Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə34/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

2-asosiy savolning bayoni:
So’zlashuv uslubining leksik- frazeologik xususiyatlari. Bu uslubda ishlatiladigan faol so’zlar lug’at tarkibining asosiy qismini tashkil etadi. Bunday so’zlar uyda, ko’chada, ishxonada, bozorda, to’y-tomoshada ishlatiladi. So’zlashuv uslubida qo’llanadigan asosiy so’zlar; osh, non, suv, don, ovqat, tuz, shakar, go’sht, er, osmon, quyosh, ona, bola, ota kabilar uslubiy bo’yoqsiz bo’lgani uchun neytral so’z hisoblanadi. Lekin bu uslubda yana shunday so’zlar ishlatiladiki, ular yo ijobiy yoki salbiy bo’yoqqa ega bo’ladi. Masalan, churvaqa, turq, bashara, kekkaymajon, jinqarcha, qaqajon, oyimtilla, pashshaxo’rda, itvachcha, tirrancha kabilar salbiy bo’yoqqa, jujuq, jiji, tabassum, oyim, begim, polvon, do’ndiqcha, bolatoy kabilar ijobiy bo’yoqqa egadir.
So’zlashuv uslubida qo’llanadigan juda ko’p fe’llar salbiy bo’yoqqa ega bo’ladi: akillamoq, ming’illamoq, to’ng’illamoq, valdiramoq, bobillamoq, do’g’illlamoq, andavalamoq kabilar.
Sifatlarning ham so’zlashuv uslubidagina qo’llanadigan variantlari mavjud: po’rim, pismiq, mumsik, isqirt, so’tak, xomkalla, xumpar, zumrasha, qoqbosh, go’rso’xta kabilar.
Shuningdek, churq etmaslik (lom-lim demaslik), kallasi g’ovlab ketdi (miyasi g’ovlab ketdi), ta’bi nomozshom (ta’bi xira) kabi iboralar ham so’zlashuv uslubiga xos.
So’zlashuv usulida ishlatiladigan lug’atning asosiy qismini faol leklik qatlam tashkil qiladi. Shuningdek, adabiy-neytral lug’atning katta bir qismi kundalik hayotdagi narsa va hodisalarni ifodalashga oid bo’lib, ular ham asosan, so’zlashuv usulida ishlatiladi. Masalan: non, osh, tuz, er, osmon, quyosh, yulduz, kishi, bola, er, xotin, o’rtoq, oyoq, qo’l, ko’z, ota, ona, kitob, qalam, xalq va boshqalar. So’zlashuv usulidan kishilar faqat kundalik turmush muomalasidagina emas, balki xilma-xil sharoitlarda uyda, ko’chada va ish joylarida ham foydalanadilar. Shuning uchun so’zlashuv uslubida kundalik turmushga oid lug’atdan tashqari, siyosat, san’at, madaniyat, sport va so’zlovchining kasb-hunariga mansub xilma-xil narsa va hodisalarni ifodalovchi umumadabiy leksika ko’plab ishlatiladi.
So’zlashuv usulining asosini tashkil etuvchi umumadabiy leksika «maxsuslik» xususiyatiga ega bo’lmay, balki har qanday nutq usulida ham, turli xil faoliyat doirasida va ijtimoiy muhitda ishlatilishi jihatdan usulubiy neytral hisoblanadi. So’zlashuv usulini asosan so’zlashuv bo’yog’iga ega bo’lgan leksika xarakterlaydi. Usulubiy bo’yoqli so’zlashuv elementlariga oddiy so’zlashuv hamda sodda tilga oid leksika kiradi. Oddiy so’zlashuv leksikasiga, yuqorida aytib o’tilganidek, adabiy til me’yorlariga mos keluvchi so’zlashuv usulining oddiy so’zlashuv turida ko’proq ishlatiladigan so’zlar kiradi. Sodda tilga esa adabiy me’yorga u yoki bu darajada mos kelmaydigan leksika kiradi. So’zlashuv usuli salbiy va ijobiy munosabatni ifodalovchi ekspressiv leksikaga juda boy. Masalan, bola, farzand, jujjuq, churvaqa so’zlari o’zaro ma’lum semantik munosabatda bo’lib, asosan bir ma’noni anglatadi. Bulardan bola so’zi betaraf, u barcha nutq usullaridan keng qo’llanadi. Farzand so’zi ko’proq kitobiy usulga xos. Jujuq esa jonli so’zlashuvga xos bo’lib, unda erkalash-suyish bo’yoqdorligi bor. Churvaqa so’zida esa usulubiy bo’yoq juda aniq seziladi va bu so’zda umuman mensimay qarash ma’nosi mavjud.
So’zlashuv usulida tasviriy so’zlardan yasalgan fe’llar ham ko’p ishlatiladi. Masalan: akillamoq, vovillamoq, valdiramoq, do’ng’illamoq, ming’illamoq, po’killamoq, to’ng’illamoq, ting’illamoq kabi. Kamsitish, mensimaslik, umuman betakalluf muomalada ishlatiladigan bunday birliklar tovush va obraz bilan bog’liq bo’lgan harakatni ifodalaydi hamda shu harakatning bevosita atamasi bo’ladi.
So’zlashuv usulida keng tarqalgan hodisalardan yana biri ot turkumidagi so’zlarni qisqartirib ishlatishdir. Masalan, quyidagi qisqartmalar jonli tilimizda keng ishlatiladi: mil-mil (million-million), kilo (kilogramm), gidro (gidrostantsiya), foto (fotografiya), metro (metropoliten), avtomat (avtomat telefon).
Oddiy so’zlashuv nutqida umumiste’moldagi ko’pgina adabiy-neytral so’zlar ko’chma ma’noda ham qo’llanadi. Oddiy so’zlashuv nutqiga xos ma’no kasb etgan bunday so’zlar adabiy tildagi ma’no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspresiv bo’yoqqa ega ekanliklari bilan ajralib turadi.
So’zlashuv tili ham o’z taraqqiyotining har bir bosqichida yangi so’z va iboralar hisobiga boyib boradi. Chunonchi, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab to inqilobga qadar oddiy so’zlashuv nutqida o’z ma’nosi va yasalishiga ko’ra juda xilma-xil ko’pgina yangi so’zlar paydo bo’ldi. Bularning ba’zilari o’zbek tilida avvaldan mavjud bo’lgan so’zlar vositasida yasalgan, ba’zilari rus tilidan kirgan bo’lib, talaffuzi va yozilishi jonli so’zlashuv nutqiga moslashtirilgan so’zlardir. Masalan: pata, chipta (yo’l bileti – masalan, «temir yo’l bileti» ma’nosida), chiptachi (temir yo’l kassiri), po’rim (olifta, olifta kiyinishlik), sim qoqmoq (telegraf orqali xabar bermoq), shayton arava (velosiped), zakunchi (advokat, yurist), zakun so’qmoq («zakon»-qonunlarini bilishligi bilan maqtanmoq, ro’kach qilmoq).
qo’shimcha emotsional-ekspressiv qirraga ega bo’lgan sinonim so’zlarni ko’plab ishlatish asosan oddiy so’zlashuv usuli uchun xos xususiyatdir. Masalan, xunuk so’zi ma’nosi bilan birlashuvi badbashara, badburush, badqavoq, tasqara, taviya, taqqos sinonimik qatorda so’nggi ikki so’z, asosan oddiy so’zlashuv usuliga xos. Soqov so’zi atrofida uyushgan tilsiz, gung, gungalak so’zlaridan so’nggisi so’zlashuv tiliga mansub. Bechora, sho’rlik, boyaqish so’zlari ham nutqda ishlatilishi jihatidan o’zaro farq qiladi. Bulardan boyaqish so’zi ko’proq so’zlashuv usuliga xos. «Biror ish-harakatni o’rniga qo’ymoq», «qoyil qilib bajarmoq» ma’nosi bilan birlashgan boplamoq, do’ndirmoq, o’rinlatmoq fe’llari, asosan, oddiy so’zlashuv usulida ishlatishi bilan farqlanadi. qotirmoq, o’xshatmoq fe’llari esa o’zlarining ko’chgan ma’nolarida oddiy so’zlashuv usuliga mos kasb etadi.
Sinonimik munosabat so’zlardagina emas, frazoelogik birikmalarda ham mavjad. Lekin frazeologik sinonimlar nutq ko’rinishlariga xoslanganligi jihatdan u qadar ko’p va rang-barang emas, ular asosan so’zlashuv nutqiga va qisman boshqa nutq ko’rinishlariga xos. Masalan (oldingi qator iboralar umumnutqqa xos, keyingilari so’zlashuv nutqiga xos iboralar; ularning chegarasi tire bilan ajratilgan): «lom-mim» demaslik-churq etmaslik; miyasi g’ovlab ketdi –kallasi g’ovlab ketdi; ta’bi xira-ta’bi nomozshom; dunyodan o’tmoq-jon bermoq.
USLUB-til(nutk)ning muayyan aloka turi va faoliyat soxasi extiyoji uchun xizmat kiladigan nutq ko’rinishi. Nutq ko’rinishning uslub sifatida shakllanish xususiyati va uslubiy lisoniy belgilari. Bularning funktsionalstilistik jixatdan uxshash til birliklari xamda ularning ma’no va vazifalari muayyan maksadga yunaltirish va uyushtirish orkali yuzaga chikishi. Bunda nolisoniy omillar majmuini etakchi o’rin tutishi. Uslubning shakllanishi va ifodalanishida doimiy: barqaror stilistik vositalar xamda umumuslubiy betaraf birliklarni tanlashning funktsional tabiati. Xar bir uslubning muayyan til vositalarining uziga xos tarkiblanish va tartiblanish xususiyatiga ega bo’lgan uyushgan ekanligi. Bu tizimning tarixan tarkib topganlik va ijtimoiy faxmlanganlik xamda umumiylik tabiati. Uslub til unsurlarini muayyan maksadda tanlash va ma’lum tartibda qullashga asoslangan imkoniyat xamda bu imkoniyatning yuzaga chikishi. Uslubning ta’rifi.
Uslub va nutqning og’zaki, ezma shakllari o’rtasidagi munosabat va farq. Nutk kontest va matn tushunchalari. Nutq termini ma’nolari. Nutq–til sintagmatik tizimini amal kilish jarayoni. Matn–bu jarayonning maxsuli, asar xamda uslub amal kiladigan tuzilma–vosita ekanligi. Matn va uning turlari haqida tushuncha.
Til uslublari xamda nutq uslublari. Til uslubi, nutq uslubi, funktsional uslub terminlari va bularni tushunishda bir xillikning yo’qligi. Til va nutq munosabatiga muvofiq til uslublari va nutq uslublarini farklanishi. Uslub hodisasini nutqda ayon tizim, tilda esa imkoniyat sifatida bo’lish. Til uslublari aloqa vositalarini tanlash va qo’llash tuzumlari xamda stilistik vositalari imkoniyati sifatida ham tavsiflanishi. Nutq uslublarining til stillari bazasida tarkib topishi. Uning til vositalari qo’llangan ayni tadrijiy tizim ekanligi. Funktsional stillarning tilga ham, nutqqa ham tegishli xodisa ekanligi.
Adabiy til uslublarini belgilashda va tasnif etishda xilma-xillik. Uslub tushunchasini tilshunoslik xamda adabiyot.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin