Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogik diognostika va korrektsiya


-MAVZU: PEDAGOGIK JIHATDAN QAROVSIZ QOLGAN BOLALAR XULQ-ATVORI, XARAKTER XUSUSIYATLARINI DIAGNOS QILISH VA KORREKSIYALASH



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə65/103
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#211867
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-fayllar.org (2)

14-MAVZU: PEDAGOGIK JIHATDAN QAROVSIZ QOLGAN BOLALAR XULQ-ATVORI, XARAKTER XUSUSIYATLARINI DIAGNOS QILISH VA KORREKSIYALASH


Asosiy savollar:
1. Oilaning ijtimoiy mavqei va unda bolalar tarbiyasi

2. Qarovsiz qolgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish


3. Bolalardagi diagnostik jihatdan o‘rganilgan xusiyatlarni tahlil qilish va korreksion ishlarni olib borish.
Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi; bola jamiyatda qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog‘liqlikni inson o‘zining butun hayoti davomida his etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi, xulqiy qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi. Statistika ko‘rsatishicha xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Domograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar. Sosiologlar asosial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini tahmin qiladilar. Hamma davrlarda ham oila o‘zining bolalarni tarbiyalashda yordam olishga talabni xis etgan. Tarixning ko‘rsatishicha odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik o‘tib ketgan.

Zamonaviy rivojlangan jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmoqda. Shuning uchun jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash haqidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. Hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar, ijtimoiy ishlar xodimlari, ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqat notinch, yomon sharoitdagi oilalar emas, bugungi kunda tinch, yaxshi oilalar ham muhtojlar. Oila haqidagi bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan oila bu nikoh va (yoki) qon-qarindoshlikni asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir birlariga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar.


Ikkinchidan, oila bu ijtimoiy institut bo‘lib unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolalarning boshlang‘ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila va nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 ming yil ilgari) ongli nikoh paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lganidayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va birgalikdagi bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda xayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taaluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Oilaning reproduktiv vazifasi (productio lotincha so‘z-qayta ishlab chiqarish, ko‘payish). Oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan reproduktiv(jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Reproduktiv vazifani inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. Hozirgi kunda 2-3 ta odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday odamlarning aytishlaricha, bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydilar: ta’lim olishda, ishda, malakasini oshirishda, o‘zining qobiliyatini amalga oshirishda. Afsuski, bolaga ega bo‘lmaslik faqat mavjud bo‘lmay, ba’zilari farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lganlarda, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib bormoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari o‘sib borishi sababli bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormoqda, aholining sog‘lig‘i sifati va mamlakatda sog‘liqni saqlash rivojlanishi darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirish, yomon ovqatlanish, kasalligi va boshqa turli xil sababli yoshi katta oilaning 10-15% sog‘liq holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas. Iqtisodiy va xo‘jalik turmush vazifalari qadimdan oila har doim jamiyatning boshlang‘ich xo‘jalik tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalari taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Qadimdan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko‘plari(ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi. Iqtisodiy vazifasi oila a’zolari uchun boylik to‘plash bilan bog‘liq bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin, avlodlarga oldiriladigan buyumlar, to‘yga, voyaga yetish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyini xususiylshtirish, meros qilib qoldirish va shu kabilar masalalaridagi iqtisodiy vazifasi yanada faollashib bormoqda. Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi. Oila - jamiyatning birlamchi buguni sifatida ko‘p asrlik an’analar, urf-odatlarga tayanib yashaydi. Oila xalqning tayanchi, ma’naviy va axloqiy meros makonidir.Oila tajribasini an’ana, urf-odatlar, marosimlar zamirida ijtimoiy xayot tushunchasi va qoidalarini avloddan-avlodga o‘tkazib keladi. Milliy istiqlol g‘oyasining kurtaklari, eng avvalo, oilada unib-o‘sadi. Bu jarayonga ota-onalar va bolalarning xamkorligi, qarindoshlarning o‘zaro yordami, kattalarga izzat - ikrom ko‘rsatish, bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy mehr-oqibat rishtalari ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi sog‘lom muxit – yuksak ma’naviy - axloqiy xislatlarni shakllantirish kafolatidir. Oila, maktab va voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasining ijtimoiy - pedagogik imkoniyatlari, ularning qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarni tarbiyalash yuzasidan birgalikda olib borgan ishlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida xuquqbuzarlikning oldini olishni ta’minlaydi. Oila bola shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy mikromuhitdir va ijtimoiy ta’sir ko‘rsati omillaridan biridir. U bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta sekin jamiyatga kirib borishidan iboratdir. Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, uning ma’naviy axloqiy qoidalariga, xalq an’analariga bolani o‘rgatish ota-onalarining majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi. Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalarning qilganlarini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladilar. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof-dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qolgandi. To‘g‘ri, ba’zan oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muhiti, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir ko‘rsatadi. Rekreativ va psixoterepevtik vazifasi. Rekreativ funksiyasi-o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam olishini tashkil etishdir. Buning mazmuni oilada inson o‘zini to‘la himoyalangan deb his etadiki, to‘la qabul qilingan uning mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan, moddiy ahvolidan qat’iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iborat. "Mening uyim-mening qasrim" iborasi sog‘lom, tinch oila-dunyodagi hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarni to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi. Xotini o‘z uyida o‘zining xokimining hamma kamsitishlar va tahqirlikga indamay chidab kelgan an’anaviy model endi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoiti yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo‘lganda kuchlari ancha yaxshi tiklanadi. Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari. Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri - bu oilaning jamiyatda moslashishidir (adapto-moslashish) ya’ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jarayonining asosiy xarakteristikasi bo‘lib, ijtimoiy maqomi ishtirok etadi, ya’ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy maqomini aniqlash uchun uning bir qator tuzilishi funksional xarakteristikalarini hamda oila a’zolarining individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari.Bularga ijtimoiy - demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi, hamda bolaning harakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari; u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitish muvoffaqiyatlari; o‘zini tutishidagi chetlashishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik buzilishlar mavjudligi. Oila a’zolarining individual xususiyatlari, uning tuzilishi va funksional ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikalarini tashkil etadi-oila statusi (lotinchadan status-holati va vaziyati). Oilaning ijtimoiy moslashishi birligi tashkil etuvchisi-oilaning moddiy ahvoli. Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari , buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa, (tirikchilik minimumi va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim, turar joyi uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi. Bunda oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy-iqtisodiy statusi (maqomi) past hisoblanadi. Agar oilaning moddiy ta’minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni agarda ongli hayot kechirish uchun asosiy tartiblarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarni qondirishga yetmasa unda bunday oila kam ta’minlangan hisoblanadi. Daromadi darajasi va yashash yuqori bo‘lib, (ijtimoiy normadan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina yashash asosiy talablarini qondirib qolmay yana turli xil xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi. Yuqori ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisi uning psixologik muxiti-oila-a’zolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir -biriga munosabati, boshqa odamlarga ishga, atrofdagi xodimlarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror, mustahkam emotsional kayfiyatdir. Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: emotsional erkinligi darajasi, xavotirlanish darajasi, bir-birini tushunish, hurmat qilish.
Xozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushunchadan keng qo‘llaniladi. Yetim (hech kimi yo‘qlik) va ijtimoiy yetim (ijtimoiy hech kimi yo‘qlik). Yetim bolalar -bu 18 yoshgacha bo‘lgan ota-onalari yoki birontasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy yetim-bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sababga ko‘ra bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar. Bunday hollarda bu bolalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasini jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilar kiradilar:
Ota-onalari vafot etgan;
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
Ota-onalik huquqlari chegaralangan;
Noma’lum, daraksiz yo‘q hisoblangan;
Ishga (mehnatga )yaroqsiz (nosog‘lom, ish qobiliyati cheklangan);
Jazoni ijro etish koloniyalarida jazo olayotgan;
Jinoyat qilganlikda ayblanish va qamoqqa olingan;
Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortgan;
Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash ijtimoiy tashkilotlaridan bolani olib ketishdan bosh tortganlar;
Vasiylik va qaramog‘iga olish-yetim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni boqish, tarbiyalash, ta’lim berish va ularning xuquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun joylashtirish shaklidir.
Vasiylik 14 yoshga yetmagan bolalar ustidan o‘rnatiladi, qaramog‘iga olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Etimolik-jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolaridan biridir. Ota-onasini yo‘qotgan bola-bu alohida, juda ham fojiali dunyodir, ota va onalik bo‘lish ehtiyoji bolaning eng kuchli talablaridan biridir.
Ijtimoiy yetimlik bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun xosdir. Masalan: Amerikalik tadqiqodchilar butun dunyo bo‘yicha kasalxonalar, tug‘ruqxonalar, ijtimoiy muassasalar tashlab ketilgan chaqaloqlar bilan to‘lib ketganligini aytadilar. Ularni turlicha "Voz kechilgan bolalar", "Davlat bolalari", "Tashlab ketish uchun tug‘ilganlar" ham deb ataydilar.
BMT xalqaro ekspertlarining ma’lumotlari bo‘yicha g‘arbiy va sharqiy Yevropa mamlakatlarida tashlab ketilgan bolalar soni keskin oshgani ko‘rsatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bunday bolalar soni ortib bormoqda.
Bolalarga muhabbat ularga e’tiborli bo‘lish O‘zbekiston xalqiga qadimdan odatiy bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bu xususida shunday deydi:
"Insonparvarlik-bu o‘zbek xalqining milliy ruhi, ajralmas belgisidir. Bag‘ritoshlik va zulm unga yotdir... Bugungi kunda kam o‘zbek oilasi-ezgulik va hayoli bolalarga muhabbat, kattalarni hurmat qilish, yaqinlariga nisbatan va birovlarning dardiga g‘am-tashvishiga g‘amxo‘r, mehribonlik timsolidir" Bolalik hozirgi zamon sharoitida bolalarni himoya qilish. Bolalik hozirgi zamon sharoitida bolalarni ximoya qilish. Bolalik. Yetimlik.. Jamiyat yetimligi. Qochoq bolalar. Ota-ona zulmidan azob chekuvchi bolalar, nogiron bolalar. Bolalikni qanday ko‘rib chiqishi kerak? Birinchidan, alohida bolaning rivojlanish jarayoni, uning jamiyatdagi o‘rni, aniqrog‘i jamiyatning bolalar haqidagi g‘amxo‘rligi. Bolalik… Bolalik, katta odamning hayotidan bu rivojlanish jarayoni, bolalikda nima qo‘yilgan bo‘lsa, katta odamning oyoqqa turishida shu asos bo‘ladi. Bolaning o‘sishi asoslari shu bilan xarakterlanadi-ki , har bir etapda boshqa fizik yetishish bo‘lib o‘tadi, aniq bilish, sezish, rivojlanish, jamiyat hayotining tajribasi. O‘sish bilan birgalikda bolaning jamiyatdagi o‘rni aniqlanib boradi, qaysiki avvaliga oiladan belgilanadi. Shuning uchun oilaning jamiyat oldidagi javobgarligi katta. Bolalar o‘limini oshishi tug‘ilishning qisqarishi, nogiron bolalarning o‘sishi buning hammasi-hozirgi zamon ekonomikasining va mamlakatdagi siyosiy krizisning yakunidir. Aholining hayot tarzining pasayishi bolalarning ma’naviy, fizik, ruhiy sog‘lig‘ida aytiladi. Bolalar va o‘smirlar mamlakat aholi orasida himoyasiz qolishdi. Aniq davlat bolalarni va o‘smirlarni himoya qilish usullarining yo‘qligi ularning xulqida, faoliyatida, muomalasida, jamiyat hulqiga qarshi olib keladi, har xil yo‘llar bilan pul topish....
Ilmning krizisga uchrashi, moliyaviy yetishmovchilik pedagog kadrlarning yetishmovchiligiga kelib taqaladi, maktabning jamiyat taraqqiyotidan uzilishi. Bu o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitishi va tarbiyasida ko‘rinadi. Eng avvalo hozirgi zamon sharoitida bolalarni himoya qilish tajribasini ko‘rib chiqishdan oldin "bolalik" tushunchasida to‘xtalmoqchiman. "Bolalik" tushunchasi ko‘rib chiqishini talab etadi. Buning uchun " maktabga olti yoshdan " kitobiga murojat qilish kerak. Ajoyib zamonaviy pedagog Sxaivi Aleksandrovichning kitobiga uning nomi hammaga tanish, har bir o‘qituvchiga tashish, uning tajribasi, uning o‘qitish va tarbiyalash usuli, o‘rganish va andoza olim predmeti bo‘ldi.
Bolalikning asosining analizi tarbiyada qarama qarshilik jamiyat pedagogika zarur. Maktabga - olti yoshdan (parcha) "Bolalik-nima?" Bolalik tushunchasi -davriy va ruhiy holatda o‘zining aniqligini topmaydi. G‘alati, uning mazmunining aniq tasavvursiz bolalar, o‘sishi, pedagogik ruqnaning asosiy o‘rnini aniqlash mumkin emas, yana bolaning harakatini ham. Bolalik insonning birlashishiga hayotdagi aniq davri, lekin bu davr keyingilardan nima bilan farq qiladi. Bolalik tushunchasi kichkina odamning to‘liq hayoti bilan bog‘liq, agar bola hech narsa haqida o‘ylamasa, o‘zining talablarini qondirish boshqa, agar boshqa hech narsa xoxlamasa , o‘yindan boshqa, qoniqish va o‘yin kulgidek demak u bolalik davrida! Bolalik, o‘smasisiz fikr qilish kerak emas, albatta bola kattalarning g‘amxo‘rligiga va himoyasiga muxtoj. Bu uning bilan bir paytda bizning bolalarga g‘amxo‘rligimiz aniqlash zarur, kishilardan uni himoya qilish va saqlash zarur.
Xalqaro miqiyosda axborot va tajriba almashuvi bilan bog‘liq tadbirlar kunlari oshmoqda. O‘quvchi va mutaxassislarni dunyodagi yetakchi ilm - fan va ta’lim muassalarida o‘qitish imkoniyatlari yaratilmoqda. Qobiliyatli bolalar, iste’dodli yoshlarni xorijiy davlatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi "Umid", "Ustoz" kabi jamg‘armalarning tashkil etilishi buning kafolatidir. O‘quvchilarning tug‘ma qobiliyatlari va iste’dodini xar tomanlama rivojlantirish, milliy va umumbashariy axamiyatga molik dunyoviy, ma’naviy boyliklardan baxramand etish, shaxs, jamiyat va atrof - muxit munosabatlarida uyg‘unlikka erishish, "Ustoz - shogird"likning tarixiy an’analari asosida samimiy munosabatlarini o‘rnatish - ta’limni insonparvarlashtirishning negizini tashkil etadi. Ta’limni insonparvarlashrirish jarayoni o‘qituvchilarning intellektual - axloqiy imkoniyatlarni ochishning uslub va mexanizmlarini beradi, unga tushangan xolda munosabatda bo‘lishga va uni amalga oshirishga o‘rgatadi. Insonparvarlashtirish ta’lim bilan ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarini bartaraf etadi. Bo‘lajak mutaxassislarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida kamolga yetkazadi. Bizning eng katta yutug‘imiz o‘z boyligimizga o‘zimiz ega bo‘lganimizdadir. Binobarin, ularda minnatdorchilik, g‘urur va ishonch tuyg‘ularini tarbiyalashimiz kerak. Ma’naviy, axloqiy mukammallik, vijdonlilik, or - nomuslik, yaqinlarga g‘amxo‘r bo‘ling va boshqa insoniy tuyg‘ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, ularning asosida tarbiya yotadi. Milliy dasturning amalga oshirilishi jarayonida xalqning milliy madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari, umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yoshlarni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik prinsiplari ishlab chiqiladi. Ularning asosida yotgan ta’limiy - tarbiyaviy g‘oyalarga ko‘ra shaxsni tarbiyalash va xar tomonlama kamol toptirish ustuvor kasb etadi. Bunday ustuvorlik qobiliyatli bolalarni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi. Qobiliyatli bolalarni o‘qitshning zamonaviy psixologik va pedagogik tashkiliy sharoitlari vujudga keladi, ta’lim metodologiyasi ishlab chiqiladi. Iqtidorli bolalar ta’lim - tarbiyaning monitoringi shakllanadi. Ilmiy - texnik innovatsiya markazi kabi maxsus ta’lim muassasalari tashkil etadi. Bu yerda o‘quvchi yoshlar o‘z qobiliyati, iste’dodini rivojlantiradi, ilmiy - texnika soxasidagi saloxiyatini kengaytiradilar. Xalqaro miqiyosda axborot va tajriba almashuvi bilan bog‘liq tadbirlar kunlari oshmoqda. O‘quvchi va mutaxassislarni dunyodagi yetakchi ilm - fan va ta’lim muassalarida o‘qitish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Qobiliyatli bolalar, iste’dodli yoshlarni xorijiy davlatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiluvchi "Umid", "Ustoz" kabi jamg‘armalarning tashkil etilishi buning kafolatidir. O‘quvchilarning tug‘ma qobiliyatlari va iste’dodini xar tomanlama rivojlantirish, miliy va umumbashariy axamiyatga molik dunyoviy, ma’naviy boyliklardan baxramand etish, shaxs, jamiyat va atrof - muxit munosabatlarida uyg‘unlikka erishish, "Ustoz - shogird"likning tarixiy an’analari asosida samimiy munosabatlarini o‘rnatish - ta’limni insonparvarlashtirishning negizini tashkil etadi. Ta’limni insonparvarlashrirish jarayoni o‘qituvchilarning intellektual - axloqiy imkoniyatlarni ochishning uslub va mexanizmlarini beradi, unga tushungan xolda munosabatda bo‘lishga va uni amalga oshirishga o‘rgatadi. Insonparvarlashtirish ta’lim bilan ijtimoiy munosabatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarini bartaraf etadi. Bo‘lajak mutaxassislarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida kamolga yetkazadi.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin