Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Бўлажак келинлар учун кичик тавсиянома



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə24/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Бўлажак келинлар учун кичик тавсиянома
1. Қаноатли, шукрли, хушфеъл ва одобли бўл! Турмуш ўртоғингнинг ҳар бир яхши амали учун миннатдор бўлишни ўрган!
2. Турмуш ўртоғингга итоатли бўл ва уни диққат билан тинглашни ўрган!
3. Уйингнинг ниҳоятда озода, тартибли бўлишига эриш!
4. ...
5.
6.
7.
8.
9.
10.




OILANING HUQUQIY ASOSLARI. OTA-ONALAR VA FARZANDLARNING HUQUQ HAMDA BURCh (MAJBURIYaT)LARI


Reja:
1. Oilaning ijtimoiy va huquqiy asoslari.
2. Ota-onalarning huquq va burch (majburiyat)lari.
3. Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari.


Tayanch tushunchalar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Oila Kodeksi”, oila, oilaning huquqiy asoslari, ota-onalarning huquqlari, ota-onalarning burch (majburiyat)lari, farzandlarning huquqlari, farzandlarning burch (majburiyat)lari.
Oilaning ijtimoiy va huquqiy asoslari. Oila o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy maqom hamda huquqiy asosga ega bo’ladi. Ijtimoiy maqom oilaning jamiyatdagi moslashuvchanlik darajasini belgilaydi. Oila hamda oilaviy munosabatlar masalalari bo’yicha olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi asosiy jihatlar belgilab olingan. Ular xususida quyida batafsil so’z yuritiladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning alohida turi bo’lgan oila munosabatlarining har tomonlama tartibga solishda yangi sifat darajasiga erishish imkonini berdi. O’zbek xalqiga xos milliy qadriyatlar va an’analar zamonaviy tajribalar bilan uyg’unlashtirilgan holda oila qonunchiligi, oilaviy munosabatlarining yangi xuquqiy asoslari shakllantirildi.
Qariyib chorak asr davomida O’zbekistonda oila, uning mustahkamligini ta’minlash masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buning isbotini muayyan yillar, 1998 yilning “Oila yili”, 2012 yilning “Mustahkam oila yili” deb nomlanishida ko’rish mumkin. Asosiy maqsad yillarni shunday nomlash emas, balki qayd etilgan davrda butun yil davomida oila mustahkamligini, farovonligini ta’minlash, oilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivoji uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu borada har bir yil bilan bog’liq holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlari ishlab chiqilib, turkum vazifalar belgilandi, ushbu vazifalarni amalga oshirishning puxta asoslangan mexanizmlari ishlab chiqildi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan ijtimoiy islohotlar doirasida oilalarni ijtimoiy muhofazalash masalasiga katta e’tibor qaratildi. Mazkur e’tiborning yorqin ko’rinishi sifatida Respublika Prezidentining “Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish to’g’risida”gi (1994 yil 16 iyun) Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Ko’p bolali oilalarga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi (1996 yil 10 dekabr) Farmoyishi hamda “Voyaga etmagan bolali oilalarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomlarini qayd etib o’tish mumkin.
“Voyaga etmagan bolali oilalarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida muayyan toifadagi oilalarning ijtimoiy nafaqa olish huquqiga egaligi ko’rsatilgan. Bu kabi oilalar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • ногирон болали оилалар;

  • ота-онасидан ажралган болаларнинг тарбияси билан шуғулланувчи қариндошларнинг оилалари;

  • ота-онадан бири ёки иккаласи ҳам ногирон бўлган оилалар;

  • ота-онадан бири ёки иккаласи ҳам ишсиз бўлган оилалар

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatning eng muhim, ajralmas qismi bo’lgan oila institutining xuquqiy maqomini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatning 14-bobi bevosita “Oila” deb nomlangan bo’lib, uning tarkibiga kiritilgan moddalarda oila, uning ijtimoiy maqomi, ota-onalar va farzandlarning haq-huquqlari ko’rsatib berilgan. Xususan44:








Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin