Guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/22
tarix26.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#161375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
portal.guldu.uz-YOG`-MOYLARNI TADQIQ QILISH USULLARI VA EKSPERTIZASI (1)

Takrorlash uchun savollar:
1.Spektral taxlil nimaga asoslangan?
2.Lipidlar taxlili asoslari
3.Spektroskopiya nima?
4.To’xtovsiz spektor tushunchasini ta’riflang
5.Adsorbsion va emission molekulalar spektroskopiya asoslari
6.Spektroskopning prinsipial sxemasini tushintiring

5 -MA’RUZA
MOYLAR TAHLILIDA KOLORIMETRIYANING QO`LLANILISHI
REJA: Kuzatish usullari. Fotoelektrik usul. Moyli urug’lar lipidlari analizida kolorimetriyani qo’llash. Paxta moyi tarkibidagi birikkan va erkin gossipol, vitamin A va boshqalarni aniqlash.
Kolorimetriya kolorimetrik reaksiya maxsulotini yorug’lik nurini ko’rinuvchi spektrlarini yutishi orqali o’lchashga asoslangan.
Kolorimetrik reaksiya esa, bu reaksiya natijasida rangsiz maxsulotning rang xosil qilishidir. Bu usulga yana yorug’lik filtrlari yordamida, yorug’lik spektrlarini ayrim qismlarini ajratib, har qanday rangli moddalarning yorug’likni yutish qobiliyatini aniqlovchi uskunalarni qo’llash ham kiritilgan. Keyingi yillarda bir qator maxsus filtrlar, xususan, ulrabinafsha va infraqizil spektrlar uchun interferension filtrli sodda fotometrlar ishlab chiqilgan. Ular fotometrlar yoki absorbiometrlar deyiladi. Yorug’lik oqimini o’lchash usuliga ko’ra vuzual va fotoelektrik turlari mavjud. Kolorimetriyaning maqsadi eritmalarning konsentrasiyasini aniqlash va ayrim hollarda ko’p komponentli sistemalarni taxlil qilishdir. Lekin, bu usulning qo’llanish chegarasi spektroskopiyaga nisbatan ancha chegaralangan.
Kolorimetriyaning vizual usullari standart eritmalar va taxlil qilinayotgan moddalarning ranglarini solishtirishga asoslangan. Bulardan eng soddasi standart shkala usuli bo’lib, shkalalar ma’lum konsentrasiyali eritmalardan xosil qilingan. Taxlil qilinayotgan moda rangi qaysi shkala rangiga mos kelsa, uning konsentrasiyasi modda konsentrasiyasi, deb qabul qilinadi. Bunda juda to’q rangda bo’lmagan eritmalar, bir xil probirkalarda va bir xil yoritish sharoitida solishtiriladi.
Eritmalar konsentrasiyasini aniqlashning mukammalroq usuli konsentrasion kolorimentrlarni qo’llashdir. Bu usulning mohiyati shundaki, rangli eritmalarning yorug’likni yutish qobiliyatini ular yutish qalinligini o’zgartirish yo’li bilan tenglashtirishdan iborat.
Yutilish qonuniga amal qilgan xolda, standart eritmaning konsentrasiyasini bilgan holda (Sst) eritmalar qatlami qalinligini o’lchab, taxlil qilinayotgan eritma konsentrasiyasi (Sx) quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bunda, dst va dx – standart va taxlil qilinayotgan eritmalar qatlamining qalinligi.
Kolorimetrlar ichida o’lchash uchun qulayi har xil filtrlar to’plami bo’lgan kolorimetrlardir.
Masalan, kolorimetr KOL-1M, fotometrlar FM-56, FM-57, FM-58.
Bularda standart va taxlil qilinayotgan modda orqali o’tayotgan yorug’lik oqimlari, o’lchash diafragmalari yordamida, tenglashtiriladi. Diafragmalar shkalalarida optik zichlik va o’tkazuvchanlik birliklari keltirilgan. Okulyar ikkala qismining bir xil yoritilish sharti bajarilgan holda quyidagicha nisbat o’rinli bo’ladi:

Bunda, Dx – taxlil qilinayotgan eritmaning optik zichligi.
Dsm va Ssm – standart eritmaning optik zichligi va konsentrasiyasi.
Vizual kolorimetrning ishlash prinsipi qisqacha shundan iborat: yorug’lik nuri ikki oqim qilib, taxlil qilinayotgan modda va standart eritmali ikki stakan orqali o’tkaziladi. Ikkita ko’rish yuzasida o’ngida chap stakan, chapida o’ng stakan rangi kuzatiladi. Maxsus moslama yordamida ranglar tenglashtiriladi. Stakanlardagi suyuqlik qatlami qalinligi 5mm dan 30mm gacha bo’lishi mumkin.
Fotoelektrik kolorimetrlarda yorug’lik oqimi fotoelementlar yordamida aniqlanadi va o’lchanadi. Ko’proq ular differensial sxemada ishlatiladi. Eng keng tarqalgan fotokolorimetrlar FEK-M, FEK-N-54, FEK-56.
Fotoelektrokolorimetrning ishlash prinsipidagi asosiy farq shukdaki, ikkita oqimga yo’naltirilgan yorug’lik nuri fotoelementga yo’naltirilib, ular differensial sxema bo’yicha yoqilgan va oqimlar tengligida o’lchovchi uskuna nolni ko’rsatadi. Taxlil qilingan modda ikkinchi oqim yo’nalishiga qo’yilib, yorug’lik yutilishi hisobiga nol xolat buziladi va u yana diafragmani o’zgartirish yo’li bilan tenglashtiriladi. Diagfragmaning o’zgarishi optik zichlik (D)ning o’zgarishiga moslashtirilgan.
Lipidlar tadqiqotida kolorimetriya erkin va bog’langan gossipolni aniqlashda, moylar tarkibidagi fosfatitllarni, antioksidlovchi moddalarni aniqlashda, margarin tarkibidagi vitamin A ni, gidrogenizasiya qilingan yog’da nikel miqdorini aniqlash kabi taxlil jarayonlarida qo’llaniladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin