Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

A
firmadan farqli o‘laroq 
J
firma to‘liq 
mustaqillikka intilmaydi. Amalda davlatga yapon firmasi tomonidan korporativ manfaatlar va 
umuman jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi hakam korporatsiyalar kurashida esa muvozanatni 
saqlashning kafili sifatida qaraladi. 
4. O’tish xilidagi korxona
. Sharqiy Evropa mamlakatlarida amalga oshirilgan bozor 
islohotlari 

korxona bilan 
A
firma o‘rtasida yarim yo‘lda turgan yana bir ideal xildagi korxona – 
o‘tish xilidagi korxonaning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
O’
korxonaning «oraliq» holati, biroq, 


37 
uni 

korxona va 
A
firma elementlarining turli kombinatsiyalaridan foydalanib ta‘riflash 
mumkinligini anglatmaydi. Hech bo‘lmaganda 
O’ 
korxonaning maqsadli funktsiyasini olaylik: u 
ma‘muriy buyruqlarni bajarishdan ham, foydani ko‘paytirishdan ham iborat emas. 
O’ 
korxona 
omon qolishga, mehnat jamoasini saqlab qolishga yo’naltirilgan
, shu munosabat bilan ayrim 
tadqiqotchilar ushbu ideal xilni tavsiflash uchun hatto «omon qolishga yo‘naltirilgan korxona» 
atamasini ham taklif etishdi. 
O‘tish xilidagi korxona maqsadlarini tanlashning o‘ziga xos xususiyati uning mulkining 
tarkibiga bog‘liq. 
J
firmada bo‘lgani kabi bu erda ham mulkning rasmana va real tarkiblari 
o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud va bu ham «insayderlar» - korxona xodimlari va rahbarlarining 
foydasiga. Bu erda gap qayta kombinatsiyalangan mulk haqida borayapti, ya‘ni unda 
quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi: 
-
xususiy va davlat mulki o‘rtasidagi chegaralarning yo‘qolishi. Davlat byudjetidan 
qat‘i nazar rasmiy jihatdan xususiylashtirilgan korxona. Biroq davlatning shartnoma 
majburiyatlari va byudjet oldidagi majburiyatlarni bajarmagan korxonalarning bankrotligini 
e‘lon qilishga tayyor emasligi, davlatning debitorlik qarzlarning bir qismini o‘z zimmasiga 
olishga roziligini anglatadi. O‘zaro hisob-kitoblarni o‘tkazish amaliyoti haqiqiy moliyaviy 
bitimlarni imtatsiya qiladi va korxonani to‘xtatib qo‘yishning iloji yo‘qligi holatini shunchaki 
niqoblaydi, chunki bu ishchilarning noroziligini va ishlab chiqarishning pasayishini keltirib 
chiqaradi.
-
korxona tashkiliy chegaralarining yo‘qolishi. To‘lanmasliklar muammosi nafaqat pul 
massasining ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmiga mos kelmasligini, balki 
korxonalarning o‘zi bilan o‘zaro bog‘liq korxonalarga 
tovar krediti 
berishga tayyorligini aks 
ettiradi. Shartnoma majburiyatlarini bajarishning past madaniyatini hisobga olgan holda, 
korxonalar tomonidan o‘zaro to‘lanmasliklarga ixtiyoriy ravishda yo‘l qo‘yilishining yagona 
izohi bo‘lib o‘zaro bog‘liq korxonalar 
o’rtasida
firma 
ichidagi
oqimlar kabi tamoyillarda tovar-
pul oqimini tashkil qilish imkonini beruvchi o‘zaro nazoratning mavjudligi haqidagi tasavvur 
hisoblanadi. 
-
mulkning formal va real tarkibining mos kelmasligi. Tashqi mulkdorlar, odatda, fond 
bozorining optimal bo‘lmagan tarzda faoliyat ko‘rsatishi va menejerlar tomonidan axborot 
asimmetriyasidan opportunistik foydalanilishi tufayli 
O’
korxona menejerlari ustida o‘zlarining 
nazorat qilish huquqlarini amalga oshirolmaydilar. Natijada «agentlar» - menejerlar – hatto 
aktsiyalarining asosiy qismi tashqi sarmoyadorlarga tegishli bo‘lgan korxonalar ustidan ham 
nazoratni saqlab qolishadi. 
Shunday qilib, omon qolishga yo‘naltirilish «agentlar»ning «printsipallar» tomonidan 
o‘zlarining nazorat huquqining «ovoz berish» orqali ham, «chiqish» orqali ham amalga 
oshirilishi mumkin bo‘lmagan vaziyatni saqlab qolishga urinishini anglatadi. Demak, «agentlar» 
opportunizmi 
O’
korxona faoliyat ko‘rsatishining muhim jihati hisoblanadi. Ta‘kidlash lozimki, 
menejerlarning o‘zlari xodimlar (ularning o‘zlariga nisbatan «agentlar») ustidan nazoratni saqlab 
qolishga erishdilar. Ular buni moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay korxona balansida ijtimoiy 
soha ob‘ektlari (uy-joy-kommunal xo‘jaligi, dam olish bazasi, bolalar muassasalari, asl holatida 
ta‘minlash)ni saqlab turishda ifodalanuvchi paternalizm siyosati hisobidan uddalashdi. 
O’
korxona tomonidan ishlab chiqarish aloqalari tarkibi transaktsiya xarajatlarini 
kamaytirish mezoni bo‘yicha emas, balki vaqt orqali tekshirilgan aloqani saqlab qolishga urinish 
asosida shakllanadi. 1993-1994 yillarda Rossiya korxonalarining aksariyati asosiy etkazib 
beruvchilar (83%) va iste‘molchilar (70%) bilan eski aloqalarini saqlab qolishdi va yangi 
sheriklarni topish istiqboliga shubha bilan qarashdi. Ta‘minlash va sotish siyosatidagi 
konservatizmning ehtimoliy talqinlaridan biri yangi sheriklar bilan shartnomalar tuzishning 
g‘oyat yuqori transaktsiya xarajatlari haqidagi tasavvurdan iborat. Birinchi navbatda bu yangi 
sheriklarning opportunistik xatti-harakatlarining yuqori darajada ehtimol tutilishi bilan bog‘liq. 
Eski sheriklarning opportunizmi ularning yuzaga kelgan nufuzi va rejali iqtisodiyot muhitida 
faqat «o‘zinikiga» nisbatan amal qiluvchi alohida ahloq normalariga ega bo‘lgan direktorlarning 
mavjudligi tufayli deyarli istisno etilgan. 


38 
Endi korxonalarning to‘rtta benuqson xilining jadval ko‘rinishidagi qiyosiy tahlil qilish 
natijalarini keltiramiz (9.3-jadval). 
9.3-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin