Mavzuga oid asosiy muammolar: 1.So’zlashuv uslubi adabiy tilning boyishiga manba bo’la oladimi?
2. So’zlashuv uslubida paralingvistik vositalarning qo’llanilishi haqida qanday yangi fikr ayta olasiz? .
1-savol bo’yicha dars maqsadi:
So’zlashuv uslubining oddiy so’zlashuv va adabiy so’zlashuv uslubi kabi turlarga bo’linishi haqida tushuncha berish.
Og’zaki nutqqa xos talaffuz xususiyatlarini tushuntirish.
So’zlashuv uslubiga mansub adabiy-normativ shakllardan farqlanuvchi fonetik belgilar haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
So’zlashuv uslubini tasavvur qiladi va tushuntira oladi.
Oddiy so’zlashuv uslubiga xos so’zlarni misollar orqali izohlaydi.
So’zlashuv uslubiga xos fonetik o’zgarishlarni misollar asosida tushuntira oladi.
1-asosiy savolning bayoni: So’zlashuv uslubi aloqaning norasmiy soxasidir. U kundalik erkin muomalaga asoslangan. Ma’lum vaziyatda yuzaga kelib, og’zaki nutq shaklida namoyon bo’ladi. Ko’pincha savol-javobga asoslangan dialogik nutqda qo’llaniladi. Hech qanday tayyorgarliksiz bayon qilinadi. Tasviriylik, ta’sirchanlik, shaxsiy baxolash xususiyati ustivor nutq. Unda paralingvistik vositalar faol ishtirok etadi. So’zlashuv uslubi uchun fonetik xodisalarning xosligi. Unli va undosh tovushlar bilan bog’liq o’zgarishlar. Tovushlarning kuchsizlanishi, ikkilanishi, cho’zilishi, tushishi, o’rin almashishi kabi o’zgarishlar keng yo’lga qo’yiladi.
Oddiy muomalaga oid so’z va iboralar, erkalash, suyish, mensimaslik, xaqorat anglatuvchi so’zlar, dag’al so’zlar, undov va taqlid so’zlar erkin ishlatiladi. Inversiya xodisasi, so’z tarkibining erkinligi, kesimning tushib qolishi, ot kesimlarning ishlatilishi kabilar tez-tez uchraydi.
Hozirgi o’zbek tilining so’zlashuv usuli ikki asosiy turga ajratiladi: adabiy so’zlashuv uslubi va oddiy so’zlashuv uslubi.
Bu uslub nutqning dialogik shaklidir. Bu uslub yozma nutqqa qaraganda ta’sirchanligi, hissiyotga boyligi, yangi so’z qo’llashlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda so’zlovchining barcha imkoniyatlari namoyon bo’ladi. U nutqiga hissiyotini ham qo’shib gapiradi. Bunda turli paralingvistik vositalar - imo – ishora va qo’l harakatlaridan foydalanadi. Bu vositalar nutqda aytilmay qolishi mumkin bo’lgan so’z va iboralarning o’rnini to’ldiradi va bayon qilinayotgan fikrni yanada aniqlashtiradi. Bu uslubda to’liqsiz gaplar, so’z-gaplar ishlatiladi, chunki tushirilgan qism boshqa bir replikada yoki boshqa bir nutq vaziyatida ifodalanishi mumkin. So’zlashuv uslubining ikki xil ko’rinishi bor;
Adabiy so’zlashuv uslubi.
Oddiy so’zlashuv uslubi.
Adabiy so’zlashuv uslubida o’qituvchilar, suxandonlar, jurnalistlar, ilmiy xodimlar, yozuvchi va shoirlar, rahbar xodimlar, artistlar gaplashadilar. Bu uslub dars jarayonida, sahna nuqtida, kino san’atida, telefilmlar, axborotlar, teleocherklar, radiointsenirovkalarda ishlatiladi. Adabiy so’zlashuv uslubida jargon va sheva so’zlari bo’lmaydi.
Oddiy so’zlashuv uslubida betakalluflik bilan erkin muomala qilinadi. Bunda shunday so’zlar ishlatiladiki, ular adabiy tilda bo’lmasligi mumkin. Lekin bunday so’zlar badiiy nutqda ayrim personajlar nutqining o’ziga xosligini ta’minlash uchun qo’llanishi mumkin. Oddiy so’zlashuv nutqi dialektal nutqni ham aks ettiradi. So’zlovchi qaysi dialekt vakili bo’lsa, shu dialektda gapirishi mumkin. Masalan, ashi, mashi, qaydam, qaytayin, shulaymi, jaa, bo’pti kabilar oddiy so’zlashuv uslubiga xos.
Har bir uslub turi fonetik, leksik – frazeologik va grammatik xususiyatlarga ega. Shuningdek, so’zlashuv uslubining ham shunday tomonlari bor.