Guruh Rustamov Yusufxon topshiriq



Yüklə 34,69 Kb.
səhifə4/9
tarix19.05.2023
ölçüsü34,69 Kb.
#116971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
030-20 Rustamov Yusufxon 2-topshiriq

Ibn Sino haqida:
Ibn Sino jahon tibbiyotiga katta hissa qo’shgan buyuk olim hisoblanadi. Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G‘arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur.U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. U turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratgan. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘i astronomiyaga oid asarlardir

  1. topshiriq. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.

Ahmad al Farg’oniy
IX asrda yashab arab tilida ijod etgan Ahmad Farg’oniy (taxmin. 798-865)zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. Uning to’liq ismi Abulabbos Ahmad ibn Muhammad Kasir al Farg’oniy. U xalifa Horun ar Rashid (986 -809) topshirig’iga binoan Bag’dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchilik qiladi. Rasadxona qoshida uning rahbarligida astronomiya maktabi tashkil etiladi. Bu yerda Ahmad Farg’oniyga zamondosh olimlar va shogirdlar bilan faoliyat olb bordi.
U “Astronomiya asosi”, “Samoviy harakatlar” va “Yulduzlar haqidagi fan” nomli asarlar yozdi. Uning o’z zamonasida “Astronomiya asosi” nomli asari astronomiya bilimining o’ziga xos qomusi hisoblangan va u XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida yevropa astronomlari uchun qo’llanma va dastur bo’lib xizmat qilgan.

Al – Xorazmiy
Aristotel (Arastu) o’z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. U Aleksandr Makedonskiyning ustozi ham edi. Arastu faylasuf Suqrot huzurida 20 yilga yaqin ta’lim oldi Aflotun vafot etgandan so’ng Aristotel uning ta’limotini rivojlantirdi. U amalda inson duch keladigan muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi ? Haqiqat qayerdayu uolg’on qayerdaligini qanday ajratishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq? , kabi o’ziga savollar berardi. Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalil to’plagan holda bu savollarga javob izlardi. U har bir hodisa o’zining mantiqiy izohiga ega deb bilardi va tadqiqotlar hamda kuzatishlardan hukm chiqaradigan olimlar qatorida edi.
Arastu o’z maktabiga asos soladi va uni “Litseum” deb nomlaydi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab o’tish imkoniyatini bilish yo’li bilan olamda o’z o’rnini egallashi mumkinligiga ishontirishga urinadi.
Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, zooligiya, poeziya, notiqlik san’ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq odob ilmlari bo’yicha to’rt yuzga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahondagi olimlar yuzlab yillar mobaynida o’qib o’rganishmoqda.


Abu Nasr al Farobiy

Abu Nasr Farobiy (873 - 950) Sirdaryo bo’yida joylashgan Forob (O’tror) shahrida sipohiy (harbiy kishi) oilasiga tavallud bo’ldi. Buxoro va Samarqand shaharlarida tahsil oldi. So’ng o’z bilimini oshirish maqsadida Bag’dodga bordi va Umrining ko’p qismini (40 yil) o’sha yerda o’tkazdi. U 941-yildan Damashqda, 941-950- yillri Misrda yashadi. U jahon faniga, xususan falsafa, matematika, fizika, kimyo, tilshunoslik, musiqashunoslik kabi fanlar rivojiga hissa qo’shgan. Olim 160 da ziyod asar yozib qoldirgan, ularning ayrimlari o’zbek qozoq, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Farobiyning qabri Damashq shahrida.


Abu Rayhon Beruniy

Urganch shahrida yashab ijod etgan mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 ) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topdi. U dastlab Urganch shahrida ta’lim oldi. Uning yoshligida ilm fanga qiziqishi kuchli edi va shu sababli 17 yoshligida boshlab astronomic kuzatishlar olib borardi. Mamlakatda kuchayib ketgan o’zaro feudal urushlar oqibatida olim o’z kuzatishlarini davom ettira olmadi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi. So’ngra xorazmshoh Ma’mun saroyida ijod qiladi. 1017 – yili Mahmud G’aznaviyning talabi bilan G’azna shahriga boradi va umrining oxirigacha shu shaharda ijod qiladi. U astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, javharshunoslik (javharshunoslik) va boshqa fanlarni o’rgandi.
U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlariga oid 154 ta ilmiy asar yozdi. Dastlabki globusni ixtiro qilgan.

Abu Ali ibn Sino

Ulug’ mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Uning asl ismi Husayn ibn Abdulloh. Besh o’n yoshlarida maktabda ta’lim oldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliy dan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o’rgandi. U asosan tabobat ilmiga qiziqardi. Usha vaqtda uni Husayn deb atagan bo`lsalar, sharqda Sheyxulrais, g`arbda Avitsenna, arablar esa Abu ali Alhusayn ibn Abdullo ibn Hasan ibn Sino deb atar yedilar. 10 yoshidayoq arab tilini mukammal bilib olgan ibn Sino 16 yoshida ulug` xakim va 18 yoshida Sharqning buyuk olimi bo`lib tanildi. Ibn Sino Buxoroda yashagan davrida, ya’ni 1002 yilgacha Aristotel asarlaridan falsafani, Evklid asarlaridan geometriyani, Ptolemey asarlaridan astronomiyani zo`r qunt bilan o`rgandi. Bunga ibn Sino somoniylar davlatining amiri No`h ibn Mansurni muvaffaqiyatli davolaganligi tufayli amir o`sha vaqtlarda Sharqda tengi yo`q darajada boy kutubxonasidan shu asarlardan foydalanishga ruxsat berganliga va u ana shu asarlarni qunt bilan o`rganganganligi sabab bo`ldi. Biroq ibn Sinoning Buxorodagi ijodiy faoliyati uzoqqa cho`zilmadi, chunki bu vaqtda somoniylar sulolasi o`zinnng so`nggi kunlarini yashamoqda edi. Mehnatkash xalqni shafqatsiz ezish, xalqka quloq eshitmagan soliqlar solib talash, somoniylarga nisbatan xalqning g`azab-nafratini oshirgan edi. Somoniylar podsholigi xalq madadidan mahrumligidan foydalangan turklar — Qoraxoniylar Buxoroni bosib oldi va shu bilan somoniylar hukmronligi inqirozga yuz tutdi.
Anarxiya hukmron bo`lib qolgan Buxoroda ibn Sino turolmadi. Bu vaqtga kelib uning otasi ham vafot etdi. Bularning hammasi uning Buxorodan siyosiy va madaniy vaziyat boshqacha bo`lgan Xorazmga (Urganchga) ketishiga sabab bo`ldi.
Xorazmshoh saroyida O’rta Osiyo fanining atoqli olimlari to`plangan edilar. Qoraxoniylar sultoni Mahmud Xorazmshohdan ibn Sino singari olimlarni Buxoroga qaytarishni talab qiladi. Shundan so`ng ibn Sino G`arbga — Kaspiy dengizi sohillari tomon qochadi. Bu kabi og`ir sinovlar buyuk mutafakkirning irodasini sindirolmadi, u 35 yil ijod qilib, jahon fani taraqqiyotiga juda katta hissa qo`shdi. To`la bo`lmagan ma’lumotlarga ko`ra uning hammasi bo`lib 280 ta asaridan 185 tasi falsafaga, qolganlari esa meditsina, matematika, fizika, astronomiya, ximiya, botanika, geografiya, mantiq, davlatni idora kilish usullari, harbiy fan va boshqalarga bag`ishlangan.
Ibi Sino fors tilida yozgan (1031 yoki 1035 yil) «Donishnoma» (ilm kitobi) asari 1955 yilgacha Yevropa tillaridan birortasiga tarjima qilinmagan. Uning bu asari uch qismdan iborat bo`lib, mantiq, metafizika, fizika masalalariga bag`ishlangandir.
Ibn Sino o`z fizikasida mexanika, harakat va uning shakllari, fazo, jismlar holati, Aristotelning ko`rish nazariyasi va boshqalarga doir masalalarni ko`rib chiqadi.
Ibn Sino «Past fan boshi» (fizika) nomli asarining «Tabiat haqidagi fan» deb atalgan bo`limida fizikaga ta’rif berib, «fizika shunday fanki, u materiyadan ajratib bo`lmaydigan holat va qarashlarni o`rganadi» deydi. Ibn Sino ko`rish masalalarini tahlil qilib chiqar ekan, ko`z borliqni ko`rishi sabablari haqidagi o`z zamonasida tarqalgan fikrlarning noto`g`riligini isbot qiladi.



  1. Yüklə 34,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin