Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə25/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Mazmuni

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari

1.

Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng xuquqliligiga asoslangan holda tuziladi

63-modda

2.

Huquqiy nuqtai nazardan ota-onalar o’z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdir

64-modda

3.

Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar

65-modda

4.

Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar esa o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar

66-modda

Nikoh, oilaviy munosabatlar va oilada farzandlar tarbiyasini tashkil etish masalalari O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida keng va batafsil yoritilgan.



Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси 1998 йилнинг 30-апрелида қабул қилинган бўлиб, у 8 та бўлим, 30 та боб ҳамда 238 та моддадан иборат.


Oila kodeksi davlat tomonidan izga solinishi talab qilinadigan munosabatlarni tartibga solib turadi, qolaversa, nikohdan o’tish tartibi va shartlarini belgilaydi; oilada er-xotin o’rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasida paydo bo’ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; boshqalarning bolalarini o’ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, bolalarni o’z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; nikohni bekor qilish tartibi va shartlarini belgilaydi; fuqarolik holati to’g’risidagi hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibini belgilaydi45.


Ma’lumki, har qanday me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, respublika qonun (yoki kodeks)lari ham muayyan vazifani hal etishga xizmat qiladi. Ana shu nuqtai nazardan O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ullikni his etishi, biror-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashshishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirish hamda bu huquqlarni himoya qilish kabi vazifalarni ijobiy hal etishga xizmat qiladi46.
Oila kodeksining ustuvor qoidalari quyidagilar sanaladi:

- bir nikohlilik;


- nikohga kirishishning erkin va ixtiyoriyligi;
- nikohni bekor qilishda erkinlikka ega bo’lish, er
yoki xotinning bu masalaga mustaqil yondasha olishlari;
- barcha oilaviy masalalarni hal qilishda er-xotinning teng huquqqa egaligi;
- millati, irqi, dinga munosabatidan qat’iy nazar er-xotin
hamda oiladagi boshqa a’zolarning teng huquqqa egaliklari;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish, rag’batlantirish;
- davlat, jamiyatning balog’atga etmagan bolalarni tarbiyalash
to’g’risida g’amxo’rlik qilishi va ularning manfaatlarini himoyalashi;

  • oilaviy munosabatlar jarayonida oila a’zolarining bir-birlarini

ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashlari,
bir-birlari to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari.
O’zbekiston Respublikasida qonunchilik asoslari nikohdan o’tishning
majburiy shartlari va tartibiga rioya etilishini talab qiladi. Nikohdan o’tishning majburiy shartlari47 quyidagilardan iboratdir:



  1. nikohga kirishayotganlarning o’zaro roziligi;

  2. tomonlarning nikoh yoshiga etgan-etmaganligi;

  3. tomonlardan biri nikohda turgan bo’lsa, shuningdek, nasl-nasabi

shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tutashgan yoki
o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shu bilan birga
farzandlikka olinganlar o’rtasida nikohning tuzilishi mumkin emas;

  1. nikohlanuvchi shaxslarning loqal bittasi ruhiy kasal yoki

aqli zaif bo’lsa va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz
deb topilgan bo’lsa, nikoh tuzish mumkin emas.
Nikoh yoshi O’zbekistonda ayollar uchun 17 yosh, erkaklar uchun 18 yosh deb belgilangan; uzrli sabablar (erkak harbiy xizmatga chaqirilayotgan, harbiy xizmatni o’tayotgan bo’lajak yigit nikohdan o’tish uchun qisqa muddatga yashash joyiga kelgan yoki u yana harbiy xizmatga qaytib ketayotgan, ayol homilador bo’lsa yoki bola tug’sa, shoshilinch ravishda uzoq muddatli xizmat safariga jo’nab ketishga to’g’ri kelsa va b. holatlar) bo’lganida nikoh yoshi bir yilga kamaytirilishi mumkin; bordi-yu, ota yoki onadan biri 16 yoshga to’lmagan, ammo ular o’rtasida farzand bo’lgan taqdirda ham ushbu holat nikohning qayd etilishi uchun asos bo’la olmaydi; yoshlar FHDYo organlariga ariza berilgan vaqtda emas, balki nikoh qayd etiladigan vaqtda nikoh yoshiga etgan bo’lishlari shart; mamlakat qonunchiligi asoslariga ko’ra nikohdan o’tish yoshining oxirgi muddati belgilanmagan; nikohga kirishuvchilarning yoshi o’rtasidagi farq ham ahamiyatli deb topilmagan.
Yuqorida qayd etilgan shartlarga asoslanish bilan birga nikohning qayd qilinishi muayyan tartibga asoslanadi. Ushbu tartib quyidagichadir:




Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin