Guliston davlat universiteti


YOllanish bilan bog‘liq jinoyat



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə111/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

YOllanish bilan bog‘liq jinoyat BMTning qator rezolyusiya va qarorlarida xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Birinchi navbatda BMT Xavfsizlik Kengashining 1961-yil 24-noyabrdagi rezolyusiyasida BMT qo‘mondonligi ostida bo‘lmagan har qanday harbiy va yarim harbiy odamlarni, yollanganlarni zudlik bilan qo‘lga olish va chiqarib yuborish uchun eng samarali, shu jumladan, kuch ishlatishga asoslangan choralarni ko‘rish zarurligi qayd etilganini ta’kidlash lozim. 1967-1977-yillarda qabul qilingan rezolyusiyalarda ham o‘z hududida jangarilar yollash va saqlashga ruxsat bergan davlatlar qat’iy qoralangan. Xavfsizlik Kengashi o‘zining405-rezolyusiyasida davlatlardan o‘z hududini jangarilar yollash uchun bermaslik, o‘z fuqarolarini ularni shakllantirish, yollash yoki ularni boshqa davlatlarga tashlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat bermaslikni talab qiladi.

BMT Bosh Assambleyasining 1968-yilda qabul qilingan 2465-rezolyusiyasi (XXIII) yollanganlardan foydalanish amaliyoti jinoiy javobgarlikka tortiladigan faoliyat ekanini, yollanganlarning o‘zi esa jinoyatchi hisoblanishini va qonundan tashqarida ekanini belgilab berdi. SHuningdek, unda barcha davlatlarda o‘z hududida jangarilarni yollash, ularni mablag‘ bilan ta’minlash va o‘qitishni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida baholaydigan va o‘z fuqarolariga yollanma jangchi sifatida xizmat qilishni man etadigan qonunlar qabul qilish zarurligi ta’kidlangan.

BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro huquq tamoyillari Deklaratsiyasida (1970-y) davlatlarga boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun doimiy harbiy kuch yoki qurollangan guruhlar, shu jumiadan, yollanma jangarilikni tashkil etish yoki tashkil etishni rag‘batlantirish va o‘z hududida ushlab turishdek harakatlardan tiyilish tavsiya etilgan. SHu bilan birga, yollanma jangarilarni xalqaro jinoyatchi sifatida jazolash kolonial va xorijiy hukmronlikka hamda irqchilik tuzumlariga qarshi kurashayotgan «Kombatantlar huquqlarining asosiy prinsiplari» (1970-y.)da ham ko‘zda tutilgan.

SHuningdek, Bosh Assambleya boshqa bir davlatga nisbatan qurolli kuchlarni qo‘llaydigan yollanma jangchilarni o‘zga mamlakatlar hududiga yuborishni tegishli xalqaro-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan xuruj, deb ta’riflagan edi.

YOllanishning jinoiy jihati mintaqaviy xalqaro tashkilotlar qarorlarida ham o‘z aksini topgan. Ular qatoriga Afrika birligi tashkiloti (ABT)ning Lagosda bo‘lib o‘tgan vazirlar kengashining favqulodda VII sessiyasining rezolyusiyasini, ABT Assambleyasi tomonidan 1967-yilda qabul qilingan yollanma jangchilar to‘g‘risidagi rezolyusiyani, 1971-yilda Addis-Abebada ABT tomonidan qabul qilingan Afrikadagi yollanma jangchilar haqidagi Deklaratsiyani ko‘rsatish mumkin.

«YOllanish» tushunchasining mazmuni birinchi marta Urush paytida fuqaro aholini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasiga 1977-yilda qabul qilingan Qo‘shimcha protokolning 47-moddasida ta’riflab berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasida yollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo‘llaniladigan jazo aniq belgilab qo‘yilgan: «YOllanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi - besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasida esa terrorizmning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasi 6-qismiga muvofiq «Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi».

Oxirgi paytlarda dunyoning ko‘plab mintaqalarini qamrab olgan ekstremizm bilan bog‘liq muammolar faol muhokama qilinmoqda. Diniy ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasida shunday deyiladi: «Davlat turli dinlarga, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi».

SHu bilan bir qatorda, hozirda «ekstremizm» va «diniy ekstremizm» tushunchalarining mazmunini belgilashda turlicha yondashuvlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Demak, ushbu tushunchalarning huquqiy mazmunini aniq belgilab olish mazkur ko‘rinishdagi harakatlarni to‘g‘ri baholash va ularning oldini olishga o‘z hissasini qo‘shishi aniq.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin