Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada ekologik va huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə75/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

Oilada ekologik va huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish. Oilada, shuningdek,
ekologik tarbiyani tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar bolalarni
yoshlikdan tabiat bilan ijobiy munosabatda bo’lishga o’rgatib borishlari, ularda
“inson tabiatning bir qismi, shu sababli tabiatga etkazilgan har qanday zarar uning
o’ziga falokat olib keladi” degan tushunchani singdirib borishlari kerak. Oilada
tashkil etilayotgan ekologik tarbiya bolalarda atrof-muhitga, xususan, tabiatga
nisbatan ijobiy, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bilan birga ularda estetik
didning o’sishini ham ta’minlaydi. Binobarin, tabiatning o’zi eng go’zal, eng
mukammal asaridir. Bolalar tabiat go’zalliklaridan bahra olar ekanlar, o’zlarini
uning bir bo’lagi, shu sababli uni asrab-avaylashga mas’ul ekanliklarini chuqur
anglab etadilar. Shuningdek, “oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini
supirib-sidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko’chatlarni o’tkazish va ularni parvarish
qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda
bo’lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas’ullik tuyg’usini
shakllantiradi”
84
.
O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan mavjud
sharoitda yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatga ega bo’lishlari alohida
ahamiyatga ega. Shu sababli ta’lim muassasalari bilan bir qatorda oila ham
yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatga ega bo’lishlarini ta’minlash uchun
mas’uldir. Oilada bolalarni farzand, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisi hamda
iste’molchi sifatidagi huquq va burchlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadga
muvofiqdir. Chunki shaxsning aynan shu kabi ijtimoiy maqomlari ijtimoiy
munosabatlar jarayonida ular tomonidan burchlarining bajarilishi, huquqlaridan
83
Тарбия / ота-оналар ва мураббийлар учун энциклопедия. Тузувчи: М.Н.Аминов. Масъул муҳар.
А.Мажидов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010. – 141-бет.
84
Тохтаходжаева М.Х. ва бошқалар. Педагогика назарияси / Олий таълим муассасалари учун дарслик. –
Тошкент: “Moliya-iqtisod”, 2010. – 302-бет.

99
o’rinli foydalanish, ayrim hollarda esa huquqlari poymal etilishining oldini olish


imkonini beradi.
Oilada tashkil etiladigan huquqiy tarbiya farzandlarda “intizomlilikni, o’z xatti-
harakatlari uchun javob bera olish qobiliyatini tarbiyalashdan boshlanadi”.
Huquqiy tarbiyaning samaradorligi farzandlarda jamiyatda amal qilayotgan
qonunlarning ahamiyatini to’g’ri tushunish, ularning hayotdagi rolini oqilona
baholash, atrofdagilarning huquqlarini hurmat qilish, o’z huquq va burchlarini
etarli darajada anglash, burchlarni vijdonan ado etish, shaxsiy huquqlarini
himoyalash kabi ko’nikma-malakalarning shakllanganligi bilan belgilanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin