Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


(Педагогика. Қисқача изоҳли луғат / Ў.Асқарова ва б. – Тошкент: “Navro’z” nashriyoti, 2014. – 30-бет)



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə73/119
tarix19.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#185335
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org

 
(Педагогика. Қисқача изоҳли луғат / Ў.Асқарова ва б. – Тошкент: “Navro’z” nashriyoti, 2014. – 30-бет).
 
75
(Педагогика. Қисқача изоҳли луғат / Ў.Асқарова ва б. – Тошкент: “Navro’z” nashriyoti, 2014. – 30-бет).
76
Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб / Мет.қўлл. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, М.Усмонбоева,
Д.Иноғомова. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2012. – 102-бет. 
77
Ўша манба. – 102-бет.

95
6. Farzandlar o’rtasida musobaqa, o’zaro bellashuv, bahs-munozara shaklida


zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyaga oid bilimlarni o’zlashtirishni
rag’batlantirish orqali ularda ilmiy dunyoqarash shakllanishini ta’minlash.
Aqliy tarbiyani oila sharoitida tashkil etishda “dastlabki va muhim vazifa ota-
ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko’ra bilish asosida tasavvur,
idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi
mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo’nalishlar bo’yicha
bolada qiziqishni uyg’ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu
borada ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va
qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko’rsatilayotgan namuna muhim
tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatidan
tarbiyalab borishda konstruktorlik o’yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish,
kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini
kengaytirishga yordam beruvchi sport o’yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish,
turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr,
muzey va ko’rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya
taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o’zining ijobiy
samarasini beradi”
78
.
Oilada bolalarni mehnatsevarlik va estetik ruhda tarbiyalash. Oila
tarbiyasining muhim yo’nalishlaridan biri – oilada farzandlarni mehnatga o’rgatish,
ularda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalashga erishish sanaladi. Ota-onalar va
oilaning katta yoshli a’zolari tomonidan oila sharoitida tashkil etiladigan mehnat
tarbiyasi mehnatga, mehnat faoliyati natijalariga ijobiy munosabatni shakllantira
olishi lozim. Oilada mehnat tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar quyidagi
vazifalarning ijobiy hal etishga e’tibor qaratishlari kerak:
1) tushuntirish, suhbat orqali bolalarga mehnat, uning ahamiyati va mohiyatini
anglatish;
2) shaxsiy namuna ko’rsatish, shuningdek, atrofdagilarning ibrati asosida
bolalarda mehnat qilishga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish;
3) bolalarda o’qish ham mehnat ekanligi to’g’risidagi tushunchani hosil qilish;
4) turli o’quv qurollari, kichik yoshli bolalar uchun rangli, o’smir va o’spirinlar
uchun esa ularning yoshiga mos ertak, qissa, sarguzasht kitoblarni sovg’a qilish
orqali bolalarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
5) farzandlar bilan birgalikda mehnat qilish, uy xo’jaligini yuritish, uy-ro’zg’or
ishlarini bajarish asosida bolalarda amaliy mehnat ko’nikmalarini shakllantirish;
6) “ustoz-shogird” an’anasiga ko’ra farzandlarning turli hunar sirlaridan voqif
bo’lishiga erishish, shuningdek, qiziqishlari asosida ularni bo’lajak kasbiy
faoliyatga tayyorlash;
7) mehnat va iqtisodiy tarbiyani umumlashtirish asosida bolalarni oila
sharoitida mehnatsevarlik va tejamkorlikka o’rgatish.
78
Педагогика назарияси ва тарихи. Педагогика назарияси. 1-қисм / Олий таълим муассасалари учун дарслик.
М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. М.Х.Тохтаходжаева ва б. – Тошкент: “Iqtisod-moliya”,
2007. – 301-302-бетлар.

96
Mehnat shaxsning jismoniy jihatdan sog’lom, baquvvat, mustahkam xarakter va


qat’iy iroda egasi bo’lishi uchun sharoit yaratish bilan birga unda ma’naviy-
axloqiy, aqliy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Buning mohiyati shundaki, birinchidan,
shaxs o’zi mehnat qilgandagina o’zgalarning mehnatini, ular mehnati hisobidan
yaratilgan ne’matlarni qadrlaydi, ikkinchidan, mehnat qilar ekan, u qanday yo’l
tutsa, vaqt sarfini qisqartish, ish sifatin oshirishga muvaffaq bo’lishni, mahsulot
tayyorlayotganda esa uning shakli, rangini o’zgartirishga yangicha yondashishni,
atrofdagilarga chiroyli ko’rinishda taqdim etish haqida fikrlaydi. Fikrlash jarayoni
esa shaxsning “aqlini charxlaydi”, bolalarni “ishni rejali olib borish, vaqtdan
unumli foydalanish, tejamkor bo’lish”
79
ga o’rgatadi.
Ota-onalar mehnatning bola shaxsini shakllantirishdagi ahamiyatini yuqori
baholash bilan birga oila muhitida ularni mehnatga jalb etishda muayyan shartlarni
ham yodda tutishlari zarur. “Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar
ularning jismoniy va aqliy kamoloti darajasidan ortiq bo’lmasligi, ularning tezda
toliqishlari yoki mayib bo’lishlariga sabab bo’lmasligi lozim. Bolalar zimmasiga
ularning yoshi, rivojlanish darajasi, jismoniy quvvatiga muvofiq yumushlarning
taqsimlab berilishi, berilgan topshiriqlarning bajarilishi va ularning sifatini kattalar
tomonidan nazorat qilib turish, bajarilgan topshiriqlarning haqqoniy bahosiga ega
bo’lgan havasini oshiradi, unda o’z kuchiga bo’lgan ishonchni yuzaga keltiradi”
80
.
Oila muhiti farzandlarni estetik tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarga ega
bo’lishi lozim. Buning uchun ota-onalardan, eng avvalo, uyda tartib o’rnatish,
barcha buyumlarning doimo o’z o’rnida bo’lishiga erishish talab etiladi. Binobarin,
ozodalik, saranjomlik, tartib, go’zallik mavjud bo’lgan joydagina bolaning estetik
didi shakllanadi. Qadim-qadimdan onalar oila sharoitida to’g’rilanmagan
(yig’ishtirilmagan) o’rin, supurilmagan hovli, yuvilmagan idish kabilarga erkak
kishi (er)ning ko’zi tushmasligiga e’tibor qaratishgan va tabiiyki, aynan shu
harakatlar bolalarda go’zallikka nisbatan muhabbatni tarbiyalashga xizmat qilgan.
Shu bilan birga onalarning uyda so’zana, kashta, qiyiq, do’ppilarning tikishlari,
gilam to’qishlari, hovlilarga turli-tuman anvoyi gullarni ekib, ularni parvarish
qilishlari ham bolalar didini o’stirishga yordam bergan. Buning aksi bo’lgan
holatlar (betartiblik, xunuklik) esa ularda didsizlikni shakllantirgan.
E’tibor berilsa, nikoh to’yi oldidan kelinning sepi sifatida kuyovning
xonadoniga olib borilgan ko’rpa-to’shaklarni mehrobga, sandiqlar ustiga taxlash
yumushi har kimga topshirilmagan, balki uni nihoyatda didli, ularni katta-
kichikligi, qalin-yuqaligiga ko’ra muayyan tartibda, nihoyatda chiroyli taxlay
oladigan ayollargina bajarishgan. Xuddi shunday to shu kunga qadar odat bo’lib
kelgan kelin sarpolarini maxsus ajratilgan xonada (osib qo’yilgan holda) namoyish
qilish ham ana shu ishning “ustasi” bo’lgan ayollar zimmasiga yuklatilgan.
Bizning nazarimizda, yangi oila shakllantirilayotgan dastlabki paytlardayoq
muhitning estetik jihatdan ko’rimli bo’lishiga intilish zaminida nafaqat
atrofdagilarga kelin uyining chiroyli tarzda namoyish qilishdan ham ko’ra ko’proq
estetik didi yuqori farzandlarni tarbiyalovchi ota-onaning o’zida uni hosil qilishga
79
Ўша манба. – 303-бет.
80
Ўша манба. – 303-бет.

97
bo’lgan intilish aks etadi. Qolaversa, “axloqiy va estetik qarashlar mazmuni


o’zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to’g’ri va samarali
tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go’zalliklar
(yarim yalang’och yoki yalang’och badan, me’yoridan ortiq qo’llanilgan pardoz,
urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar “mahsuli”, o’ta darajadagi yaltiroq
mato yoki taqinchoqlar) go’zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim.
Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go’zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni,
nozik gullar, beg’ubor osmon, viqorli tog’lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo,
bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, “chuchvara”lar hosil
qilayotgan yomg’ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, xushsurat,
chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta’sirchan badiiy va san’at asarlari, yuksak mahorat
bilan yaratilgan o’yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron
o’yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo’lishi uchun
shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go’zallikni his
etish tuyg’usi tabiat bag’rida, muzey, ko’rgazma, kino va teatrlarda bo’lish tufayli
shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim muassasalari hamda boshlang’ich sinf
o’quvchilari bilan tabiat bag’riga, muzey, ko’rgazma, kino va teatrlarga
uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir”
81
. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin