2.2.6. “Sab’ai sayyor” dostoni. Doston kompozitsiyasi (2 soat) «Sab’ai sayyor». Shoh Bahrom timsoliga xos fazilat va ziddiyatlar. Dilorom iste’dodli san’atkor, vafodor yor timsoli. Doston kompozitsiyasi
2.2.7. “Saddi Iskandariy” dostoni. Doston kompozitsiyasi (2 soat) «Saddi Iskandariy»falsafiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy asar. Navoiyning adolat timsoli. Doston kompozitsiyasi.
2.2.8. “Lison ut-tayr” dostonining mundarijasi. (2 soat) «Lisonu-t-tayr»falsafiy-tasavvufiy doston sifatida. Navoiyning tasavvuf falsafasi va axloqiga xos munosabati. Simurg’ – najot timsoli.
2.2.9. Navoiy janrlari poetikasi. “Xazoyinul maoniy” kulliyotidagi janrlar badiiyati. (2 soat) Kulliyotining yaratilish tarixi, tarkibiy tuzilishi. Kulliyotdagi janrlar tartibi. “G‘aroyib us-sig‘ar” devoni. Mavzular doirasi, g‘oyalar va timsollar tizimi. “Navodiru-sh-shabob» devoni. Tasavvufiy va ramziy timsollarning qo‘llanilishi. “Badoyi'ul vasat» devoni. Devon tarkibidagi janrlar badiiyati. «Favoyidul kibar» devoni tarkibi. Aruz, qofiya va badiiy san'atlar jihatidan tahlil.
Navoiy lirikasida qo’llanilgan bahrlar. Shoir ijodida musta’mali matbu’ vaznlar. (2 soat)
Navoiy lirikasida qo’llanilgan bahrlar talqini. Shoir ijodida musta’mali matbu’ vaznlarning o’ziga xos ko’rinishlari.
Navoiyning badiiy san’atlardan foydalanish mahorati. (2 soat)
Navoiy she’riyatida qo’llanilgan badiiy san’atlar. Tashbeh, istiora, talmeh, ishtiqoq, tazod, husni ta’lil, tajohuli orifona kabi san’atlarning o’ziga xos namunalari.
“Xamsa” dostonlari badiiyati. (2 soat)
Alisher Navoiy beshligi birinchi turkiy “Xamsa” sifatida. “Xamsa” dostonlari mavzulari va obrazlari. Dostonlarda syujet va kompozitsiya.
“Xamsa”da vazn va mazmun munosabati. (2 soat)
Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlarida vazn masalasi. Dostonlarning mazmuni va yozuvchi mahorati masalasi.
“Munojot” asari poetikasi.(2 soat)