Ilmiy maqolaga taqriz.
“Farzandnoma” – fazilatlar ko`zgusi ilmiy asar. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich takidlaganlaridek: “…Agar farzandlarimizga to`g`ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uning yurish-turishini, kayfiyatidan ogoh bo`lib turmasak, ilmu xunarga o`rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo`yishimiz hech gap emas”. ushbu o`gitlarga quloq solmog`imiz zarur. Ushbu ilmiy asaridan men ota-ona, ustoz hurmatini qadrlashni, ularning purma`no so`zlariga, hayotiy xulosalariga quloq tutishim, ularga amal qilishim zarurligini tushundim. Axloq-odob mustahkam zaminida vujudga keladi, yuksaladi… Mustahkam zamin,bu donishmand bobo-momolarning ko`p ming yillik axloqiy-ruhiy, hayotiy tajribalari, ma`rifatli ota-onalarning maqbul tarbiyasi, munavvar fikrli ustozlarning ilmu hikmatga boy ta`lim-o`g`itlari, zakovat xazinasi bo`lmish azizu fozillarning ulkan ma`naviy ibrati, adolat va yurtparvar yo`lboshlovchi, rahbarlarning samimiy yo`l-yo`riqlari hamda saxovatpesha zotlarning ko`rsatgan xolis yordamidir. Bunday sog`lom muhitda voyaga yetgan yosh avlodning, turgan gapki odobi g`ozal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushoxadasi keng, ma`suliyatni teran his etadigan muhimi jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan komil inson bo`lib shakllanadi. Ushbu asar farzand tarbiyasi va uning kamoloti uchun befarq bo`lmagan ota-onalarga, ustoz-murabbiylarga qolaversa insoniyatning ma`naviy yuksalishi yo`lida jon kuydirayotgan fidoyi, zahmatkash ziyolilarga mo`ljallangan. U siz va zurriyotlaringiz sevib o`qiydigan asarga aylanadi deb umid qilaman.