Guliston davlat universiteti


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 80,34 Kb.
səhifə3/14
tarix03.04.2023
ölçüsü80,34 Kb.
#92698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
portal.guldu.uz-Navoiyshunoslik ishchi o`quv dastur

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviyligi
“Navoiyshunoslik” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 3-6-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturda belgilangan mavzular ma'ruza, amaliy mashg‘ulot va seminar shaklida olib boriladi. Fanning ayrim muhim muammolari va adabiy-badiiy asarlar talabalarga mustaqil o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladi.
“O‘zbek Navoiyshunoslik” fani o‘rganiladigan muammolarning yaqinligi jihatidan “O‘zbek adabiyoti tarixi”, falsafa, tarix, matnshunoslik, dinshunoslik fanlari bilan o‘zaro bog‘liqdir.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Filolog mutaxassisning Alisher Navoiy ijodi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, asarlari badiiyati bo‘yicha aniq va mukammal ma'lumotga ega bo‘lishi talaba malakasini belgilovchi mantiqiy asos vazifasini o‘taydi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlarida filologik ta'limni yo‘lga qo‘yishda ushbu fan muhim ahamiyat kasb etadi. “Navoiyshunoslik” fanini to‘liq o‘zlashtirish nafaqat ta'lim tizimi, balki bakalavrlarning mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishi uchun zamin hozirlaydi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Navoiyshunoslik” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalanish bilan bir qatorda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB” kabi, shuningdek, mavzularning xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa interfaol usullarni qo‘llash tavsiya etiladi. Internetdagi www.alishernavoiy.uz, www.ziyo-net.uz, www.literature.uz, www.kutubxona.uz va saytlaridan foydalanish ham nazarda tutiladi.
Shuningdek, yangicha usullarning o‘zigina yutuqni ta'minlaydigan yagona omil emasligidan kelib chiqib, asrlar sinovidan o‘tib kelayotgan usullardan ham istifoda etiladi.

Yüklə 80,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin