Guruh Rustamov Yusufxon topshiriq



Yüklə 34,69 Kb.
səhifə2/9
tarix19.05.2023
ölçüsü34,69 Kb.
#116971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
030-20 Rustamov Yusufxon 2-topshiriq

topshiriq. Ma’mun akademiyasida xizmat qilgan yirik olimlar haqida yozma ma’lumot tayyorlang.

"Bundan ming yil muqaddam, - degan edi I.Karimov odamzod tarixidagi ilk 
akademiyalardan bo‘lmish Ma`mun Akademiyasi Xorazm zaminida tashkil topgani bilan har qancha faxrlansak arziydi, albatta. Xorazm va Xiva zaminida Pahlavon Mahmud, Sulton Vays, Nosiriddin Rabquziy, Sulaymon Baqirqoniy, Bahouddin Valad va uning buyuk Jaloliddin Rumiy, Abulqosim al
-Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Muqanniy, Chokar, Sheroziy, hojixon, Bola baxshi kabi o‘nlab va yuzlab allomalar, shoirlar va san`atkorlar nomini biz bugungi avlod vakillari  cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga ko‘taramiz". 
Ma’mun akademiyasida mashhur kimyogarlar, tabitshunoslar, tibbiyotchilar, matematiklar, astronomlar, muhandis-muhosib olimlar, mantiqshunoslar, faylasuflar, tarixchilar, georaflar ilm-fanning deyarli barcha sohalari bo‘yichà ijod qildilar. Ayniqsa, Abu Nasr Mansur Ibn Ali Ibn Iroq al-Ja`di Abulxayr Ibn hammar, Abu Ahl Iso ibn Yaxya al-Masixi al-Jurjoniy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy, Abu Ali ibn Muhammad as
Saxri, Abu Abdalloh Muhammad ibn Hamid al-Xorazmiy kabilarning xizmati katta bo‘ldi.
Xorazmda tashkil qilingan maktabni «Donishmandlik uyi» yoki «Ma`mun akademiyasi» deb nomlandi Bu akademik Marvda so‘ngra Bog‘dodda tashkil qilingan«Donishmandlik uyi» dan 200 yillab faoliyat ko‘rsatmagan bo‘lsada oz vaqt ichida kelajakda buyuk kashfiyotlarni bajaruvchi olimlarni jamladi Bu olimlar qatoriga Beruniy uning ustozi Abu Nasr ibn Iroq Ibn Sino uning ustozi Al-Masixiy Abulxayr ibn al-Xammor adib Abu Nasr as Saolixiylarni kiritish mumkin. Beruniy 
973-yil 4
-sentyabrda Qot shaxrida tug‘ilgan U boshlangich ta`limni o‘zi tugilgan shaxarda  oladi va yoshligidayoq arab fors yunon suryoniy tillarini o‘rgandi shu bilan birga mantiq astranomiya matematika botanika mineralogiya fizika va boshqa fanlarni qunt bilan o‘rgandi. Beruniy grek yunon olimlari IX-X asrlarning mashxur olimlari Al-Xorazmiy Al Fargoniy Sobit ibn Kurra Al-
Xaziniy Abdul Vafo Buzjoniylarni asarlarini o‘rgandi va ularga sharxlar
yozdi. Beruniy turli fanlarga oid 150 dan ortiq asarlar qoldirdi umrini fanga bag‘ishladi u bu xaqida quyidagicha yozadi 
«Mening xamma istaklarim butun vujudim ilm tarqatishga qaratilgandir va men 
buni o‘zim uchun eng ulug‘ baxt deb bilaman» «Kishini tabiatini pastlashtiradigan yomon axloqdan xaqiqatni ko‘rishga imkon bermaydigan xislatlardan o‘zini keyingina ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin deb» Beruniyning yirikasarlari qatoriga «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» «Xindiston at-
tarxim (matematikaga oid asar) «Qonuni ma`sudiy»(astranomiya
trigonometriya sferiktrigonometriyaga oid) «Mineralogiya dorilar xaqida» kabilarni kiritish mumkin Olim 990 yilda quyoshning eng tik xolatidagi ko‘rinishini o‘rgandi. 995 yilda birinchi bor globus yaratdi 997-998- 
yillarda Ibn Sino bilan yozishmalar olib bordi u saykal funksiya xosilasiga asos soldi. Beruniy «Donishmandlik uyi» akademiyasini boshqardi 1004-1012 yoki 1017 yil va buyuk olimlarni maktabga taklif qildi. Bu orada
Beruniy nafaqat matematika soxasida ish olib bordi balki mineralogik  tabiatshunoslik bo‘yicha bir qancha asarlar yozadi, astranomik kuzatishlar olib  boradi. Ayniqsa Beruniy 1004 yili oy tutilishini tadqiq etish muxim xulosalar  qilishi sababchi bo‘ldi 1005yilda Xorazmshox Abu Ibn Ma`mun vafot etdi. Xorazm xokimiyati uning ukasi Ma`mun Ibn Ma`mun ixtiyoriga o‘tdi Xorazmshox Beruniy bilan maslaxatlashib ish tutar edi Bu davrda Beruniy «Xorazmning   zotlari» asarini yozadi. Bu akademiyada yirik ensiklopedist olim Ibn Sino xam faoliyat ko‘rsatgan (1004 -1011 yoki 1013) Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Afshona kishlog‘ida 
(Buxoro yaqinida) tug‘ildi 15
-16 yoshida olim Abu Abdulla Katamiy tarbiyasini oldi . 
Yoshligidanoq grek-yunon olimlari IX
-X asrda yashagan O‘rta Osiyolik olimlar ijodi bilan tanishdi.
U 16 yoshdan boshlab meditsinaga oid fanlarni o‘rgandi. Olim 400 dan ortiq asar yozgan. Bulardan eng yiriklari «Tib qonunlari» «Ash-shifo» (o‘rta asr fani ensiklopediyasi xususan matematika xam 
keng yoritilgan) «Najot» (falsafa mantik fizika) «Donishnoma «Urjuza» v(meditsina) kabilardir. 

Matematikani Abu Saxl Masixiydan o‘rgandi. Ibn sino «Ma`mun akademiyasi»ga kelgan davrda va xamkorlikda ilmiy ishlar qildi. O‘sha davrda G‘azna podshosi Mahmud ko‘p joylarni bosib olgan va hususan Xorazmga ko‘z tikmoqda edi shu maqsadda Mahmud Horazm shohi Ma`munga maktub yo‘llaydi va olimlarni o‘z dargohida ko‘rmoqni istaganini yozadi, lekin maktub yetib  kelmasdan oldinoq bundan darak topgan Masihiy Ibn Sinoga bu haqda xabar  beradi va ikkala buyuk olim Xorazmdan pinhona chiqib ketadi. Bu haqida Ibn Sino quyidagicha yozadi «Men uchun Sulton Mahmud yo‘lidagi bandilikdan ko‘ra darbadarlik afzal». Shunday qilib Ibn Sinoni «Ma`mun akademiyasi» dagi faoliyati tugaydi, lekin u bu yerda juda ko‘p olimu –fozillar bilan xamkorlikda 
kelajakda buyuk kashfiyotlar qilishga zamin yaratadi. Akademiyadagi faoliyati 
1017 yilda Mahmud G`aznaviyning Horazmning bosib olinishi bilan tugallanadi. Lekin bu qisqa davr o‘rta asrdagi O‘rta Osiyo xalqlarini kelajagi uchun ham juda katta ma`naviy ozuqa berdi.


Yüklə 34,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin