Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org
Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish.Oila muhitida jismoniy
tarbiyani tashkil etish ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar tomonidan
farzandlarda jismoniy madaniyat sifatlarining tarbiyalanishiga e’tibor qaratilishi
ularning komil inson bo’lib shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bolalarning sog’lom bo’lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal
qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari
bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat
berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va
mustahkamlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha
yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi.
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga
tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug’ullanishga
ko’niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik,
intizomga ham o’rgatib boradi.
Ovqatlanishning to’g’ri tashkil etilishi ham bolaning sog’lom bo’lib o’sishining
asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan
soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo’lni yuvish, ovqatdan keyin og’izni
chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash,
haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho’milish, qo’l va oyoq
tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu
holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi”
82
.
Bolalarning jismonan etuk bo’lib voyaga etishlarida ota-onalar, yana
shuningdek, quyidagi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratishlari zarur:
farzandlarning kun tartibiga ega bo’lishlariga hamda irodalarini chiniqtirishga
81
Ўша манба. – 302-бет.
82
Ўша манба. – 301-бет.
98
erishish, asab tizimi mustahkam bo’lishi uchun uyquning me’yorida bo’lishi uchun
sharoit yaratish, ularda doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan muntazam
shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish, bo’sh vaqtni ko’nglilli o’tkazilishini
ta’minlash.
Oila tarbiyasining muhim yo’nalishlaridan yana biri – oilada jinsiy tarbiyani
to’g’ri, samarali tashkil etish sanaladi. “Jinsiy tarbiya – bolalar, o’smirlar va
yoshlarda jinsiy masalalariga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga
qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi”
83
sanaladi. Oilaning jinsiy tarbiyani
tashkil etishdagi roli mohiyatiga ko’ra kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv
vazifasini ifodalaydi. Kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv vazifasi yuzasidan
esa yuqorida batafsil so’z yuritildi. Ayni o’rinda shuni qo’shimcha qilish mumkin,
jinsiy tarbiya yoki oilaning reproduktiv vazifasi shakllarida ifodalanishdan qat’iy
nazar ota-onalar o’g’il va qiz bolalarning jinsiy jihatdan rivojlanishiga xos
xususiyatlar, bosqichlar, shuningdek, tabiiy va g’ayritabiiy (lot. “akseleratsiya” –
tezlashuv, ya’ni, individning ruhiy va fiziologik jihatdan rivojlanishining sun’iy
ravishda tezlashishi) jinsiy etilish mohiyati, oilada jinsiy tarbiyani to’g’ri tashkil
etish yo’llaridan xabardor bo’lishlari zarur.