Umumiy va yakuniy hulosalar chiqarish So’zlashuv uslubini paydo bo’lish o’rni jihatidan ham, keng ko’lamliligi nuqtai nazaridan ham barcha uslublarning boshlang’ichi deb qarasa bo’ladi. Chunki so’zlashuv uslubi boshqa uslublarning paydo bo’lishi va shakllanishi uchun imkon yaratib beradi. So’zlashuv uslubi leksik jihatdan ham, grammatik jihatdan ham ayrim hollarda adabiy me’yordan, lisoniy qonuniyatdan chekinishlarga yo’l qo’yadi. Ammo bu so’zlashuv uslubining o’ziga xosligini, tabiiyligini ta’minlaydi.
So’zlashuv uslubida fonetik jihatdan quyidagilarni uchratamiz:
- ayrim tovushlar tushib qoladi;
-ayrim holatlarda bir tovush o’rniga shunga yaqin tovushlarni qo’llaymiz;
-ba’zan his-hayajonni ifodalashda bir tovushni ikki marta qo’llaymiz.
Sintaktik jihatdan quyidagi holatlarni ko’ramiz:
-so’z tartibi o’zgarishidan keng foydalaniladi;
-dialoglar ko’p ishlatiladi;
-kinoyali so’z va iboralardan foydalaniladi.
Morfologik jihatdan esa:
-ayrim hollarda kelishik qo’shimchalari ifodalanmay qoladi;
-ayrim yasovchi qo’shimchalar yangi atamalar yasashda xizmat qiladi.
So’zlashuv uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biri lahja bilan chambarchasligidadir.
O’qituvchi, 10 minut
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: So’zlashuv uslubi. So’zlashuv uslubining fonetik xususiyatlari.
So’zlashuv uslubining leksik-frazeologik va grammatik xususiyatlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: Adabiy so’zlashuv uslubi.Oddiy so’zlashuv uslubi. Paralingvistik vositalar. Fonetik xususiyat. Leksik-frazeologik xususiyat. Grammatik xususiyat.
Talaffuz normalari. Sub’ektiv baho – muallifning munosabati.
Ritorik so’roq gaplar. Uslubiy bo’yoq . Fraza. Takt.