Nutq o‘stirish dasturi ikki xususiyatga ega: Birinchi xususiyat: dastur bolalarda og‘zaki nutqni o‘stirishga asoslangan. Dasturi maktabgacha ta’limning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan bolalar-ni o‘z ona tilida aniq va to‘g‘ri gapirishga o‘rgatish masalasini hal qilishni ko‘zda tutadi, chunki bolalar bir-birlari va kattalar bilan har xil faoliyatda (o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy) munosabatda bo‘lganlarida, tildan erkin va to‘g‘ri foydalanishlari lozim. Ikkinchi xususiyat: Maktabgacha ta’lim tashkilotida nutq o‘stirish dasturi atrof muhitdagi kishilar, mehnat va tabiat bilan tanishtirish, narsalarni bilish imkoniyatini kengaytirish dasturi bilan qo‘shib olib boriladi.Bolaning bilim doirasini kengaytirmasdan turib unga ona tilinio‘rgatib bo‘lmaydi, shuningdek, kuzatayotgan narsa va hodisalarning nomini so‘z bilan ifoda etib borilmasa, uni atrof hayot bilan ham tanishtirib bo‘lmaydi.Tarbiyachi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni atrof muhit bilantanishtirib, ularning lug‘at boyliklarini kengaytirib boradi, so‘zlarning. ma’nosini, mohiyatini tushunishlariga yordam beradi. Tarbiyachi bolalar tilining tovush madaniyatini takomillashtirishga alohida e’tibor beradi, ona tilidagi tovushlarni, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishlarini shakllantiradi, ularning eshitish qobiliyatlarini ham o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida grammatik tomondan to‘g‘ri nutqni tarbiyalash ustida katta ishlar olib boriladi.
1.2.Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda davlat talablarining o‘rni. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariO‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizimi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim berish va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi majburiy bo‘lgan davlat hujjati bo‘lib hisoblanadi. Davlat talablari 0-7 yoshli bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini baholab boruvchi talablar bo‘lib,ular bilim,malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini belgilaydi: Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi; Ijtimoiy-hissiy rivojlanish. Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalari. Bilish jarayonining rivojlanishi. Ijodiy rivojlanish. Mazkur 5 ta yo‘nalish 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi,nutq,o‘qish va savodga tayyorlash darajasini,atrof-olam haqidagi tushunchalarni va qo‘yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil hisoblanadi.U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalik qadriyatini saqlagan holda har bir bolaning individual(alohida)rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltiradi.Davlat talablarining maqsadi: -mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan,jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va tehnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish; -sifatli ta’lim ko‘rsatish xizmatlari,ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs,jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; -kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim faoliyatining tartibini belgilash; -bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish; -bolaning intellektual shaxs sifatida va jismoniy rivojlanishini ta’minlash; -bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; -bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdir. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi har bir insonning jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim o‘rin tutadi.Ma’lumki,aholining savodxonligi bugungi kunda jamiyat rivojlanishida katta ahamiyatga ega.Inson savodxonligi uning kelajak hayotining sifati darajasini belgilaydi va bugungi dunyoning jadal texnik yuksalish davrida muvaffaqiyatlifaoliyat olib borish imkonini yaratadi.Shunday qilib,savodli bo‘lish bilimlar kalitiga ega bo‘lish deganidir.To‘g‘ri va ravon nutqqa ega bo‘lish murakkab jarayon bo‘lib,bola tug‘ilganidan boshlanadi va bir nechta omillardan kelib chiqadi. Nutqning rivojlanish jarayonida bola keyingi hayoti davomida rivojlanib va takomillashib boruvchi murakkab bilimlar tizimini egallaydi.Go‘dakligida qo‘llagan yuz ifodasi va tana harakatlari o‘rnini tezda tovushlar,so‘zlar va gaplar egallaydi. Shunday qilib, endi ular o‘z fikr va hislarini ifoda eta oladilar, shubilan birga ularga o‘zlari so‘zlashayotgan o‘zga kishilarni tushunish ham zarur bo‘ladi. Nutq oilada, keyinchalik, maktab va jamiyatda rivojlanib boradi. Til va savodning rivojlanishi ona tilida ifodalash qobiliyatiga asoslanadi. “Nutq, muloqot,o‘qish va yozish malakalari” yo‘nalishining asosi-so‘zlashuv nutqini tinglash va tushunish,kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, yozish malakalarini rivojlantirishdir.Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalari sohasi quyidagi talablardan iborat bo‘lgan quyidagi kichik sohalarni o‘z ichiga oladi: -nutq va til; -o`qish malakalari; -qo`lbarmoqlari mayda motorikasi. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalari sohasi rivojlanishiga quyidagicha davlat talablari qo‘yiladi: -bola nutqni tinglash va tushunish qobiliyatiga ega bo‘lishi; -bola so‘zlashish va muloqot qilishga qodir bo‘lishi; -oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish; -lug‘atni faollashtirish; -nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish; -bog‘lanishli nutqni shakllantirish; -ijodiy hikoya qilishni shakllantirish lozim.