Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə63/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila maktab ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Bu omil bolani ijtimoiylashuvidan og‘ishganlikka bolalik davridayoq maktabda o‘zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishiga (pedagogik bo‘sh qo‘yish) olib keladi. O‘smirda maktabga ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi mativiga sabab bo‘ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo‘luvchi maktab baholariga befarq bo‘ladigan o‘quv dezadantasiyasiga uchrovchi bo‘ldilar.
- O‘quv dezadantasiya-bolaning maktabga bo‘lgan qiziqishini saqlashida bir yoki ikki fonni o‘zlashtirishida qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
- Maktab dezadantasiya- bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishga qiyinchiliklar bilan bir qatorda, xulqiy buzilishlar holatlari o‘qituvchilar sinflari bilan janjali vaziyatlar ko‘rinishi birinchi o‘ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo‘ladi.
- Ijtimoiy dezadantasiya- bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari turli, asosial jamoalariga kirib ketish, spirtli ichimliklarga giyohvand moddalarga qiziqishining ortishi bilan namayon bo‘ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og‘gan omillari yomon oilalar sabab bo‘ladi.Shunday oilaviy o‘zaro munosabatlar usullar mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning asosiyal xulq-atvorlarining shakllanishiga olib boradi.
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining diogramonik usuli. Bu usul o‘zida bir tomondan, bola istaklariga ko‘ra bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolani inqirozli janjalli vaziyatlarga yoki oila ikki xil axloqiy qarash mavjudligi oila uchun boshqa jamiyat uchun bo‘lgan boshqacha tarbiyaviy holatlar.
2. Barqaror bo‘lmagan janjalli usul. Noto‘liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi,er-xotin ajralish, ota-ona va uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
3. Munosabatlarning asosial usuli. Yomon tashkil etilgan oilalarda,doimiy-spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvor “oilaviy qaxri qattiqlik ”va zo‘ravonlik kabi yuzaga keladi. Qaxri munosabatlar (haqorat ho‘rlash)deb bolaga unga g‘amxo‘rlik qiluvchi, qarmog‘iga olgan odamlar tomonidan zarar yetkazilishining ko‘pgina harakterlariga aytiladi. Bu holatlarga bolaga jismoniy zarar yetkaziluvchi jismoniy emosional (hissiy)jinsiy qiynoqlar bilan azoblash ko‘p takrorlanuvchi noo‘rin jazolar kiradi. Qahrli munosabatlarga bolalar mehribonlik uylarida kasalxona va boshqa muassasalarida duch kelishlari mumkin. Shunday holatlaridagi bolalar xavsizlik hissisni sezmaydilar. Ularning meyoriy rivojlanishida bu hissiyotni ahamyati katta.Bu esa bolaga uni o‘zi haqida men yomonman hech kimga kerakmasman, sevimli kemasman deb o‘ylashlariga sabab bo‘ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog‘lig‘iga zarar ko‘rsatadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanlik havf tug‘diradi.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Ijtimoiy tengsizlikka sabab bo‘ladi. Jamiyatning boy va kambag‘allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag‘allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi; inflyasiya va ijtimoiy tartibsizlikka olib keladi.
5 Axloqiy –ma’naviy omilar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy-axloqiy darajaning pasayishi bo‘lsa, qadriyatli, birinchi navbatda axloqiy xulqning buzilishi, boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor yuzaga kelishiga olib keladi.
O‘smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga asosiy yondashuvlar. Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o‘sish jamiyat oldiga ijtimoiy me’yorlardan og‘ishgan xulqli o‘smirlar va yoshlar bilan olib boriladigan ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo‘ygan. Shu sababli deviant va delikvent xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari profilaktik va reabilitatsion ishlar, fan va amaliyotda keng tarqalgan.
Profilaktika (oldini olish) - o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy og‘ishganlikning turli ko‘rinishlariga asosiy sabab bo‘luvchi sharoitlardan ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytralashag yo‘naltirilgan davlat, jamiyatning – ijtimoiy, tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora tadbirlarning yig‘indisidir o‘smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir necha yondashuvlari mavjud.
Axborotli yondashuv. Bu yondashuv ijtimoiy me’yordan o‘smirdagi xulqiy og‘ishganlik kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari tufayli uni o‘z asosiy yo‘nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu me’yorlarga rioya qilish o‘z xuquq burchlari haqida axborot berishdan iborat. Davlat va jamiyat qo‘ygan talablarni bajarishda bolalarning yosh ko‘rsatkichiga mos qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko‘zda tutadi. Bu ishni amalgam oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye) dan kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan foydalanish mumkin.
Ijtimoiy-profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad-negativ holatlarning sabablari va sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari haqida ma’lumotga ega emaslar. Ular giyohvandlik-shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandliik moddalarini tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O‘smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi psixotron moddalar to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu moddalarni iste’mol qiluvchilar ham javobgarlikka tortiladilar. Bizning jamiyatimizda o‘smirlar o‘rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik profilaktikasi muammosi ham muhim o‘rin tutadi. O‘smirlar ichkilikbozlik va alkogolizmning og‘ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham bilmaydilar.
Tibbiy-biologik yondashuv bu yondashuvning mohiyati ijtimoiy me’yorlardan og‘ishganlikning oldini olishda tibbiy profilaktik xarakterdagi turli psixik nosog‘lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo‘lishi lozim. Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog‘lig‘ida turli nuqsonlar bo‘lsa u o‘z ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu holatda insonga uni o‘zgartirib bo‘lmaydigandek qaraladi. O‘smirlarda bunday psixik nosog‘lomlikni o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir. Chunki ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O‘smir psixiatr mutaxassisliklar ko‘rigidan o‘tkazilib, shunga muvofiq tibbiy davolash choralari ko‘rilishi lozim. Ijtimoiy-pedagogik yondashuv bu yondashuv mohiyati o‘smirning deviantlik xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash va to‘g‘rilashdan iborat. Ayniqsa, uning axloqiy irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart. O‘smirlarda uning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:
Ø o‘z so‘zi va ishini egasi bo‘lish;
Ø o‘smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga bo‘lgan qiziqish va harakatlarini to‘xtatish;
Ø hozirgi davrda eng muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish;
Ø xuquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish.
Erki bo‘lmagan inson flyugerga o‘xshaydi, shamol qaysi tarafga essa, o‘sha tomonga o‘giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o‘zgalarning so‘zlariga quloq solishi, o‘zga axloqiy qarash va baholarga og‘dirish oson. O‘zga axloqiy qarashlarga ergashib, u xuquqbuzarlik va axloqsizlik xulq-atvoriga ega bo‘ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va xuquqlarini berib, uni o‘z-o‘zini boshqara olishga o‘rgatish zarur.

Sanksiyalarni qo‘llash. Bu yondashuv mohiyati xuquqbuzarlik qilgan insonni jinoiy qonunlar asosida jazolash turadi. Biroq, jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bu samara bermaydigan holat bo‘lib, jamiyat tomonidan qattiq sanksiya bo‘lib hisoblanadi, xolos. Shu sababli ijtimoiy og‘ishganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin