Guluston davlat pedagogika instituti


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda nutq o‘stirish va savodga o‘rgatishga oid quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim



Yüklə 136,29 Kb.
səhifə8/11
tarix16.12.2023
ölçüsü136,29 Kb.
#183210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishim (4)

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda nutq o‘stirish va savodga o‘rgatishga oid quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim:
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish;
Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish;
Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish;
Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
Ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish;
jarangli va jarangsiz undoshlar bilan ishlash kabilar.
Bolani maktabga tayyorlashda nutq o‘stirish faoliyatining ahamiyati beqiyosdir.
Tarbiyachi bu faoliyatni albatta talablarga mos ravishda tashkil qilishi zarur. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.

2.2.Bolalarni yozish, oʻqish koʻnikmalarini shakllantirish.
Maktabgacha ta’lim, umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Axloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.
Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqni o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi:bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri.
Asosiy davr (Savodga tayyorlash).
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentabr, oktabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
3. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish.
4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
b) ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
d) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
e) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
f) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish.
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida (oktabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.
2. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;
3. Bo‘g‘in o‘qish;
4. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

Yüklə 136,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin