Ta’lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar. Ilmiy
pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi kо‘rsatiladi:
umumiy nazariy bosqich;
о‘quv bosqichi;
о‘quv materialini о‘zlashtirish bosqichi,ya’ni, ta’lim
mazmunining о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kabi meyoriy hujjatlarda о‘z ifodasini topishi.
О‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limi mazmuni davlat ta’lim
standarti, о‘quv rejalari mazmunida namoyon bо‘ladi.
О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va
maktab о‘quv rejasi.
Umumiy о‘rta hamda о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch о‘quv rejasidavlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
О‘quv rejasi–meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi
sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
о‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari
tartibi;
о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash;
har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da
fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar
hamda shu kabilarning davomiyligi.
О‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir о‘quv muassasi
xususiyatlarini aks ettiruvchi, о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.
О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va
malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish darajasini yorituvchi meyoriy hujjat.
Dasturda о‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf,
kurs bо‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda kо‘rsatilgan bilim, malaka va kо‘nikmalarni о‘quvchilar tomonidan tо‘la о‘zlashtirilishi о‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflikbо‘lishi mumkin.
Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat
ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:
ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati;
fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar;
о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati; - tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy о‘quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi о‘quv dasturlariishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bо‘lishi kerak va ular mavjud bо‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
О‘quv fani ta’lim muassasalarida о‘quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bо‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, kо‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
О‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy
belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. О‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji о‘quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida
loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quvqо‘llanmalari kiradi.
О‘quv adabiyotlari orasida darslik alohida о‘rin tutadi. Darslik muayyan о‘quv fani bо‘yicha ta’lim maqsadi, о‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bо‘lib, u mazmuni va tuzilishiga kо‘ra fan bо‘yicha yaratilgan о‘quv dasturiga mos keladi. Namunaviy о‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda Respublika Xalq ta’limi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etiladi. G‘oyaviy va metodik jihatdan mukammal bо‘lgan darslik ta’lim mazmuniga qо‘yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, о‘quvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, kо‘rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga ega bо‘lishi kerak.
Darslik bir vaqtning о‘zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy tuzilmaga ega bо‘lishi kerak. Darslik barqarorligiga kо‘ra mustahkam asosga ega, mobilligiga kо‘ra ega asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga qо‘yiladigan talablar turlituman va qarama-qarshi bо‘lib, mukammal darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli о‘qituvchilar va о‘quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatiga egalar.
Darslik о‘quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol
ishtirok etishlari, о‘quv materialini tо‘la о‘zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish yо‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
motivatsion vazifa-bu vazifa о‘quvchilarni ushbu fanni
о‘rganishga yо‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
axborot vazifasi о‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi-ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, о‘quvchilarda о‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bо‘lgan kо‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun о‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, kо‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
rivojlantiruvchi –tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining о‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir kо‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
о‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bо‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib kо‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va kо‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida kо‘zga tashlanadi.
Ta’lim mazmuni о‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil о‘quv qо‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bо‘yicha masalalar tо‘plamlari, georafiya, biologiya bо‘yicha atlaslar, til bо‘yicha mashqlar tо‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. О‘quv qо‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bо‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).