3- topshiriq.“Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish.
Quyida berilgan kalit so‘zlar yordamida matn yarating.
Kalit so‘zlar: Pifagor, tenglik,matematik, kasr sonlar, uchburchak, teorema, katet, gipotenuza, kvadrat, bo‘lish, ko‘paytirish, qo‘shish, ayirish, tub sonlar.
Javob:
Pifagor matematika va geometriya fanlariga katta hissa qo’shgan buyuk matematik. Pifagor teoremasi haqida qisqacha to’xtasak, uchburchakning gipotenuzasi kvadrati,, ikki katetlar kvadratining yig’indisiga teng.
Tub - sonlar bu birga va o’ziga bo’linadigan sonlar.
4- topshiriq.Aqliy hujum metodi. Matnni o‘qing. Ibn Sino nomi bilan bog‘liq barcha tushuncha va fikrlaringizni yozing. Fikrlaringizni umumlashtiring.
Abu Ali ibn Sino Agar biror xorijlik Markaziy Osiyo madaniyati va ilm-fani bilan qiziqib, tarixiga murojaat qilsa, albatta, Ibn Sino degan nomni uchratadi. Kim tibbiyot bilan shug‘ullansa, u, alabatta,Avitsena degan nomni biladi.
Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.
Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi.
Agar buyuk tabibning ijodiy merosini ko‘zdan kechirsak, uning naqadar serqirra iste’dod egasi ekanligining guvohi bo‘lamiz. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘i astronomiyaga oid asarlardir va h.k.
Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G‘arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. Lekin u agar buyuk tabib bo‘lmaganida edi, adabiyot va san’atga oid ishlari bilan ham madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lar edi. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon va Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlari ilm-ma’rifatga da’vat qiladi; shoir dunyo sirlarini bilishga intiladi, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chaqiradi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. U tibbiy yo‘l-yo‘riqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bunga sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.