Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada aqliy tarbiyani tashkil etish



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Oilada aqliy tarbiyani tashkil etish. 
Oilaning tarbiyaviy vazifalari sirasida 
ota-onalarning farzandlar o’rtasida aqliy tarbiyani tashkil etishi ham muhim 
ahamiyatga ega. Ota-onalar oila muhitida aqliy tarbiyani samarali tashkil etishga 
e’tibor qaratar ekan, asosiy maqsad bolalarni “ilm-fan, texnika va texnologiya 
sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan xabardor qilish, 
ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarni berish orqali ularda tafakkur
dunyoqarashni rivojlantirish”
76
dan iborat ekanligini nazarda tutishlari lozim. 
Shuningdek, oila muhitida tashkil etiladigan aqliy tarbiya jarayonida ota-onalar 
quyidagi vazifalarni samarali hal etishga erisha olishlari muhimdir:
1. Turli ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda jurnallar yordamida, 
shuningdek, Internet axborot tarmog’i vositasida bolalarni ilmiy ma’lumotlar bilan 
tanishtirib borish.
2. Bolalarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalariga oid qiziqarli 
ma’lumotlar bilan tanishtirish orqali ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga 
nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
3. Oila sharoitida uy-ro’zg’or ishlarini bajarish, ayniqsa, elektr asboblari bilan 
ishlash, turli jihozlarni tayyorlash, texnika (Masalan: mashina, mototsikl
veloseped, moped, telefon, mobil telefon va b.q.) hamda mashiy texnika buyumlari 
(muzlatkich, mikro to’lqinli pech, gaz, televizor, radio, magnitafon, sovutkich va 
h.k.), uy-ro’zg’or jihozlari (shkaf, shifoner, javon, stol, stul, krovat, divan, kreslo 
va b.q.)ni ta’mirlashda bolalar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ilmiy bilimlarni 
amalda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
4. Ilm-fan va texnika sohalarida yuksak natijalarga erishgan yoki texnika, 
maishiy texnika hamda uy-ro’zg’or jihozlarini yasash, ta’mirlash bo’yicha alohida 
mahoratga ega shaxslar faoliyati namunasida bolalarda o’zlarining ilmiy 
bilimlarini doimiy ravishda boyitib borish istagini yuzaga keltirish.
5. Oila muhitida bolalarda ilmiy bilimlarni samarali, puxta o’zlashtirishga 
yordam beradigan “psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy 
xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik
mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud 
ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va 
h.k.)ni rivojlantirish”
77
ga erishish.
74

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin