» qanday maqomga egaligi alohida tahlilni talab qiladi. Kommunistik 
mafkuraga muvofiq sotsializmda o‘z manfaatlarining vakili – reja organi orqali 
B korxona


34 
faoliyati ustidan o‘zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi barcha mehnatkashlar 
«printsipal» bo‘lib hisoblanardi. 
Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan korxona 
direktsiyasi o‘rtasida hamda korxona direktsiyasi bilan uning xodimlari o‘rtasidagi 
munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishdagi qat‘iy intizomiga 
nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya (partiya tashkilotlari orqali), xo‘jalik (vazirliklar va 
idoralar orqali) va kengash (Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari 
orqali erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi mexanizmlari esa 
mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «printsipal» sifatida o‘z manfaatlarini amalga 
oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi amalda «agent»dan yagona «printsipal»ga aylandi: 
nazoratsiz byurokratik apparat o‘z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish 
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin